«yurisprudensiya»


-mavzu QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUVDAN FOYDALANISH HUQUQI


Download 1.39 Mb.
bet41/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

11-mavzu QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUVDAN FOYDALANISH HUQUQI
Reja:
1. qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish tushunchasi, gidromodul rayonlashtirish va uni suvni me'yorlashdagi ahamiyati
2. qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishni rejalashtirish va uning o‘ziga xos xususiyatlari
3. qishloq xo‘jaligida suvdagi foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
4. qishloq xo‘jaligi yer fondida yordamchi yerlarni sug‘orish tartibi


1. qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish huquqi tushunchasi va gidromodul rayonlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi agrar respublika bo‘lgani uchun ham davlat va jamiyatning asosiy e’tibori qishloq xo‘jaligiga qaratilgan. Chunki bu halq xo‘jaligi sohasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 30 foizidan ortig‘ini, valyuta tushumining 55 foizini va tovar almashinuvining 70 foizini ta’minlaydi. Respublika aholisining 60 foizidan ortig‘i qishloqda istiqomat qilmoqda. Fuqarolarimiz uchun birlamchi ehtiyoj bo‘lgan oziq - ovqat mahsulotlarning aksariyati agrar sohada ishlab chiqarilmoqda. Shunisi alohida e’tiborga loyiqki, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 93-95 foizi sug‘oriladigan yerlardan olinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2002 yil 14 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 2001 yil yakunlari buyicha qilgan ma’ruzasida, - «Sug‘orishga yaroqli suvdan tejab-tergab, samarali foydalanishga, sug‘orish va irrigatsiyaning tizimlarini joriy qilishga, suvdan foydalanish intizimoni kuchaytirishga, bu borada yaxshi natijalarga erishayotganlarni esa rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash nihoyatda zarur ekanligi va bu masala orqaga surib bo‘lmaydigan muammoga aylanib borayotganini tushunish mushkul emas», - degan edi.
qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotini yetishtirish mobaynida yuzaga keladigan barcha ijtimoiy munosabatlar agrar munosabatlar turkumiga kiradi. qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish deb qishloq xo‘jalik tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida qonuniy tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi huquqi subyektlarining suv resurslaridan foydalanishdagi huquq va majburiyatlariga aytiladi. qishloq xo‘jalik subyektlariga qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), dehqon va fermer xo‘jaliklari, ijara jamoalari, yordamchi xo‘jaliklar, davlat xo‘jaliklari va boshqalar kiradi. Ular yerda o‘simlikni o‘stirishda zarur bo‘lgan suv rejemini ta’minlash uchun suv resurslaridan foydalanish huquqlariga egadirlar.
Suv obyektlaridan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish – suvdan me’yorlar bo‘yicha foydalanishning belgilangan yo‘siniga rioya etgan holda suvdan umumiy foydalanish taritibida ham, maxsus foydalanish tartibida ham amalga oshiriladi.
Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suvdan foydalanish limitlari ularning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas. Lekin iqlim sharoitlari noqulay kelgan pallada yoki ko‘zda tutilmagan falokatli holatlarda umumiy va maxsus vaqolatlangan organlar, xususan Vazirlar Mahkamasi, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining maxsus qarorlari bilan belgilangan cheklanishlar bundan istisnodir. Masalan, 2000-2001 yillarda yog‘ingarchilikning yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli ko‘pgina viloyatlarda va ayniqsa, Xorazm va qoraqalpag‘iston Respublikasi dehqon va fermer xo‘jaliklarining suvdan foydalanish huquqlari cheklantirildi. Bu o‘z navbatida nam ko‘p talab qiluvchi madaniy o‘simliklar, xususan sholi ekishni cheklashga olib keldi.
Umuman olganda, qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish limitlari xanuzgacha 1986 yil 20 martda ittiroq qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan va «Soyuzxlopok» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan «Gidromodul rayonlashtirish va qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish rejimi»ga binoan olib berilmoqda. Albatta, sug‘orish me’yorlari siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy holatga qarab o‘zgarmaydigan normadir. Lekin, zamon o‘tishi bilan O‘zbekistonda aholi sonining o‘sishi ham (1991-2002 yillarda 5,5-6 mln kishiga ko‘paygan), sanoatning gurkirib rivojlanishi ham kuzatilmoqda. Bu esa miqdori o‘zgarmayotgan suv resurslariga bo‘lgan talabni geometrik progress ravishda o‘stirmoqda. Shuning uchun ham sug‘orish limitlarini va sug‘orish rejimi rejalarini o‘zgartirib borish yoki unda «o‘zgaruvchanlik» prinsipini joriy qilish tabiiy holdir.
Amaldagi «Gidromodul rayonlashtirish va qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish rejimi» har bir sug‘orish joyining iqlim sharoiti, gidrogeologiyasi, tuproq-meliorativ holatiga qarab tabaqalashgan tarzda belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining butun hududi sug‘orish limitlariga binoan tabaqalashtirish (differensiallash) uchun maxsus rayonlarga ajratiladi. Rayonlashtirish joyning tabiiy-iqlim sharoiti va qishloq xo‘jalik subyektlarining ixtisoslashuviga muvofiq ravishda o‘tkaziladi.
qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish rejimi va gidromodul rayon-lashtirish quyidagi indikatorlar(ko‘rsatgichlar)ga binoan olib boriladi:
- sug‘orish resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi;
- sug‘orish suvining sifati;
- tuproq namligi (tabiiy namlik va yer yuvishda to‘planadigan namlik alohida-alohida);
- yer osti suvlarining holati;
O‘zbekiston hududining tekislik yoki pastqamliklari uchun sug‘orish me’yori indikatori sifatida yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqinligi yoki uzoqligi birlamchi ko‘rsatgich sifatida qaraladi. Unda yer resurslari gidromorf (yer osti suvi 1 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda), yarim gidromorf (1-3 metr), avtomorf (3 metrdan pastda) tuproqlarga ajratiladi. So‘ngra, tuproq va ona jinslar (grunt)ning aeratsiya (havo almashish) qatlamidagi mexanik tarkibi(qattiq jinslar zarrachalarining katta-kichikligigiga qarab bo‘linishi), yer qattiqligi hamda qishloq xo‘jalik o‘simliklarining biologik xususiyatlari rayonlashtirishga asos bo‘la oladi. Masaslan, V gidromodul rayonda yer osti suvlari 2-3 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lsa, uning o‘simlik normal o‘sishi uchun ketadigan suv sarfi foiz hisobida: paxta uchun 40-45; beda uchun 55-60; makajo‘xori uchun 25-30 teng bo‘ladi. Sug‘orishning bunday suv sarfi arid (quruq) iqlimli cho‘l va chala cho‘llarda, tuprog‘i deyarli bir xil mexanik tarkibli yerlarga xos bo‘lgan ko‘rsatgichdir. Agarda tuproq va ona jins og‘ir mexanik tarkibli yoki turli o‘zgaruvchan qatlamlardan iborat bo‘lsa: paxta uchun 5-10, beda uchun 20-25, makkajo‘xori uchun 0,0 foizga teng suv sarfiga ega bo‘lgan gidromodul hudud hisoblaniladi. Huddi shunday tuproqlarda, lekin yer osti suvlari 1-2 metr chuqurlikda bo‘lsa, hudud yengil tuproqlarda XIII gidromodul rayonga kiritiladi va unda suv sarfi: paxta uchun 60-65, beda uchun 75-80, makkajo‘xori 35-40 foizni; og‘ir va qatlamli tuproqlarda IX gidromodul rayonga kiritiladi va unda suv sarfi paxta uchun 25-30, beda uchun 35-40, makajo‘xori uchun 10-15 foizga teng bo‘ladi.
Gidromodul rayonlashtirish o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, u juda batafsil to‘plagan yer kadastriga doir ma’lumotlarni yig‘ishni, ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini yaratishni talab etadi. Bunday tadbir oxir oqibatda suv resurslaridan qishloq xo‘jalik maqsadlarida oqilona foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Gidromodul rayonlashtirish-yer-suv resurslardan yuqori samaradorlik bilan foydalanish, sug‘orish rejimi(tartibi) ilmiy asoslangan va tabaqalashgan tarzda foydalanish orqali qishloq xo‘jalik ekinlaridan doimiy yuqori hosil olish maqsadida muayyan ma’muriy hududlarni taksonamik birliklarga, ya’ni qismlarga yoki bo‘laklarga ajratib chiqish. Gidromodul rayonlashtirishda qo‘yidagi taksonomik birliklar ajratiladi:
- iqlim-tuproq okruglari yoki vaholar(oazis)i;
- iqlim-tuproq zonalari;
- iqlim-tuproq viloyatlari;
- iqlim-tuproq rayonlari;
Iqlim-tuproq okruglar – joyning geomorfologik (yer usti tuzilishi va shakli), iqlim, gidrogeologik (yer osti suvlarining tasnifi), tuproq va o‘simlik dunyosining madaniylashtirilganligiga qarab ajratilgan hududlar.
Iqlim-tuproq zonalar – okrug ichidagi joyning aridligi (iqlim sharoiti) va bir xildagi tuproq turiga qarab ajratilgan hududlar.
Iqlim-tuproq viloyatlar – zona ichidagi joyning gidrogeologik va meliorativ sharoiti hamda tuproq hosil bo‘lish jarayoniga qarab ajratilgan hududlar.
Iqlim-tuproq rayonlar – viloyat ichidagi va yerning aeratsiya qatlamida, uning suv-fizik xossasi, yer osti suvining joylashuvi, joyning bir xil tuproq qatlami, mexanik tarkibi, tuzilishi va tarkibiga qarab ajratilgan hududlar.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sakkizta gidromodul okrugga (quyiamudaryo, Chirchiq–Ohangaron, Farg‘ona, Mirzacho‘l, Samarqand, Buxoro, qashqadaryo, Surxandaryo) ajratilgandir. Ular o‘z navbatida o‘nlab zonalarga, zonalar esa viloyatlarga, viloyatlar o‘z navbatida rayonlarga bo‘linib ketadi.
Gidromodul rayonlashtirish asosida har bir viloyat va qoraqalpog‘iston Respublikasida sug‘orish rejimi(tartibi) xo‘jaliklar, ya’ni qishloq xo‘jalik subyektlari bo‘yicha ishlab chiqiladi. Suvdan foydalanish limitlari aynan ana shunday rejalashtirish me’yorlariga binoan o‘rnatiladi. Unda:
- umumiy sug‘orma maydonga nisbatan xo‘jalikda mavjud bo‘lgan sug‘oriladigan yerlar miqdori (foiz hisobida);
- har bir o‘simlik turi uchun sarflanishi lozim bo‘lgan suv miqdori (gidromodul rayonlarga ajratilgan tarzda);
- tavsiya etiladigan yer yuvish, zaxiraga sug‘orish me’yorlari va uni o‘tkazish vaqti;
- qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini o‘stirish(vegetatsiya) davridagi sug‘orish rejimini kengaytirilgan jadvali;
- qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishni rejalashtirish kabi ma’lumotlar berilgan bo‘ladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling