4-mavzu. Noruda materiallar konlari. Sifatli ko‘tarmalarni ko‘tarishda transport vositalari Reja
Download 1.51 Mb.
|
4-ma\'ruza lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalitli so‘zlar
- 8.1-rasm.
4-mavzu. Noruda materiallar konlari. Sifatli ko‘tarmalarni ko‘tarishda transport vositalari Reja Noruda materiallar konlarining joylashishi. Sifatli to’g’onlar, dambalar uchun qum shag’alli grunt konlarida ishlarni bajarish. Qoyatoshli konlarda yer ishlarini bajarish. Sifatli ko‘tarmalarni qurishda davriy va uzluksiz xarakatlanuvchi maxsus transport vositalari. Grunt zichlash ishlarini tashkil qilish va texnologiyalari. Kalitli so‘zlar: Qazilma, to‘kma, inshoot qurilishi, bir chumichli ekskavator, ko‘p chumichli ekskavator, osma mashina-mexanizmlar, tirkama mashina-mexanizmlar, texnologik sxema, qurilish mashinalarining ish umdorligi. Adabiyotlar: A 2-7, Q12-13, Q 20-23 int. sayt.24-30. Noruda materiallar konlarining joylashishi Suv xo‘jaligi qurilishi jarayonlarida noruda materiallari sifatida tabiiy toshlar, shag‘al va qum-shag‘al aralashmalari xizmat qiladi. Noruda materiallar asosan ochiq ishlov berish usulida tabiiy konlardan olinadi. Bunday konlar joylashishiga ko‘ra – tog‘, tekislik va o‘zan konlari bo‘lishi mumkin(8.1-rasm). Konlarning joylashishi bo‘yicha turiga qarab ularga ishlov berish uslubi va ishlarni tashkil qilish masalasi aniqlanadi. Tog‘ konlarida asosan noruda materiallar quruq holatda qazib olinadi, tekislik konlarida esa ishlov berish jarayoni davriy ravishda quruq yoki suv ta’sirida bo‘lishi mumkin. O‘zanda joylashgan konlarda materiallar asosan suv ostidan qazib olinadi. Noruda materiallari konlari belgilangan faoliyatlari bo‘yicha doimiy-sanoat yoki vaqtinchalik konlar bo‘lishi mumkin. Kon xo‘jaligini loyihalashda uning chegaralari hajmini aniqlash, ustki qismini ochish, noruda materiallarni qazib olish va ularni tashish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish masalalari ishlab chiqiladi(ilova). 8.1-rasm. Noruda konlari turlari va ularga ishlov berish sxemalari. a – konlarning turli xil relef sharoitlarida joylashishlari; b – konlar elementlari; v…z – konlarga ishlov berish sxemalari; I - o‘zan konlari; II- tekislak konlari; III_ tog‘ konlari; 1 – kon ustki qatlami grunti 2 – foydali qatlam; 3 – zaboy; 4 – tokcha; 5-ustun; 6 – ishlov berilgan zona; 7 – ishchi gorizont; 8-grunt qazish mashinasi; 9 – transport vositalari yo‘llari. Umumiy holatda, konning foydali hajmi quyidagicha aniqlanadi: Wk = W1 + W2 + W3 ; m3 (8.6) Bu erda: W1 – qurilishda noruda materialiga bo‘lgan umumiy ehtiyoj, m3 W1- (bunda materialni qazib olish va unga ishlov berish jarayonida gruntning yumshalishi evaziga hajmi o‘zgarishi ham hisobga olinadi). W2 -– materiallarni qayta ishlash va saralash jaaryonida yuzaga keladigan chiqindilar miqdori, m8. W3- – materiallarni tashishda va saqlashdagi yo‘qolishlar miqdori, m8. Asosiy ko‘rsatkichlardan biri bu konning foydali chuqurligi (Hfk) hisoblanadi va uni belgilashda kon ochish mo‘ljallangan joyning murakkab geologik sharoitlari o‘rganilishi kerak. Kerakli material bo‘yicha konning o‘rtacha foydali chuqurligi (Hfk) belgilansa, kon egallaydigan maydon yuzasini quyidagicha aniqlash mumkin: Fk = Wk / Hfk ; m2 (8.7) Noruda materiallar konlarida asosiy ishlarni boshlashdan oldin, ularning ustki qismidagi yaroqsiz gruntlar va o‘simlik qatlamlari olinib kon chegarasidan tashqariga chiqariladi (rasm). Asosiy masalalardan biri kon ustki qismini tozalashda mashina–mexanizmlar tanlash va ularning ishlash texnologik sxemalarini tuzishdan iborat. Bajariladigan ishning turi va miqdoriga bog‘liq mashina va mexanizmlardan foydalaniladi. Kon yuzasi 2…3 ga gacha bo‘lganda buldozerlar, 8…10 ga gacha bo‘lganda skreperlar qo‘llanishi, texnik-iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Geologik sharoiti qulay, er osti suvlari ta’siri deyarli sezilmaydigan konlarda (tog‘ va tog‘ oldi zonalaridagi konlar) foydali materiallarni qazib olish va transport vositasiga yuklash to‘g‘ri kovshli ekskavatorlar orqali amalga oshiriladi. Bunday konlarga ishlov berish texnologik jarayonining ko‘ndalang kesimini taxlil qilinsa, quyidagi asosiy elementlarni qayd qilish mumkin (8.1—rasm): - qatlam – ishlov beriladigan qatlam, vertikal yoki qiya devorlar va ishlov beriladigan yaruslar bilan chegaralangan; - ishchi gorizont – gorizontal yoki juda kichik nishablikka ega bo‘lgan tekislik bo‘lib, unda ishlovchi vosita joylashadi; - qatlam tokchasi – ikki yarus qatlamlari orasidagi gorizontal maydoncha bo‘lib, unda noruda materiallariga ishlov beruvchi mashina-mexanizmlar va transport vositalari joylashadi; - chiqish va kirish xandaklari – maxsus qazilgan, kon tubini er yuzasi bilan tutashtiruvchi, chegaralangan nishablikka ega bo‘lgan yo‘llar. Qurilish jarayonida ko‘p miqdorda qo‘llaniladigan turli xil mustahkamlikdagi va o‘lchamdagi toshlarni qazib olish va qayta ishlash, murakkab texnologik jarayonlar ketma-ketligidan iborat. Toshlarni konlardan qazib olishdagi ish jarayonlari tarkibi quyidagilardan iborat: kon ustki qismi yaroqsiz gruntlarini qirqib olish va belgilangan masofaga ko‘chirish; qattiq (qoya) toshlarni burg‘alash; burg‘alangan quduqlarni zaryadlash (portlovchi moddalar joylash) va portlatish; maydalangan qoya toshlarga ishlov berish; juda yirik qoya toshlarni qayta maydalash (portlatish usuli qo‘llanishi mumkin); tayyor materiallarni transport vositasiga yuklash va qurilish hududiga jo‘natish. Tosh konlarida portlatish usulini qo‘llashning samaradorligi ancha yuqori bo‘lsa ham har bir portlatish jarayonidan so‘ng hosil bo‘lgan toshlarning umumiy hajmga nisbatan 30…40 % gacha qismi me’yoridan katta o‘lchamlarda bo‘lib qolishi mumkin. Bunday yirik toshlar barcha mashina – mexanizmlar uchun noqo‘layliklar yuzaga keltiradi. SHu bois yirik toshlarning o‘lchamlari L (m) mashina–mexanizmlar uchun quyidagicha chegaralanishi mumkin: - ekskavatorlar uchun L (0.7 … 0.8) 3 q (8.8 ) tosh maydalagichlar uchun L 0.85 Vkir (8.9 ) lentali transportyorlar uchun L 0.5 (V – 0.2) (8.10 ) Bu erda: q – ekskavator kovshi sig‘imi, m3 Vkir – tosh maydalagich kirish qismi kengligi, m V – transportyor lentasi kengligi, m Noruda materiallar konidagi ishlarni tashkiliy jihatdan samarali yo‘lga qo‘yish uchun bir smenadagi ishlov beriladigan zona o‘lchamlarini asosiy mashina–mexanizmlarning bir smenadagi (Psm) ish unumdorliklari bilan bog‘lash maqsadga muvofiqdir. Agar qurilish jarayonlari uchun noruda materiallarining bir smenadagi ehtiyoj miqdori (Wsm) aniq bo‘lsa, konda bir smenada ishlov berilishi kerak bo‘lgan zona uzunligi (Lsm) quyidagicha belgilanadi: Lsm = Wsm / yoki Lsm = Psmsm / (8.11 ) Bu erda: - ishlov beriladigan zona ko‘ndalang kesimi yuzasi, m2. Konlardan qazib olingan noruda materiallarni to‘g‘ridan–to‘g‘ri qurilish ishlarida qo‘llashning imkoniyati yo‘q. Ayniqsa ular beton ishlari jarayonlarida qo‘yiladigan bir qator talablarga javob bera olmaydilar. Qazib olingan materiallar o‘lchamlari va mustahkamligining juda katta oraliqda o‘zgarishi, tarkibida turli xil mexanik qo‘shimchalarning ko‘p bo‘lishi, mineralogik va boshqa fizik–mexanik ko‘rsatkichlarining qoniqarsizligi, ularga dastlabki qayta ishlov berilishini taqozo etadi. Materiallarni qayta ishlash mahsuslashtirilgan qurilmalar va korxonalarda amalga oshiriladi. Maydalash–saralash korxonalarida tabiiy toshlardan turli o‘lchamlardagi chaqiq toshlar (щeben) olinadi, yuvish–saralash korxonalarida esa qum–shag‘al aralashmalariga qayta ishlov beriladi. Agar, konlardan qazib olinadigan noruda materiallarning barcha qismi qurilish jarayonlarida ishlatilish imkoniyati bo‘lsa, ularni qurilish hududida qayta ishlash maqsadga muvofiqdir. Aks holda ularni qazib olinadigan joyda kerakli darajada qayta ishlash tavsiya qilinadi va bunda keraksiz chiqindilarni tashish ishlariga xojat qolmaydi. Noruda materiallarga bo‘lgan umumiy ehtiyojga bog‘liq ravishda qayta ishlash korxonalari vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatuvchi yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sanoat korxonalari bo‘lishi mumkin. Vaqtinchalik korxonalar asosan ma’lum bir qurilish ob’ekti uchun xizmat qilib, ularning faoliyati qurilish asosiy ishlari muddati bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Suv xo‘jaligi sohasida bunday korxonalar aksariyat hollarda yirik gidrotexnik inshootlar qurilishi jarayonlarida tashkil qilinadi. Doimiy yoki sanoat korxonalari bir vaqtning o‘zida bir necha iste’molchilarni ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning ishlab chiqarish quvvatlari vaqtinchalik korxonalarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Noruda materiallarni qayta ishlash korxonalarining aynan yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: - ko‘chma qurilmalar (g‘ildiraklarda harakatlanuvchan), bir yilda 50 ming m3 gacha noruda materiallarni qayta ishlash imkoniyatiga ega; - yig‘ilib echiladigan inventar qurilmalar, ma’lum vaqt foydala-nishga mo‘ljallangan bo‘lib, ishlab chiqarish quvvati 50…200 m3/ yil ni tashkil qiladi. - statsionar – doimiy faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar, bir yillik ishlab chiqarish quvvati 200 ming m3 / yil dan yuqori. Noruda materiallarni qayta ishlashdagi murakkab texnologik jarayonlardan biri – bu tabiiy toshlardan chaqiq toshlarni olish bo‘lib, quyidagi operatsiyalar (ishlar) bajariladi: - turli xil tosh maydalagichlarda tabiiy toshlarni belgilanagan o‘lchamlargacha maydalash; - maxsus elaklar (sitolar) va saralagichlar yordamida maydalangan toshlarni kerakli guruhlarga fraksiyalari bo‘yicha ajratish; - materiallar tarkibidagi mexanik qo‘shimchalar (grunt zarrachalari, o‘simlik qoldiqlari va hokazolar) ni yuvib tashlash; - boyitish, maydalangan, saralangan va yuvilgan toshlar tarkibidagi mustahkamligi, zichligi past va fizik–mexanik xossalari talab darajasida bo‘lmagan materiallarni ajratib tashlash; - granulyasiya, toshlarga silliq, dumaloq shakl berish uchun maxsus ishlov berish. Toshmaydalagichlar tomonidan toshlarning maydalanish darajasi quyidagicha aniqlanadi: i = Dmaks / dchiq (8.12 ) Bu erda: dchiq – maydalanishdan so‘ng hosil bo‘lgan toshlar diametri, mm Agar toshmaydalagichlar kirish qismi kengligi kichrayib borishi bo‘yicha ketma – ketlikda o‘rnatilib toshlar maydalansa, u holda toshlar maydalanish darajasining umumiy ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ladi: i = i2 i2 i3 … (8.13) Toshlar maydalangandan so‘ng turli xil o‘lchamlardagi tosh zarrachalaridan iborat aralashma hosil bo‘ladi va standart turli fraksiyalarga mos keladigan toshlar miqdori aniqlanadi. SHundan so‘ng qurilish uchun yaroqli fraksiyalar, qayta maydalanadigan toshlar va yaroqsiz chiqindilar alohida guruhlarga ajratiladi. Maydalangan tabiiy toshlar yoki shag‘al aralashmalari chegaraviy o‘lchamlari 5…20; 20…40; 40…70; 70…120 (150) mm bo‘lgan fraksiyalarga ajratiladi. Buning uchun quyidagi tur elak (groxot) lar qo‘llaniladi: qo‘zg‘almas titratma, dastlabki saralash jarayoni uchun; - ekssentrik va tekis titratma, tosh aralashmalarini ikki–uch fraksiyaga ajratish uchun; - barabanli, tosh aralashmasini ikki–uch fraksiyaga ajratish va ularni yuvish uchun; - titratma elak, qumlarni saralash uchun. Tabiiy toshlarni qayta ishlash jarayonlarining turli xil texnologik sxemalari mavjud. Agar maydalanadigan toshlar bir marotoba o‘tsa, bunday holat materiallarni qayta ishlashning ochiq sikl usuli deyiladi. Aksincha, maydalangan barcha material yoki uning bir qismi takroriy maydalanish jarayonlaridan o‘tsa, bunday jarayon yopiq sikl bo‘ladi. SHuningdek, toshlarni maydalash jarayonida bitta toshmaydalagich ishtirok etsa bir bosqichli, agar ushbu jarayonda ketma-ket ikki yoki undan ko‘p toshmaydalagichlardan foydalanilsa, ikki yoki ko‘p bosqichli texnologik sxemalarga ega bo‘lamiz. Ketma-ket joylashtirilgan bir necha toshmaydalagichlarning kirish qismi o‘lchamlariga o‘zgartirish kiritiladi, ya’ni ikkinchi va undan keyingi o‘rnatiladigan toshmaydalagichlar kirish qismi kengligi, o‘zidan oldingi toshmaydalagich chiqish qismi o‘lchamidan 50…60% katta bo‘lishi lozim. 8.2- jadval CHaqiq toshlar ishlab chiqishda qo‘llaniladigan toshmaydalagichlarning asosiy ko‘rsatkichlari
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling