«yurisprudensiya»


Suvdan foydalanish huquqining mazmuni


Download 1.39 Mb.
bet33/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

4. Suvdan foydalanish huquqining mazmuni
Suvdan foydalanish huquqining mazmuni suvdan foydalanuvchi subyektlarga taalluqli bo‘lgan huquq va majburiyatlar yig‘indisidan iborat.
Shuni aytish kerakki, suv huquqiy munosabatlar mazmuni uchta unsurdan — suvni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqidan iborat bo‘ladi. Demak, suv huquqiy munosabatlari subyektlarining, jumladan, suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari mazmuni suvni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlari bilan xarakterlanadi, ya’ni suvdan foydalanuvchilar yuqoridagi sanalgan huquqlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Amaldagi suv qonunchiligiga ko‘ra, suvdan foydalanuvchilar suvni tasarruf qilish huquqiga ega emaslar. Bu huquq faqat suv boyliklarining egasi bo‘lmish davlatda saqlanib qoladi. Demak, suvdan foydalanuvchi subyektlarga ho‘jalik faoliyati yuritish uchun suv foydalanishga berilganda unga nisbatan mulk huquqi davlatda saqlanib qoladi va xech vaqt u ikkinchi tomonga o‘tmaydi. Shunday ekan suvdan foydalanuvchilar suvning mulk huquqi asosida egasi hisoblanmaydi va tasarruf qilish huquqiga ega bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, suvdan foydalanuvchi subyektlar faqat suvni egallash va undan foydalanish huquqiga egadirlar.
Suvdan foydalanish huquqi mazmuni haqida fikr yuritganda, bu huquqni cheklash, tugatilish masalalariga to‘xtalib o‘tish kerak. Foydalanish huquqini cheklash ikki turga bo‘linadi: to‘liq cheklash va qisman cheklash. Huquqni cheklashning asosiy maqsadi, suvning qonunda berilgan maqomini ta’minlash va muhofaza rejimini ta’minlash, suvdan foydalanish huquqini cheklash natijasida o‘zgarib turishi mumkin. Bu o‘zgarishlar o‘z —o‘zidan, boshboshdoqlik bilan emas, balki qonunda belgilangan, ko‘rsatilgan tartibda ro‘y berishi lozim.
Ma’lumki, suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanishlari har xil zaruriyatga ko‘ra o‘zgarib turishi mumkin. Chunonchi, ularning suvga egalik qilish va foydalanish huquqi boshqa subyektga o‘tishi yoki foydalanish uchun berilgan suv resurslari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olinishi mumkin. Bunday holatlar suvdan foydalanish huquqining o‘zgarishiga emas, balki ularning suvdan foydalanish huquqining bekor bo‘lishiga olib keladi. Yoki suvdan foydalanuvchi foydalanib kelayotgan suv resurslariga yana ma’lum miqdorda qo‘shib berilsa yoki bo‘lmasa foydalanilayotgan suv resurslariga nisbatan foydalanish huquqi vujudga kelsa, olib qo‘yilgan suvga nisbatan esa foydalanish huquqi tugaydi, ya’ni bekor bo‘ladi.
Suvdan foydalanish huquqi mazmuni to‘g‘risida gapirganda shunday huquq subyektlarining huquq va majburiyatlariga alohida to‘xtalib o‘tish lozim.
Suvdan foydalanuvchilarning konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlari barcha huquq va majburiyatlar ichida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuridik va jismoniy shaxslarning suvdan foydalanish bo‘yicha eng asosiy huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55 —moddasida ko‘rsatilishicha, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va xayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir; ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Konstitutsiyada belgilangan boshqa bir tamoyilga binoan mulkdan foydalanuvchi barcha subyektlar ekologik muhitga ziyon yetkazmasliklari, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari va huquqlarini buzmasliklari kerak (54 —modda). Konstitutsiyaning 100 — moddasida tabiatni muhofaza qilish va samarali foydalanish, degan iboraning qisqartirilgan shakli bo‘lgan «atrof — muhitni muhofaza qilish» tushunchasi berilgan. Bu yerda atrof — muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vakolatining ajralmas qismi sifatida berilgan. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida atrof —muhit muhofazasiga tegishli uch xil ifoda, ya’ni «tabiiy muxitni muxofaza qilish» (50 —modda). «Ekologik ziyon» (54 — modda) va «atrof —muhitni muhofaza qilish» (100 —modda) uchraydi.
Konstitutsiyaviy asosiy qoidalardan kelib chiqib, tarmoq qonunchiligi ham tabiat boyliklari, xususan, suvlardan foydalanish huquqi mazmunini, ya’ni suv munosabatlari subyektlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muxofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 12 —moddasida ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘z salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof — muxitning zararli ta’siridan muxofaza qilish huquqiga ega. Fuqarolar tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga extiyotlik bilan munosabatda bo‘lshpi, ekologiya talablariga rioya qilishlari shart.
Suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilashda tarmoq huquq sohalari ichida muhim o‘rinni yer qonunchiligi egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida suv fondi yerlaridan foydalanishda yerdan foydalanuvchining asosiy huquq va majburiyatlari ko‘rsatib berilgan. Yerdan foydalanuvchilarga berilgan umumiy huquq va majburiyatlar bevosita suv fondi yerlaridan foydalanuvchilarga ham taalluqli bo‘ladi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida ko‘rsatilishicha, yerdan foydalanuvchilar yer uchastkasida mustaqil ho‘jalik faoliyatini amalga oshirish, har xil imorat va inshootlar qurish, yerning foydali xususiyatlarini o‘zlashtirish, yer ostidagi va ustidagi boyliklardan foydalanish va boshqa qator huquqlarga ega bo‘lsalar yerdan samarali va oqilona foydalanish, yerni ifloslantirmaslik, suv va shamol eroziyasiga uchratmaslik, yerdan ho‘jasizlarcha foydalanmaslik, yerni talon — taroj qilmaslik, yer haqini o‘z vaqtida to‘lab turish va shunga o‘xshash bir qator majburiyatlarga ham egadirlar.
Suvdan foydalanish huquqi mazmunini aniqlashda suv qonunchiligi aloxida ahamiyat kasb etadi. Suvdan foydalanuvchilarning huquqlari «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonun 32 — 35 — moddalarida belgilangan. Unga ko‘ra suvdan foydalanuvchilar suv obyektlari qanday maqsadlar uchun foydalanishga berilgan bo‘lsa, faqat shu maqsadlarda foydalanish; suvdan foydalanishni amalga oshirish uchun inshootlar, qurilmalar va boshqa obyektlarni qurish; beriladigan suvning miqdori va sifatini tekshirish; qonunlarda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, shartnoma bo‘yicha olinmay qolgan suv uchun tovon to‘lanishini talab qilish; suv obyektlaridan foydalanish bo‘yicha qonunda ta’qiqlanmagan boshqa ishlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Shuningdek, suvdan foydalanuvchilar:
suv obyektlaridan oqilona ravishda foydalanishlari, suvni tejab —tergab sarflash, suvning sifatini qayta tiklash va yaxshilash to‘g‘risida qayg‘urishlari, suv olishning belgilangan me’yoriga rioya etishlari;
iflos moddalar aralashib qolgan oqindi suvlarni suv obyektlariga oqizishni tamomila to‘xtatish choralarini ko‘rishlari;
boshqa suvdan foydalanuvchilarga berilgan xuquqlarining buzilishiga, shuningdek ho‘jalik va tabiat obyektlariga (yerlar, o‘rmonlar, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va hokazolarga) zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymasliklari;
suvni muhofazalaydigan va boshqa suv ho‘jalik inshootlarini hamda tehnikaviy qurilmalarni soz holda tutishlari, ularni ishlatish sifatini yaxshilashlari, olinayotgan suvni hisob — kitob qilib borishlari;
suv resurslaridan foydalanganlik haqini o‘z vaqtida to‘lashlari shart.
Suvdan foydalanuvchi subyektlarning o‘z huquq va majburiyatlari mazmunini yaxshi anglab yetishlari hamda unga rioya qilishlari suvlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza etish, suv qonunchiligi talablarini bajarishga, ushbu talablarni buzmaslikka xizmat qiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling