«yurisprudensiya»


-mavzu O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASIDA SUV OBYEKTLARIDAN BALIQCHILIK VA OVCHILIK XO‘JALIGI EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH HUQUQI


Download 1.39 Mb.
bet49/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

13-mavzu O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASIDA SUV OBYEKTLARIDAN BALIQCHILIK VA OVCHILIK XO‘JALIGI EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH HUQUQI
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasida suv ob'ektlaridan baliqchili va ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi tushunchasi
2. Suv ob'ektlaridan baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi


1. O‘zbekiston Respublikasida suv obyektlaridan baliqchilik va ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi tushunchasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida suvni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish lozimligi e’trof etilgan. Suv resurslarining konstitutsiyamizda mustahkamlanishi boshqa suv va suvdan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi uchun asos bo‘ldi. Ya’ni "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida" 1993 yil 6 maydagi qonuni, shuningdek Vazirlar Mahkamasining "Respublika baliqchilik tabiiy suv havzalaridan foydalanishni yaxshilash va baliq resurslari muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" , O‘zbekiston hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risida Nizom va unga muvofiq qabul qilingan hujjatlar muhim o‘rin tutadi .
Davlatimiz umummilliy boylik sifatida suvga egalik qilish huquqini o‘zida saqlaydi. Demak, undan qanday ehtiyojlarda foydalanishni ham belgilab beradi. Suv resurslaridan foydalanishni suv qonunchiligi umumiy va maxsus foydalanish tartibini belgilab, undan tanho va birgalikda foydalanish shaklini ham belgilab beradi. Avvalo, suv resurslari normativ-huquqiy hujjatlariga asosan quyidagi ehtiyojlar uchun foydalaniladi. Jumladan:
-Aholining ichish, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish;
-qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish;
-Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida va gidroenergetika ehtiyojlari uchun foydalanish;
-Suv obyektlaridan suv transporti va yog‘och oqizish ehtiyojlari uchun foydalanish;
-Suv obyektlaridan baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlarida foydalanish;
-Suv obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
-Suv obyektlaridan zapovedniklar ehtiyojlari uchun foydalanish;
Yuqorida ko‘rsatilgan foydalanishlardan tashqari Vazirlar Mahkamsi (qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi) boshqa suv resurslari foydalanish tartibini ham belgilashi mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki, ovchilik va baliqchilik halq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lib, yovvoyi hayvonlarni qo‘riqlash va ko‘paytirish, shuningdek sport, xunarmandchilik ovchiligi va baliq ovlash yo‘li bilan ulardan oqilona foydalanish uning vazifasi hisoblanadi.
Tabiiy erkin holatda yashovchi yovvoyi hayvonlar, ularni ko‘paytirish maqsadida ovchilik va baliq ovlash joylariga qo‘yib yuborilgan-hayvonlar davlat mulki bo‘lib, yagona davlat ovchilik-baliq ovlash fondini tashkil etadi. Demak, pitomniklarda, hovuz xo‘jaliklarida yetishtirilgan va shu xo‘jaliklarning qaramog‘ida bo‘lgan suv resurslari obyektlari ham davlat tasarrufidadir.
Suv obyektlaridan baliqchilik va ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish, uni muhofaza qilish va undan samarali foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlari bilan, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Tabiatni muhofaza qilish davlat davlat qo‘mitasi chiqargan yo‘riqnomalar, nizomlar bilan hamda hayvonot olamini qo‘riqlash va undan foydalanish bo‘yicha, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi nizomida belgilangan huquqlar doirasida ushbu organ huzuridagi hayvonot va o‘simlik olamini qo‘riqlash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha inspeksiya chiqargan yo‘riqnomalar, nizomlar va qoidalar, respublika doirasida barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Belgilangan tartibga ko‘ra, sport ovchilik va baliq ovlashga ruxsat berilgan yovvoyi hayvonlarning yashash joyi bo‘lgan barcha suv havzalari ov qilinadigan va baliq tutiladigan suv havzalari hisoblanadi.
Suvda yashovchi hayvonlarni va o‘simliklarni ovlash uchun foydalanilayotgan yoki foydalanish mumkin bo‘lgan yoxud baliqlarni ko‘paytirish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari va ularning qo‘shimcha suv havzalari) baliqchilik xo‘jaligi hisoblanadi.
quyidagilar suv obyektlaridan baliqchilik va ovchilik xo‘jaligi yuritish joylari hisoblanmaydi. Jumladan;
-suv olish inshootlarining himoya zonalari;
-to‘g‘onlar, suv ayirg‘ichlar, ko‘priklar, baliq pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik xo‘jaliklari chegaralaridagi 500 metrli polasa;
-ko‘llarni o‘zaro va daryo bilan birlashtiruvchi irmoqlar;
-jilg‘alar, daryolar va kanallar quyiladigan joylardagi 100 metrli masofadagi uchastkalar.
Suv obyektlaridan baliqchilik va ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi berilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘zlariga biriktirilgan ovchilik-baliq ovlash joylarida hayvonlarni ko‘paytirish va ular yashash muhitini muhofaza qilishga doir ishlarni amalga oshiradi.
Suv obyektlaridan baliqchilik va ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi ham xuddi hayvonot olamidan foydalanish huquqiga yaqin bo‘lib hisoblanadi. Lekin ushbu ikki yuridik tushuncha bir-biridan ma’no jihatidan tubdan farq qiladi. Ya’ni birinchi holatda suv resurslaridan foydalanish ehtiyojlari nazarda tutilsa, ikkinchi holatda esa hayvonot olami obyektlaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Suv obyektlaridan baliqchilik va ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi tegishli ijara shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Barcha suv havzalarida jismoniy va mansabdor shaxslarga sport maqsadida shaxsiy iste’mol uchun belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda bepul baliq ovlashga ruxsat etiladi, qo‘riqxonalar, baliq pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik xo‘jaliklari bundan mustasnodir.
Suv obyektlaridan baliqchilik va ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi viloyat ovchilar va baliq ovlovchilar jamiyatlaridan birining a’zosi bo‘lgan, 18 yoshga yetgan, joriy yil uchun belgilangan miqdorda a’zolik badallarini va davlat bojini to‘lagan barcha fuqarolarga ruxsat etiladi va boshqa ovchilik qurollari bilan ov qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling