Ushbu Qonunning yangi tahriri 2001-yil 11-maydagi "Mudofaa to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan


Download 39.83 Kb.
bet2/2
Sana22.03.2023
Hajmi39.83 Kb.
#1286581
1   2
Bog'liq
641-XII 03.07.1992


partiyadan holilik;
harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining ijtimoiy va huquqiy himoyalanishini ta’min etish asosida quriladi va o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Z. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi qo‘shinlar, harbiy-havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va maxsus qo‘shinlardan iborat bo‘ladi.
Urush bo‘lgan taqdirda Qurolli Kuchlar o‘z vazifalarini Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari bilan, Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bilan hamkorlikda bajaradilar.
4. Qurolli Kuchlarni joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi hududini, chegaralarini va havo tegralarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlashdek strategik rejalar asosida belgilanadi va harbiy doktrina talablariga, strategik va operativ rejalar asosida, shuningdek qo‘shinlarni safarbar etib joylashtirish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Qurolli Kuchlarni tuzish “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarni tuzish — harbiy xizmatga shu hududdan va hudud tashqarisidan chaqirishni uyg‘un holda bajarish orqali amalga oshiriladi.
6. Qurolli Kuchlarni moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash davlat tomonidan amalga oshiriladi.
Harbiy obyektlar va inshootlar, qurol-yarog‘larning, harbiy texnikaning va boshqa harbiy mol-mulkning barcha turlari davlat mulki hisoblanadi, Qurolli Kuchlar tasarrufida bo‘ladi, ular qonunlarda belgilangan asoslarga binoan va vakolatlari doirasida bu narsalarga egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar va ularni tasarruf etadilar.
Qurol-yarog‘ni, harbiy texnikani, butlovchi buyumlarni va boshqa mol-mulkni ishlab chiqarish, yetkazib berish va ta’mirlash, mudofaa ehtiyojlari uchun oziq-ovqatni yetkazib berish, shuningdek mudofaa manfaatlari yo‘lida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va qurilish ishlarini bajarish, davlat safarbarlik zaxiralarida safarbarlik boyliklarini yaratish, rivojlantirish va saqlab qolish to‘la hajmda davlat buyurtmasiga kiritiladi.
Mudofaa ehtiyojlari uchun davlat buyurtmalarining bajarilishi soliq, ijara imtiyozlari va boshqa imtiyozlar bilan rag‘batlantiriladi.
Qurolli Kuchlarning binolari, inshootlari, harbiy texnikasi, qurol-yarog‘lari va boshqa mol-mulki davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.01.00 Urush holati]

1Z-modda. Urush holati, harbiy davr
Urush holati O‘zbekiston Respublikasiga harbiy hujum qilingan taqdirda e’lon qilinadi va bu holat bir-biriga qarshi urushayotgan tomonlar sulh tuzganlaridan keyingina bekor qilinadi.
Urush holati e’lon qilinishi bilanoq yoki harbiy harakatlar amalda boshlab yuborilgan daqiqadan e’tiboran harbiy davr amal qiladi hamda u harbiy harakatlar amalda to‘xtatilgan kunda va soatda tugaydi.
Respublika hududiga qo‘shinlar yoki qurolli guruhlar qo‘qqisdan hujum qilgan yoki bostirib kirgan taqdirda harbiy boshqaruvning mahalliy idoralari urush e’lon qilinishini kutmay hujumni qaytarishning barcha choralarini ko‘rishlari shart.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.02.00 Harbiy holat]

14-modda. Harbiy holat
Harbiy xuruj xavfi bo‘lganida respublikaning ayrim yerlarida yoki butun hududida harbiy holat joriy etiladi.
Oliy Bosh ko‘mondonning vazifalari harbiy holat e’lon qilinishi bilanoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklanadi. Uning huzurida Mudofaa Kengashi tuziladi, Kengash harbiy davrda Qurolli Kuchlarga va xalq xo‘jaligiga rahbarlik qiladi.
Harbiy holat tartibi qonunlar bilan belgilanadi.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.03.00 Safarbarlik]

15-modda. Safarbarlik
Urush holati e’lon qilinishi yoki harbiy holat joriy etilishi bilanoq Qurolli Kuchlarni safarbar etib joylarga tarqatish va iqtisodiyotni urush davri ish tartibiga o‘tkazish maqsadida umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilinadi.
Safarbarlikni o‘tkazish tartibi qonunlar bilan belgilanadi.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.05.00 Hududiy mudofaa]

16-modda. Hududiy mudofaa
Hududiy mudofaa davlat chegaralarini, harbiy obyektlar va inshootlarni dushman hujumidan himoya qilish, dushmanning desantchi va qo‘poruvchi kuchlariga qarshi kurash, shuningdek harbiy holat tartibini saqlab turish maqsadida tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Hududiy mudofaani ta’minlashga jalb etilayotgan kuchlarning vazifalari, ularni tashkil etish va hamkorlikda harakat qilish tartibi Qurolli Kuchlarning safarbarlik rejasida belgilab qo‘yiladi.
17-modda. Fuqarolar va mansabdor shaxslarning mudofaa to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarligi
Fuqarolar va mansabdor shaxslarning mudofaa to‘g‘risidagi qonunlarni bajarmasligi amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy, ma’muriy, intizomiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
641-XII-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 398-modda)

Download 39.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling