4-mavzu. Noruda materiallar konlari. Sifatli ko‘tarmalarni ko‘tarishda transport vositalari Reja


-rasm. Tuproq to‘g‘on yoki damba tanasiga grunt yotqizishda operatsiyalarni bajarish sxemasi


Download 1.51 Mb.
bet6/7
Sana24.03.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1291714
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-ma\'ruza lotin

10.4-rasm. Tuproq to‘g‘on yoki damba tanasiga grunt yotqizishda operatsiyalarni bajarish sxemasi
a – gruntni to‘kish; b - qatlamma-qatlam tekislash; v - =o‘shimcha namlash; g – shibbalash.
Xaritada yoki karerda grunt greyderlar yoki buldozerlar bilan qatlamma-qatlam tekislanadi va qo‘shimcha namlanadi. SHibbalashdan oldin grunt qatlamning butun chuqurligi bo‘yicha optimal namlikka ega bo‘lishi lozim. Bunda gruntni loyixada belgilangan zichlikka erishgunga qadar shibbalash uchun minimal mexanik ish talab etiladi.
Optimal namlikni grunt laboratoriyasida aniqlash mumkin. Uni taxminan quyidagi qiymatlarda qabulqilish mumkin:



Gruntlar

Optimal
namlik
chegaralari, %

qumli grunt . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

8...15

CHangsimon grunt . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

14...22

Loyli, changsimon grunt . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

18...21

Loyli grunt . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

12...15

Oquvchan xolatdagi loyli grunt . . . . . . . . . . . . . . .

19...23

Xarita yuzasiga suv shlangdan yoki suv quyish mashinalaridan bir tekis quyilishi lozim. Uni vaqtinchalik vodoprovod orqali olib kelish yoki avtotsisternalar va suv quyish mashinalarida keltirish mumkin.


Suv quyish tugallangach, gruntni shibbalashga kirishishdan oldin suv shimilishi va qatlam chuqurlik bo‘yicha bir tekis namlanishi uchun texnologik tanaffus qilish (kutish) lozim. Agar gruntlar xaritada emas, balki karerda namlanayotgan bo‘lsa, bunday tanaffus talab etilmaydi. Karerning bu uchastkasiga aloxida xaritalarda 10...20 sm qalinlikda suv quyiladi va suv gruntga to‘liq singigunga qadar kutiladi. Karerda grunt xandaklar va quduqlar orqali namlanishi xam mumkin. Bog‘lanishli gruntni karerda namlash tavsiya etiladi.
Gruntni qo‘shimcha namlash uchun zarur suv miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Vg (WoWk)
Vv   (10.11)
o 100
bu erda Vv – suv xajmi, m3; Vg - shibbalanayotgan grunt xajmi, m3; - gruntning shibbalanishdan oldingi skeletining zichligi, tm3; Wo - gruntning optimal namligi, %; Wk – gruntning qo‘shimcha namlashdan oldingi namligi, %.
Gruntni shibbalash jarayonida muvozanat kuchi va dinamik kuchlar ta’sirida grunt zarralarining yaqinlashishi va bir vaqtning o‘zida suv va xavoning siqib chiqarilishi yuz beradi. Bunda mayda zarralar yirik zarralar o‘rtasidagi g‘ovaklarni to‘ldiradi. Natijada gruntning zichligi ortadi, g‘ovaklilik va suv o‘tkazuvchanligi esa kamayadi.
To‘g‘on tanasida gruntning zarur zichligi  (tm3) yoki suv sizilish koeffitsienti K (msutka) odatda loyixada ko‘rsatiladi. Muayyan gruntlar uchun bu ko‘rsatkichlar zichligi xar xil bo‘lgan grunt namunalarini laboratoriyada suv o‘tkazuvchanlik nuqtai nazaridan sinash yo‘li bilan aniqlanadi.
Bog‘lanish grafigi Kff () bo‘yicha filtratsiyaning joiz qiymati Kf yordamida to‘kma tanasidagi gruntning zarur zichligi aniqlanadi.
Kerakli zichlikka erishish uchun zarur bo‘lgan g‘altaklarning shibbalab o‘tishlari yoki shibbalagich bilan bir izga urishlar soni to‘kma qatlamini sinov tAriqasida shibbalash va gruntdan olingan namunaning zichligini tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bir iz bo‘ylab shibbalab o‘tishlar soni odatda 6...14 ni tashkil etadi.
SHibbalovchi mashinalar gruntga ta’sir ko‘rsatish usuliga ko‘ra uch guruxga: statik, dinamik va titrama ta’sir ko‘rsatuvchi mashinalarga ajratiladi.
Gruntlarni shibbalash sxemalari va shibbalovchi mashinalardan foydalanish soxasi 10.5-rasmda ko‘rsatilgan.
Tuzilishiga ko‘ra g‘altaklar uch xil: tekis, kulachokli va xavo to‘lg‘azilgan g‘ildirakli bo‘ladi. Gruntlarni avtomashinalar va skreperlarning yo‘l-yo‘lakay qatnovi bilan shibbalash mumkin.
SHibbalovchi mashina uch belgiga ko‘ra: shibbalanuvchi gruntning mustaxkamlik chegarasi, shibbalanayotgan grunt qatlamining qalinligi va xaydash uzunligiga (u grunt yotqizilgan xaritaning uzunligi va kengligiga bog‘liq bo‘ladi) ko‘ra tanlanadi.
Tekis va xavo to‘lg‘azilgan g‘ildirakli g‘altaklar xamda shibbalovchi plitalar uchun gruntga tushadigan maksimal bosim max gruntning mustaxkamlik chegarasi r ga teng yoki yaqin bo‘lishi lozim. N.YA.Xarxut tavsiyasiga ko‘ra

max  (0,8...0,9) r. (10.12)


Kulachokli g‘altaklar uchun gruntga tushadigan bosim gruntning mustaxkamlik chegarasidan katta bo‘lishi mumkin:

max > r. (10.13)


Kulachoklarning tayanch sirtiga tushadigan solishtirma bosim engil qumli loylar uchun (70...150)104 Pa, o‘rtacha qumli loylar uchun (150...400)104, og‘ir qumli loylar uchun (300...600)104 Pa bo‘lishi lozim.
Solishtirma bosim xamda shibbalashning eng katta chuqurligi shibbalovchi mashinalarning texnik tavsifida ko‘rsatiladi. Muayyan gruntning mustaxkamlik chegarasi grunt laboratoriyasida tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
Gruntning namligi optimal darajadan past bo‘lsa, shibbalash faol zonasining chuqurligi WkWo baravar kamaytiriladi. Bog‘lanishli gruntlarni barcha turdagi g‘altaklar bilan, bog‘lanishsiz gruntlarni kulachokli g‘altaklardan tashqari barcha g‘altaklar bilan shibbalash mumkin. Serg‘ovak bog‘lanishsiz, yaxshi bog‘lanmagan va o‘ta nam gruntlarni chuqurlik gidrovibratorlari bilan shibbalash mumkin. Masalan, S-629 gidrovibratori bilan bunday gruntlarni 10 m gacha chuqurlikda shibbalash mumkin (10.5 (e)-rasm).
Tor joyda to‘kma og‘irligi 0,10...2 t bo‘lgan vibroplitalar yoki portlatuvchi shibbalagichlar bilan shibbalanadi. Bunda zichlash chuqurligi bir iz bo‘ylab 4-6 marta o‘tilganida 0,8 m gacha etadi.
Gruntni shibbalash to‘kma chetidan o‘rtasiga qarab, xar safar 10...15 sm kenglikdagi tasmani qoplagan xolda amalga oshiriladi.
qiyaliklarni tekislash va mustaxkamlash to‘g‘on tanasiga grunt yotqizilganidan so‘ng amalga oshiriladi. qiyaliklarni faqat ortiqcha gruntni qirqish yo‘li bilan tekislashga ruxsat etiladi (10.6-rasm).
To‘g‘on zaminidan ilgari olingan o‘simlik grunt to‘g‘onning tekislangan pastki qiyaligiga yotqiziladi va 0,15 m qalinlikda tekislanadi. To‘g‘on balandligi 10...15 m bo‘lgan xolda o‘simlik grunt odatda buldozerlar yordamida, balandroq to‘g‘onlarga – ag‘darma mashinalar, skreperlar yordamida yotqiziladi va so‘ngra buldozer, greyder yoki tekislovchi cho‘michli ekskavator bilan tekislanadi.



qo‘llanish soxasi

Bog‘lanishsiz gruntlar,
H0 = 0,13...0,25 m

Bog‘lanishli gruntlar,
H0 = 0,210...0,3 m

Xar qanday gruntlar,


H0 = 0,13...0,5 m

Xar qanday gruntlar,
H0 = 1,2 m

Bog‘lanishsiz gruntlar,
H0 = 0,4...0,6 m



qumli va lyossli yumshoq gruntlar,


H0 = 10 m







Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling