Ushbu Qonunning yangi tahriri 2001-yil 11-maydagi "Mudofaa to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan


Download 39.83 Kb.
bet1/2
Sana22.03.2023
Hajmi39.83 Kb.
#1286581
  1   2
Bog'liq
641-XII 03.07.1992




[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.01.00.00 Mudofaaning umumiy masalalari]

[TSZ:

1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni
MUDOFAA TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu Qonunning yangi tahriri 2001-yil 11-maydagi “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqib, barcha davlatlar bilan tinch-totuv yashash siyosatini o‘tkaza borib o‘z mudofaa qudratini qurolli tajovuzdan himoyalanish uchun yetarli darajada saqlab turadi.
Ushbu Qonun davlat idoralari va mahalliy boshqaruv idoralarining O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini ta’minlash borasidagi ishlarni yo‘lga qo‘yish, boshqarish asosini, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi mudofaasining asoslari
1. O‘zbekiston Respublikasining mudofaasi — davlat mustaqilligini, hududiy yahlitlikni, respublika manfaatlari himoya qilinishini va aholining tinch hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ijtimoiy-huquqiy tadbirlar majmuidan iboratdir.
2. Mudofaaning maqsadlariga O‘zbekiston Respublikasiga qarshi chetdan qilinadigan hujumning oldini olish va har qanday tajovuz qilinishi mumkin bo‘lgan sharoitda qurolli himoyalanishni uyushgan holatda qo‘llashning barcha zarur shart-sharoitini yaratish orqali erishiladi.
Z. O‘zbekiston Respublikasini mudofaa qilish Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hududning O‘zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasiga muvofiq tajovuzni daf etishga doim tayyorligiga asoslanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasining harbiy doktrinasi Qurolli Kuchlar tuzilishida mudofaalanish kifoya qilarli darajada bo‘lishi qoidasiga amal qiladi va O‘zbekiston Respublikasi:
urushni xalqaro muammolarni hal etishning usuli sifatida tan olmasligidan;
betaraflik yo‘lini tutishga intilishidan va yadro qurollarini yaqinlashtirmaslik, yadro qurollarini joylashtirmaslik, ishlab chiqarmaslik va sotib olmaslik qoidasiga rioya etishga harakat qilishidan;
bironta ham davlatga hududiy masalada da’vo qilmasligidan va bironta ham xalqni dushman deb bilmasligidan;
basharti o‘zi tajovuz obyekti bo‘lib qolmagan taqdirda biron-bir davlatga qarshi jangovar harakatlarni birinchi bo‘lib boshlamasligidan iboratdir.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining mudofaasini tashkil etish
O‘zbekiston Respublikasining mudofaasini tashkil etish:
harbiy siyosatni, harbiy doktrinani ishlab chiqishni va harbiy fanni rivojlantirishni;
tajovuzlarning oldini olish yuzasidan xalqaro maydonda tegishli tadbirlarni amalga oshirishni; xavfsizlikning jamoa bo‘lib amalga oshiriladigan tadbirlarini ishlab chiqish va o‘tkazishda qatnashish imkoniyatlarini;
davlat chegaralarini qo‘riqlashni;
harbiy-texnika siyosatini, harbiy-iqtisodiy tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni va Qurolli Kuchlarni qurol-yarog‘, harbiy texnika bilan, harbiy-texnika ashyolari, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan to‘la-to‘kis ta’minlab turishni;
xalq xo‘jaligini, davlat idoralarini, boshqaruv tizimini safarbarlikka tayyorlashni;
aholini va respublika hududini mudofaaga tayyorlashni;
Qurolli Kuchlarning kerakli tuzilmalarini hozirlash, tayyorgarlik darajasini kuchaytirish hamda zarur tarkibini va miqdorini ta’minlash, ularning jangovarlik qobiliyati, jangovar va safarbarlik tayyorgarligi O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan harbiy ig‘vogarliklarning payini qirqishni va tajovuzlarni daf etishni ta’minlaydigan darajada bo‘lishini;
mudofaa va harbiy qurilishga doir masalalarni qonun yo‘li bilan tartibga solib borishni o‘z ichiga oladi.
Z-modda. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa to‘g‘risidagi qonunlari
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa to‘g‘risidagi qonunlari ushbu Qonundan hamda unga muvofiq chiqariladigan O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi:
mudofaa, harbiy qurilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish masalalariga doir qonunlar haqiqatda bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi;
Mudofaa konsepsiyasini, harbiy qasamyodni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining safarbar etish va safarbarlikdan bo‘shatish to‘g‘risidagi, qurolli hujum qilingan taqdirda harbiy holat e’lon qilish haqidagi, urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi, harbiy harakatlar to‘xtatilgach sulh tuzish xususidagi, tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha xalqaro shartnomalarga doir majburiyatlarni bajarish zarur bo‘lib qolganda Qurolli Kuchlarni qo‘llash to‘g‘risidagi, shuningdek Respublika manfaatlari uchun boshqa vazifalarni hal etishga doir farmonlarini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining harbiy masalalarga doir xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qiladi va bekor qiladi;
Qurolli Kuchlarning Bosh qo‘mondoniga oliy harbiy unvon beradi.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.01.00 Prezident – Oliy bosh qo‘mondon]

5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti:
O‘zbekiston Respublikasi davlat manfaatlariga qurolli xuruj qilingan taqdirda respublika mudofaasini ta’minlash, uning mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, erkinligini himoyalashning zarur chora-tadbirlarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirini tayinlab, so‘ngra uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdig‘iga taqdim etadi;
muayyan muddatga Qurolli Kuchlar tuzish, ularning strategik vazifalari rejasini, shuningdek safarbarlik rejasini tasdiqlaydi;
davlat idoralarining mudofaa sohasidagi faoliyatini tartibga solib turadi;
harbiy masalaga doir umumiy ko‘lamda muzokaralar olib boradi va xalqaro shartnomalarni imzolaydi;
O‘zbekiston Respublikasiga qurolli hujum qilingan taqdirda umumiy yoki qisman safarbarlik, urush holati e’lon qiladi, ayrim hududlarda harbiy holat joriy etadi, harbiy vaqtning normativ hujjatlarini amalga kiritadi va ularning amal qilishini to‘xtatadi. Qabul qilgan qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdig‘iga kiritadi;
qarorlar qabul qiladi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga jangovar harakatlar yuritish to‘g‘risida, shuningdek favqulodda hollarda ulardan foydalanish haqida buyruq beradi;
yuqori ofitserlar sostavini lavozimlarga tayinlaydi, ularga harbiy hamda maxsus unvonlar beradi, shuningdek ularning lavozimlari va unvonlarini pasaytiradi.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]

6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
o‘ziga bo‘ysunadigan tuzilmalarning mudofaani ta’minlash, Qurolli Kuchlarni qurol-yarog‘, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalar bilan ta’min etish borasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun zarur bo‘ladigan moddiy-texnika resurslari, oziq-ovqat, buyum va boshqa ashyolar me’yori va hajmini, harbiy xizmatga va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining miqdorini hamda ularning harbiy xizmatni va muqobil xizmatni o‘tashi tartibini, harbiy xizmat yoshidagilar va chaqiriluvchilarni harbiy hisobga olish ishini yuritish tartibini belgilab beradi;
harbiy xizmatchilarni muddatli haqiqiy harbiy xizmatga chaqirish hamda harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatish va harbiy xizmat yoshidagilarni yig‘inga chaqirish, urush davrida safarbar etish va safarbarlikdan bo‘shatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
davlat va safarbarlik zaxiralarining moddiy boyliklarini to‘plash rejalarini tasdiqlaydi;
xalq xo‘jaligini safarbarlikka tayyorlash, safarbarlikni kuchaytirish va uni urush holati sharoitidagi ish tartibiga o‘tkazishga rahbarlik qiladi;
harbiy xizmatchilar, iste’fodagi harbiy xizmat yoshidagilar va ular oilalarining, shuningdek xizmat burchini o‘tayotganda halok bo‘lgan, vafot etgan, bedarak yo‘qolgan yoki asirlikka tushib qolgan harbiy xizmatchilar oilalarining ijtimoiy-huquqiy kafolatlari, ularning moddiy, maishiy va pensiya ta’minoti masalalarini hal etadi;
mudofaa sohasidagi xalqaro shartnomalar bajarilishini ta’minlaydi;
harbiy-hunar ta’limiga ixtisoslashgan oliy va o‘rta harbiy-o‘quv yurtlarini tuzadi va ularni tugatadi.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]

7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi respublika Qurolli Kuchlarining davlat boshqaruv idorasi hisoblanadi va Qurolli Kuchlarning holati hamda ularni yanada rivojlantirish uchun, jangovar tayyorgarligi va harbiy intizomi uchun to‘la javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi:
Qurolli Kuchlarda mudofaa sohasidagi va harbiy qurilish jabhasidagi davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi;
mudofaa, Qurolli Kuchlarni tuzish va rivojlantirish rejalari va konsepsiyalarining, qurol-yarog‘larni va harbiy texnikani rivojlantirish davlat dasturining loyihalarini, mudofaa ehtiyojlariga pul ajratishga doir takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritadi;
harbiy qurilish sohasida ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yadi va olib boradi;
harbiy texnika va boshqa harbiy ashyolar yaratish, ishlab chiqarish va remont qilishga oid davlat buyurtmalari bajarilishini nazorat qiladi;
Qurolli Kuchlar shaxsiy sostavi bilan harbiy, huquqiy, axloqiy tarbiya, shuningdek ma’naviy-psixologik tayyorgarlik, harbiy kadrlarni joy-joyiga qo‘yish ishlarini olib boradi;
harbiy xizmatdan bo‘shatilganlarga pensiyalar to‘lanishini, harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining shaxsiy huquq va erkinliklari himoyasini amaldagi qonunlarga muvofiq ravishda ta’minlaydi;
xalq xo‘jaligining safarbarlik darajasida tayyorligini tashkil etishda ishtirok etadi;
safarbarlik zaxiralarini hozirlash va qayta tayyorlash, fuqarolarni harbiy va muqobil xizmatga chaqirish hamda belgilangan xizmat muddatini tugatgan harbiy xizmatchilarni va muqobil xizmatdagi xizmatchilarni zaxiraga bo‘shatish, harbiy xizmat yoshidagilarni yig‘inga chaqirish, shuningdek safarbarlikka chaqirish va safarbarlikdan bo‘shatish ishlarini rejalashtiradi va amalga oshirishni tashkil etadi;
boshqa davlatlarning Qurolli Kuchlari bilan harbiy, madaniy va ilmiy aloqalar o‘rnatadi.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]

8-modda. Boshqa vazirliklar va idoralarning vakolatlari
Harbiy buyurtmalarni bajarayotgan vazirliklar va idoralar boshqaruvning topshirilgan tarmoqlarida mudofaa ehtiyojlariga mo‘ljallangan zarur mahsulotlarning yetkazib berilishi uchun, tarmoqning safarbarlik tayyorligi uchun javobgar bo‘ladi, tarmoq harbiy davrda safarbarlik tayyorligi rejasiga muvofiq barqaror ishlashini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]

9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining vakolatlari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari:
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar mudofaani, xalq xo‘jaligining safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash sohasidagi qonunlarning bajarishlari uchun mas’ul bo‘ladilar;
harbiy qismlarga va muassasalarga zarur mahalliy mahsulotlar yetkazilib berilishini, ular suv, issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlanishini amalga oshiradilar, aloqa vositalarini beradilar, kommunal-maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadilar;
mudofaa manfaatlarini ko‘zlab qonunlarga muvofiq yer ajratib beradilar va ulardan foydalanishni nazorat qilib boradilar;
qonunlarda belgilangan tartibda harbiy qismlarga, Qurolli Kuchlarning muassasalariga, harbiy o‘quv yurtlari, korxona va tashkilotlariga xizmat binolari va turar joylar ajratib beradilar, harbiy obyektlarga, harbiy xizmatchilarga, ularning oilalariga nisbatan qonunga zid xatti-harakatlar qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radilar.
10-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vazifalari
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar kimning tasarrufida ekanliklari va mulkchilikning shaklidan qat’i nazar, davlatning harbiy buyurtmalari va shartnomalar bajarilishi uchun qonunda belgilangan tartibda javob beradilar, safarbarlik uchun kerakli kuchlarni va zaxiralarni yaratadilar va shay qilib turadilar.
11-modda. Fuqarolarning burchi
O‘zbekiston Respublikasi, uning hududiy yaxlitligini, mustaqilligini himoya qilish respublika fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi.
Boshqa davlatlarning O‘zbekistonda doimiy yashab turgan yoki vaqtincha turgan fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida harbiy xizmatga va harbiy tayyorgarlik ko‘rishga majbur emas.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.03.00.00 Qurolli Kuchlar / 15.03.02.00 Qurolli Kuchlar tarkibi]

12-modda. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari
1. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari respublika manfaatlarini, aholining tinch turmushini, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun barpo etiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari:
qonunning ustunligi;
markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik;
doimiy jangovar tayyorgarlik va safarbarlikka shaylik;
fuqarolarning umumiy harbiy majburiyati;
umumiy xavfsizlik tizimini yaratish;
harbiy intizomga rioya etish;

Download 39.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling