«yurisprudensiya»


Suv obyektlaridan energetika va gidroenergetika sohasida foydalanish huquqi


Download 1.39 Mb.
bet47/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

3. Suv obyektlaridan energetika va gidroenergetika sohasida foydalanish huquqi
Suv obyektlaridan energetika sohasida foydalanish iqtisodiy – ijtimoiy va madaniy masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etishga yordam beradi. Ma’lumki, suv va suv obyektlaridan ko‘pgina maqsadlarda foydalaniladi, ammo suv obyektlaridan energetika va gidroenergetika sohalari uchun foydalanilishi, uning ushbu soha bo‘yicha aniq maqsadda foydalanish xususiyatini o‘z ichiga oladi.
Mamlakatimizda suv obyektlaridan energetika sohasi bo‘yicha foydalanish bilan bog‘liq barcha huquqiy masalalar «Suv va suvdan foydalanish», «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida» gi qonunlari, «Yer kodeksi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 iyuldagi 243-sonli «Elektr tarmoqlari va inshootlarni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida» gi qarori va boshqa normativ maxsus qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» gi qonunining 56-moddasi talabiga asosan suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida va issiqlik energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchilar belgilangan limitlarga, suvdan foydalanish texnologiya me’yorlari va qoidalarga rioya etishlari, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish yo‘li bilan suv sarfini kamaytirish va oqindi suvlarning oqizib yuborilishini to‘xtatish choralarini ko‘rishlari shartligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Demak, energetika sohasi uchun foydalanadigan suv obyektlari energetika maqsadi va vazifalarini bajarish uchun berilgan suv obyektlaridan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, suv obyektlaridan gidroenergetika ehtiyojlari uchun foydalanish ham alohida ahamiyatga ega.
«Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» gi qonunning 59-moddasida: «Gidroenergetika ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan halq xo‘jaligini boshqa tarmoqlari manfaatlari hisobga olinib, shuningdek, basharti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hollarda esa suv xo‘jaligi va tabiatni muhofaza qilish organlarining qarorida boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, suvdan kompleks foydalanish talablariga rioya qilingan holda foydalaniladi, deyiladi.
Gidroenergetika ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan suv obyektlaridan tabiiy sharoitlarga, xo‘jalik ehtiyojlari va o‘zga ehtiyojlarga qarab boshqa maqsadlar uchun ham foydalaniladi.
Gidroenergetika korxonalari: suv omborlarini to‘ldirish va ishga tushirish, ulardan suv chiqarish hamda suvning quyi va yuqori sath darajasi o‘zgarishining foydalanish qoidalarida belgilangan rejimiga rioya etishlari; sanitariya va tabiat muhofazasi maqsadlarida suv omborlaridan suv o‘tkazib turishini ta’minlashlari shart.
Yuqorida ko‘rsatilagan holatlar shundan dalolat beradiki, energetika va gidroenergetika sohasida foydalanilishi lozim bo‘lgan suv obyektlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish suvdan foydalanuvchilarni huquq va majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini ham talab etadi.
Energetika va gidroenergetika sohasida foydalanilayotgan suv obyektlari davlat mulki hisoblanadi. Shuning uchun ham energetika va gidroenergetika sohasida foydalanilayotgan suv obyektlari davlatning suvga nisbatan mulk huquqini amalga oshiruvchi tegishli organlar va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qonun asosida amalga oshiriladi.
Energetika va gidroenergetika sohalarida foydalaniladigan suv obyektlari atrofida ularni saqlash va muhofaza qilish uchun tegishli zonalar o‘rnatiladi.
Shuningdek, energetika va gidroenergetika sohalari uchun foydalanilayotgan suv obyektlarining atrofida tegishli xavfsizlik zonalari ham tashkil etilib, ko‘proq energetika quvvati hamda uzilayotgan liniyalarning tegishli volti kuchi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Mazkur kategoriya obyektlaridan foydalanish chog‘ida suv transporti qatnovi, baliqlar ovlash va boshqa holatlarga alohida hollardagina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shuningdek, energetika sohasida foydalanilayotgan suv obyektlari atrofidagi yerlardagi, mevali daraxtlardan, o‘rmonzor va hayvonot dunyosidan foydalanish taqiqlanadi yoki alohida hollarda tegishli huquqiy asos bo‘lgandagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Suv obyektlaridan energetika va gidroenergetika sohasi bo‘yicha foydalanishning subyekti bo‘lib elektr, gidrotexnika va energetika aloqa sohasiga aloqador korxonalar hisoblanadi.
Bo‘larga, «O‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi «O‘zdavenergonazorat» agentligi va ularga qarashli joylardagi korxonalar kiradi. Shuningdek, mazkur subyektlar jumlasiga, Mudofaa, IIV, temir yo‘l, Avtomobil yo‘llari Vazirliklari ham kirishi mumkin, chunki ular qaramog‘ida elektr uzatish va aloqa liniyalari ham mavjud bo‘ladi.
Energetika sohasida suv obyektlaridan foydalanishning obyekti- elektr tarmoqlarining muhofaza zonasi – yer uchastkasi yoki yuzasidan tubigacha suv makonidir. Ularga egalik qilish va ulardan foydalanish alohida tartib bilan belgilanadi.
Energetika sohasida suv obyektlaridan foydalanish, elektr tarmoqlarini muhofaza qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu elektr tarmoqlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan tashkilotlar tomonidan muhofaza qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 iyuldagi 243—sonli qaroriga asosan 20 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 10 metrgacha; 35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 15 metrgacha; 110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 20 metrgacha; 220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 25 metrgacha; 500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 30 metrgacha masofa ajratiladi.
Masofada chetdagi simning liniyasidan har ikki tomon bo‘yicha turuvchi cheklangan vertikal tekislik yer uchastkasi va havo makoni shaklidagi elektr uzatish havo liniyasi bo‘ylab;
Har ikki tomondan bir metr chetdagi kabellarda turgan, kabel liniyalari shaharlarda yo‘laklar ostidan o‘tgan taqdirda – 0,6 metr binolar va inshootlar tomonga va ko‘chaning odamlar yuradigan tomoniga 1 metr yer uchastkasi, cheklangan paralel to‘g‘ri shakldagi elektr uzatish yer osti kabel liniyalari bo‘ylab;
Har ikki tomonidan chetdagi kabellardan 100 metrgacha masofada turgan vertikal tekislik o‘rtasidagi tubning suv yuzasidan suv makoni uchastkasi shaklida elektr uzatish suv osti kabel liniyalari bo‘ylab belgilanadi va hakazo.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling