Mavzu;Gidrotexnika va gidrotexnika inshootlari to’g’risida umumiy: malumotlar
Download 29.57 Kb.
|
Gidrotexnika va gidrotexnika inshootlari to’g’risida umumiy malumotlar
Mavzu;Gidrotexnika va gidrotexnika inshootlari to’g’risida umumiy:malumotlar REJA Gidrotexnika tushinchasi To’g’onlar va ularning tasnifi Gruntli va betonli to’g’onlar Gidrotexnika tushunchasi. Maxsus inshootlar jihozlar va qurilmalar yordamida suv resurslaridan xalq xo’jaligi ehtiyojlarida foydalanish va suvning zararli ta’sirlariga qarshi kurashni o’rganish bilan bog’liq shug’illannuvchi fan va texnikaning tarmog’I Gidrotexnika deb ataladi. Bevosita suv xo’jaligi tadbirlarini amalga oshirsdigsn muhandislik inshootlari gidrotexnikaviy yoki gidrotexnika inshootlari deb ataladi. Gidrotexnika inshootlarining vazifasi suv sarfini va sathini rostlash uni manbalardan malum sifatda va istalgan vaqtda kerakli miqdorda olib zarur joylarga yetkazib berishdan iborat. Gidrotexnika inshootlari joylashuvuga ko’ra daryolar, dengizlar, va ko’llarga irrigatsiya shaxobchalari va va yer ostida joylashgan turlarga bo’linadi. Suv xo’jaligi tarmoqlarining turlicha iqlimiy geologik va gidreologik sharoitlarda ko’rishga sababli gidrotexnika inshootlarining ham xar hil konstruksiyalari mavjud. Yuqoridagi masalani osonlashtirish maqsadida ularga o’ziga xos belgilari bo’yicha tasniflanadi; 1. Xalq xo’jaligi tarmogiga xizmat ko’rsatish 2. Foydalanish sharoitlari 3. Vazifasiga ko’ra 4. Ma’suliyati bo’yicha 5. Konstursiyasi va materiali bo’yicha va boshqalar. Xalq xo’jaligi tarmog’iga xizmat ko’rsatish bo’yicha gidrotexnika inshootlari quidagilarga bo’linadi; Melirotiv- sugorish zax qochirish va suv chiqarish uchun mo’ljallangan Gidroenergetik- suv energiyasidan foydalanish Suv transporti- kemalar qatnovini yo’lga qo’yish va boshqalar. Foydalaniosh shartlari bo’yicha melirotiv tizimlaridagi gidroelektrik stansiyalr suv transporti va barcha gidrotexnika inshootlari doimiy va vaqtinchalik inshootlarga bo’linadi. Doimiy inshootlarga obyekt doim ekspulatatiya qilinadigan davrdagi inshootlar, vaqtinchalik inshootlarga esa faqat qurilish davrida yoki uni vaqtinchalik ekspulatasiya kiradi. Doim iy gidrotexnika inshootlari qurilish obyektining ahamiyatiga qarab asosiy va ikkinchi darajali insootlarga bo'linadi. Asosiy gidrotexnika inshootlarini ta ’mirlash yoki avariya bo'lganda butun tizim o'z ishini to'xtatadi va bu katta iqtisodiy zararga olib keladi. Ikkinchi darajali inshootlar ta ’mirlash yoki avariya bo'lganda ular o'z ishini to'xtatishi natijasida katta talafotlar bo'lm aydi (zatvorlami ta ’mirlash, xizmat ko'priklari, muz ushlovchi qurilmalar va b.). V azifasiga ko‘ra gidrotexnika inshootlari quyidagilarga bo'linadi: — suv dimlovchi — m a’lum bosim hosil qilish, shu bosimni o'ziga qabul qilish (to'g'onlar, dambalar, suv oqimini to'suvchi inshootlar va hokazo); — boshqaruvchi — daryo oqimi bilan o'zanni, dengiz va ko'llarning q irg'oqlaridagi to 'lq in ta ’sirini b o sh q arad i (y o 'n a ltiru v c h i d am b alar, shporalar, qirg'oqni mustahkamlovchi inshootlar); — suv oluvchi — suv manbalaridan suv oluvchi (suv oqimlari, havzalar); — suv о ‘tkazuvchi — suvni bir joydan ikkinchi joyga o'tkazish (kanallar, quvurlar, novlar, tunnellar va b.); — suv tashlovchi — suv omborlari, havzalar va kanallardan suvlarni chiqarish va tashlash. K apitalligi bo'yicha barcha asosiy gidrotexnika inshootlari to'rtta sinfga bo'linadi. Yirik suv dimlash inshootlari, masalan, to'g 'o n larn in g m as’uliyatligi bo'yicha sinfi inshootning balandligi, zamindagi gruntning turi va avariya oqibatlari bo 'y ich a amaldagi qurilish m e ’yorlari asosida qabul qilinadi. Meliorativ tizimlardagi inshootlar sug'oriladigan yoki zax qochiriladigan maydonga xizmat ko'rsatish bo'yicha belgilanadi Agar asosiy gidrotexnika inshooti bir vaqtning o'zida xalq xo‘jaligining bir necha sohalariga xizmat qilsa (m asalan, energetika, transport, melioratsiya, suv ta ’minoti sohalari), inshootning sinfi vazifasi b o ‘yicha belgilangan eng yuqori sinfga teng qilib qabul qilinadi. Asosiy inshootlaming sinfi shuningdek, maxsus asoslashdan solng bir sinfga oshirilishi yoki kamaytirilishi ham mumkin. K onstruksiyasi va m ateriali bo‘yicha gidrotexnika inshootlari gruntli, yog‘ochli, toshli, betonli va tem ir-betonli b o ‘ladi. Yog‘ochli inshootlar o 'rm o n g a boy hududlarda quriladi. Katta gidrotexnika inshootlari qurilishlarida yog‘och vaqtinchalik va yordamchi inshootlarni barpo etishda va qolip ishlari uchun material sifatida ishlatiladi. Metalldan gidrotexnika inshootlarining ko'priklari, quvurlari, zatvorlarini qurishda keng foydalaniladi, u tem ir-beton konstruksiyalarda armatura sifatida ham ishlatiladi. Ishlash sharoitlari va qurilishi bo‘yicha gidrotexnika inshootlari daryodagi va irrigatsiya shoxobchalaridagi inshootlarga bo'linadi. Suv xo'jaligi masalalarini kompleks yechish uchun mo'ljallangan daryodagi inshootlar gum higa quyidagilar kiradi: 1) ustidan suv o'tkazuvchi va suv o'tkazmaydigan to'g'onlar; 2) suv oluvchi inshootlar va qurilmalar; 3) suv tashlovchi va suv chiqaruvchi; 4) gidroelektrostansiya binolari; 5) kema o'tkazuvchi shluzlar; 6) o'tuvchi yo'llar, baliq qutqaruvchi qurilmalar; 7) cho'kindilarga qarshi kurashuvchi inshootlar va qurilmalar (tindirgichlar, loyqa yuvuvchi inshootlar, yo'naltiruvchi tizimlar va b.); 8) daryo o'zanini boshqaruvchi inshootlar; 9) m uz va muz parchalarini o'tkazuvchi inshootlar. Irrigatsiya shoxobchalaridagi asosiy inshootlar, odatda, vazifasiga ko'ra uch guruhga bo'linadi: rostlovchi, suv o'tkazuvchi va tutashtiruvchi. Rostlovchi guruh inshootlariga quyidagilar kiradi: suv sarfini rostlovchi rostlagich (shluz)lar va suv bo'lgichlar; suv sathini rostlovchi (dimlovchi); yuvuvchi va suv tashlovchi qurilmalar, tizimga beriladigan suv miqdorini o'lchaydigan suv o'lchash qurilm alari (avtomatlar, yarim avtomatlar, hisoblagichlar). Suv o'tkazuvchi inshootlarga quyidagilar kiradi: akveduklar, dukerlar, quvurlar, tunnellar. U lar kanal trassasi bo'yicha suvni tabiiy va su n ’iy to'siqlar bilan kesishgan joylardan o'tkazish uchun quriladi. Kanal trassasi katta nishabli uchastkalardan o'tgan vaqtda o'zanni suvning yuvib ketish xavfidan saqlash maqsadida tutashtiruvchi inshootlardan foydalaniladi. Bu guruh inshootlariga sharsharalar, tezoqarlar, konsolli sharsharalar kiradi Bajaradigan vazifasiga ko'ra, to'g'onlar suv sathini k o 'taru v ch i va suv om bori to'g'onlariga bo'linadi. Birinchi xil to 'g 'o n lar daryodan suv olish, unda oqib keladigan cho'kindilami kanalga o'tkazmasdan tutib qolish, daryo energiyasidan va transport uchun foydalanish hamda ekin maydonlarini sug'orish uchun qulay sharoit tug'dirish maqsadlarida quriladi. Ikkinchi xil to'g'onlar esa suv manbalaridan xo'jalik uchun foydalanish maqsadida daryoda oqib keladigan suvni tartibga soladi va katta suv omborlari uchun mo'ljallanib, baland qilib quriladi. To'g'onlar balandligiga qarab bir qancha turlarga bo'linadi. Agar suv oqimi to 'g 'o n oldida 15 m gacha dimlansa, bunday to 'g 'o n lar past bosimli, 15—50 m gacha dimlansa, o 'rta bosimli va 50 m dan ortiq dimlansa, yuqori bosimli to'g'onlar deyiladi. Suv ombori gidroenergetika, sug'orish, suv transportini taraqqiy ettirish, shuningdek, toshqinga qarshi kurashish uchun xizmat qiladi. Odatda, suv ombori xalq xo'jaligining bir nechta tarmoqlari ehtiyojlarini qondiradigan kompleks vazifalarni bajaradigan qilib quriladi. 9 T o ‘g ‘on va suv om bori uchun joy tanlashda topografik va geologik sharoitlarni, shuningdek, iqtisodiy, sanitariya-gigiyena talablarini inobatga olish zarur. Bu talablarga javob bera oladigan to ‘g‘on qurish uchun vodiyning tor va yuqori qismi kengayib boradigan joy tanlanishi, joyning geologik sharoiti esa to ‘g ‘on qurish uchun qulay ham da suv om borining havzasi iloji boricha suv siljita olmaydigan gruntlardan tashkil topgan bo‘lishi shart. T o ‘g ‘o n lar boshqa yana bir q ancha belgilari: ishlatiladigan qurilish materialining turi; konstruksiyasi va to'g'on ustidan suv о ‘tkazishiga nisbatan ham tasniflanadi. Ishlatiladigan qurilish materialining turiga ko‘ra: 1) tuproqni quruq holida to ‘kib yoki uyib quriladigan tuproqli; tosh to ‘kib yoki toshni qorishmasiz terib quriladigan; 2) betonli va toshni qorishmalar bilan terib quriladigan; 3) tem ir-betonli; 4) turli xil materiallardan quriladigan to ‘g‘onlar mavjud. T o ‘g ‘on turlari: a — tu p ro q to ‘g ‘o n ; b — ekranli to sh to 'k ib quriladigan to 'g 'o n ; d — u stid an suv o 'tk azu v ch i to 'g 'o n ; e — u stid an suv o 'tk azm ay d ig an gravitatsion to 'g 'o n ; f — arkali to 'g 'o n ; g — kontrforsli to 'g 'o n ; 1 — bosim li plita; 2 — kontrfors; 3 — xizm at k o 'p rig i; 4 — tish. Konstruktiv belgilariga ko‘ra: 1) tuproqli — grunt yoki temir-beton ekranli, tosh to ‘kib qurilgan (1.3-c, b rasm); 2) suv bosimi ta ’sirida ishqalanish, tutatish va og'irlik kuchi hisobiga qarshi tura oladigan massiv gravitatsion 10 (1.3-d, e rasm); 3) mustahkamligi suvning bosimi qiya qovurg‘alari orqali zaminga berilishi natijasida yuz beradigan ishqalanish kuchi hisobiga t a ’m in la n a d ig a n kontrforsli; 4) bosim in i q irg ‘oqlardagi mustahkam qoyali gruntlarga uzatadigan arkali to ‘g‘onlar uchraydi. T o ‘g‘on ustidagi suvni o‘tkazishiga ko‘ra: 1) ustidan suvni o ‘tkazmaydigan 2) ustidan suv o'tkazuvchi to'g'onlar farqlanadi. G ru n tli t o ‘g ‘o n la r konstruksiyasining oddiyligi, mahalliy qurilish materiallaridan keng foydalanish, ularni turli zaminlar ustiga qurish mumkinligi sababli keng tarqalgan. O'tgan asrning 50-yillari dunyoda va shu jumladan, O'zbekistonda o'nlab yirik gidrotexnika inshootlari shular qatorida yirik tuproq to'g'onlar qurilgan. Gruntlar mexanikasi, muhandislik geologiyasi va gidrogeologiyasining har tomonlama taraqqiy qilishi hamda yerqazish ishlarining keng mexanizatsiyalashtirilishi sababli keyingi yillarda ancha baland tuproq to'g'onlar qurish uchun imkoniyat tug'ildi. Bunga misol qilib suv sig'dirish hajmi 10,5 mlrd m 3, balandligi 300 m bo'lgan, shag'al va tuproq aralashmasidan qurilgan Norak, suv sig'dirish hajmi 1,42 mlrd m 3, balandligi 168 m bo'lgan, tosh va shag'al aralashmasidan qurilgan Chorvoq hamda Misr Arab Respublikasidagi Nil daryosida suv sig'dirish hajmi 1,56 mlrd m 3, balandligi 1 1 1 m bo'lgan, tosh-tuproq aralashmasidan qurilgan Asvon to'g'oni va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Gruntli to'g'onlarning oldi tomonida suv sathining ko'tarilishi natijasida to'g'on tanasi, uning osti va yon tomonlaridan suv sizib o'tadi. To'g'on ustidan suv toshib o'tsa, to'g'on yuvilib buzilishi mumkin, shuning uchun toshqin suvlarini maxsus inshootlar orqali o'tkazib yuboriladi. Gruntli to'g'onlar turli maqsadlar uchun quriladi. Yirik to'g'onlar katta hajmli suv omborlarini, kichik to'g'onlar kichik suv omborlarini tashkil qiladi. Tuproq to'g'onlar daryodan suv oladigan inshootlar tarkibiga kiradi h am da daryo o 'zanini berkitish uchun xizm at qiladi. B a’zan daryo oqim ini m a ’lum tom onga yo'naltirish m aqsadida ham shunday to 'g 'o n la r qurilishi mumkin. Gruntli to 'g 'o n lar konstruksiyasi jihatidan ustidan suv oqib tushmaydigan to'g'onlardan hisoblanadi. Maxsus konstruksiyalarga ega bo'lgan tuproq to'g'onlarning ustidan suv quyilib o'tishga ayrim hollarda yo'l qo'yiladi. Shuning uchun toshqin hamda suv omborida to'plangan foydali suvlarni va ortiqcha suvlarni pastki biefga o'tkazib yuborish maqsadida maxsus inshootlar quriladi. Beton to 'g 'o n la r. Siljishga o'z og'irliklari bilan qarshilik ko'rsata oladigan to'g'onlar gravitatsion to'g'onlar deyiladi. To'g'onning tubi bilan zamini o'rtasidagi yuzida hosil bo'ladigan ishqalanish va tishlashish kuchlari 11 to ‘g‘onning siljishiga qarshilik ko‘rsatadi. Gravitatsion to ‘g‘onlar ustidan suv o ‘tkazadigan va suv o ltkazmaydigan qilib quriladi. Gravitatsion to'g'onlar konstruksiyasining oddiyligi sababli ular asosan betondan quriladi. 1932-yilda birinchi yirik betonli gravitatsion, balandligi 62 m bo'lgan Dnepropetrovsk to'g'oni qurilgan. O'tgan asrning oxirgi qirq yilida yirik betonli to'g'onlar qurilishi keng tarqaldi. Bu davrda balandligi 65 m Ust-Kamenogorsk, balandligi 90 m Buxtarmin, balandligi 128 m Krasnoyarsk, balandligi 102 m Ust-Ilim , balandligi 215 m Toktagul va balandligi 300 m Sayano-Shushensk gravitatsion to'g'onlari qurildi. Foydalanilgan adabiyotlar; 1.Mbakiyev B.Nosirov R.Xo’jaqulov 2.Gidrotexnika Inshootlari kitobidan foydalanildi Download 29.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling