«yurisprudensiya»


-mavzu SUV OBYEKTLARIDAN SANOAT MAQSADLARI VA ENЕRGЕTIKA EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH HUQUQI


Download 1.39 Mb.
bet45/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

12-mavzu SUV OBYEKTLARIDAN SANOAT MAQSADLARI VA ENЕRGЕTIKA EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH HUQUQI
Reja:
1. Suv ob'ektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish huquqi tushunchasi
2. Suv ob'etlaridan sanoat maqsadalarida foydalanish huquqi mazmuni
3.Suv ob'ektlaridan energetika va gidroenergetika sohasida foydalanish
4. Suv ob'ektlaridan suv transporti ehtiyojlari uchun foydalanish


1.§. Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish huquqi
Suv obyektlaridan turli sohalar va maqsadlar uchun foydalanish, suv resurslariga bo‘lgan holatni huquqiy jihatdan ta’minlashni taqozo etadi. Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish alohida iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasidagi 140 dan ziyod eng yirik sanoat korxonalarida suv va suv obyektlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanildi: kimyoviy va spirt ishlab chiqarish zavodlarini apparatlarini yuvish uchun; suv qand ishlab chiqarish sanoatida turli moddalarni eritib olish uchun; ishlab chiqarish mahsulotlarini ishlash uchun reaktivlarni eritishda, metallarni sulfat va nordon kislotalarda ishlashda; turli agregatlarni qizib yoki erib ketishidan saqlashda ishlatiladi, jumladan metallurgiya sanoatida temir-po‘lat eritishida; to‘qimachilik fabrikalarida bo‘yalgan motalarni yuvish uchun; gaz va gazsimon aralashmalar tarkibidagi moddalarni ajratib olish maqsadlarida; konlar sharoitida qattiq moddalarni ajratib olishda –ko‘mir yuvishda, boyitish fabrikalari va hokozolarda; elektrostansiyalar ishini yurg‘izish, loyni yuvish uchun va boshqa jarayonlarida keng ishlatiladi.
«Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi» gi qonunda «Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida va energetika sohalari uchun foydalanish,»-deb nomlangan XIV bob mavjud bo‘lib, uning 56-moddasida, suv obyektlaridan sanoat maqsadlari yo‘lida va issiqlik energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchilarning vazifalari aniq ko‘rsatilagan.
Unga asosan suv oyektlaridan sanoat maqsadlari va issiqlik energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchilar belgilangan limitlarga, suvdan foydalanish texnologiya me’yorlari va qoidalariga rioya etishlari, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish yo‘li bilan suv sarfini kamaytirish va oqindi suvlarning oqizib yuborilishini to‘xtatish choralarini ko‘rishlari shart.
Loyihalanadigan va ishga tushirilayotgan sanoat obyektlari uchun suv ta’minotining to‘xtovsiz tizimidan foydalanishni man etish, ishlab chiqarishning shart-sharoitlari taqozosi bilan aylanma suv ta’minotiga moslashtirilishi mumkin bo‘lmagan korxonalar va boshqa obyektlar bundan mustasno.
Aylanma suv ta’minotiga ega bo‘lmagan ishlab turgan korxonalar uchun tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda ularni suv ta’minotining to‘xtovsiz tizimiga o‘tkazish muddatlari belgilanadi.
Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish huquqi suv huquqining alohida mustaqil institutlaridan biri bo‘lib, bu institut o‘zida yer, soliq, eqologiya, fuqarolik, xo‘jalik, moliya, ma’muriy, konstitutsiyaviy va boshqa huquq sohalari normalarini mujassamlashtiradi. Suv ob’eklaridan sanoat maqsadlarida foydalanish huquqi, tabiatni muhofaza qilish, yer va suvdan foydalanuvchilar tomonidan amal qilinadigan barcha prinsiplarini bajarishni o‘zida ifoda etadi.
Yuqoridagi va boshqa bir qator holatlar suv ob’eklaridan sanoat maqsadlarida foydalanishni eqologik va geografik holatini o‘z ichida oladi.
Suv va suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish jarayonida suv obyektlaridan foydalanuvchi korxonalar tomonidan o‘zlari xohlagan tarzda tartibsiz, xo‘jasizlarcha, maqsadsiz asoslarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida oqilona foydalanishni ta’minlash, sanoat maqsadlarida suv obyektidan foydalanish huquqi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Bundan va amaldagi qonuchilik talabi shuni ko‘rsatadiki, suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish huquqi yordamida suv ob’eklaridan sanoat maqsadida foydalanish uchun olish tartiblari, suv obyektlaridan sanoat maqsadida foydalanish, foydalanish turlari, sanoat maqsadlarida foydalanilayotgan suv obyektlarini saqlash va muhofaza etish, suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari, suv ob’ketlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish kafolatlari, ularning huquqlarini himoya qilish, suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish talab va qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari tartibga solinadi.
Yuqoridagi nazariy va amaliy fikrlardan kelib chiqib, suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish huquqi bu, davlat yoki u vaqolat bergan organlar tomonidan belgilangan, ma’qullangan va o‘rnatilagan tartibda foydalanish, muhofaza qilish, suyektlarning suv ob’eklaridan sanoat maqsadlarida foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlarini ta’minlaydigan, ushbu maqsad yo‘lida kelib chiqadigan munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi deyish mumkin.
Suv ob’eklaridan sanoat maqsadida foydalanish huquqi suv huquqining asosiy institutlaridan biri sifatida namoyon bo‘lib, mazkur soha bilan bog‘liq bo‘lgan turli me’yoriy- huquqiy xo‘jjatlarda mustahkamlangan huquqiy normalar yig‘indisidir.
Shuningdek, suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish huquqi suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari yig‘indisini hamda ularni subyektiv huquq vaqolatini amalga oshirish mexanizmi, ularni amaliyotda qo‘llash jarayonini o‘zida mujassamlashtiruvchi huquqiy munosabatdir.
Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish huquqining subyekti bo‘lib, sanoat korxonalari, energetika va girdoenergetika ehtiyojlari bilan bog‘liq korxona, muassasa va tashkilotlardir, obyekt esa ushbu maqsadlar uchun foydanishga qonun asosida berilgan suv obyektlari hisoblanadi.
Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish «Suv va suvdan foydanish to‘g‘risida» gi qonunning 21-24-moddalari talabi asosida amalga oshiriladi.
Mazkur qonunning 58-moddasida yer osti suvlaridan texnika suv ta’minoti va boshqa sanoat maqsadlari uchun foydalanish, 59-moddasida esa, gidroenergetika ehtiyojlari uchun foydalanish holatlari ko‘rsatilgan.
Shuningdek, ichimlik suvdan sanoat maqsadlari uchun foydalanishni cheklash masalasi ham qonunning 57-moddasida o‘z ifodasini topgan.
Ta’kidlash joizki, suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish jarayonida suvdan foydalanuvchi subyektlarning huquq va burchlari qonun bilan kafolatlanadi.
«Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi» qonunning 85-96 moddalari talabi asosida sanoat maqsadida suv ob’eklaridan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari tiklanadi hamda suvdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan mulkka oid nizolar qonunlarda belgilangan tartibda tegishli sud tomonidan hal etiladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanishni to‘la va oqilona ta’minlash, suvdan foydalanuvchilarning qonunda belgilangan ma’lum huquq va burchlarini o‘z vaqtida bajarilishini taqazo etadi. Bu suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanishni ta’minlaydi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling