Gruntlar va ularninig xossalari Reja: Gidromeliorativ qurilishda gruntlar Gruntlar qurilish xossalari
Download 109.13 Kb.
|
Gruntlar va ularninig xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidromeliorativ qurilishda gruntlar
- Gruntlar qurilish xossalari
- Gruntlar qurilish xossalari Namlik darajasiga ko’ra, sizot suv sathidan pastda yotuvchi ho’l , nam va quruq
- Qurilishda gruntlar qurilish xossalarini hisobga olish ahamiyati
- Foydalanilgan adabiyotlar
Gruntlar va ularninig xossalari Reja:
Kirish Har qanday muhandislik inshooti o ’zining turg‘unlik holatini uzoq yillar davomida o'zgartirmay saqlashi, avvalo mustahkamlik va defomiatsiya jihatidan zamin gruntlariga qo‘yiladigan talablar bilan belgilanadi. Ushbu talablami bajarilmasligi bilan bogiiq bo’lgan inshootning buzilishi, egilishi, buralishi clio‘kishi va shunga o‘xshash noxush holatlar haqida tnrmushdan ko‘plab misollar keltirish nuimkin. Gidromeliorativ qurilishda gruntlar Yer ishlari deganda, yer qazish, transport va yordamchi mashinalar va mexanizmlar komplekti bilan amalga oshiriladigan gruntlarni qazish, transportda tashish va uyumga to’plash yoki sifatli to’qish ishlarining majmui tushuniladi. Gidrotexnika qurilishida tuproq ishlari quyidagilar bilan tavsiflanadi:
2) Ishlar frontining cheklanganligi. O’yilgan joylar rejada murakkab shakl va har xil chuqurlikka ega bo’ladiki, bu ish joyini tashkil etish, gruntni qazish va tashish ishlarini qiyinlashtiradi. 3) Mexanizatsiyalashtirish darajasining yuqoriligi (taxminan 98%). Gidromeliorativ qurilishda gruntlar 4) Geologik va gidrogeologik shart-sharoitlarning og’irligi. Bu shart sharoitlar qazilmalar chuqurlashishi bilan o’zgaradi, bu esa ishlar va mexanizatsiyani o’zgartirishni taqozo etadi. 5) Tuproqdan qurilayotgan inshootlarning sifatiga yuksak talablar qo’yilishi. 6) Ba’zan to’siqlar ortida qazilmaga sizot suvlar muttasil oqib turgan sharoitda amalga oshirilishi. Bu suv ancha qimmat turadigan suv chiqarish ishlarini amalga oshirishni talab qiladi. 7) Joylashtirilishi. 8) Tuproq massalarining muvozanatiga erishish zarurligi. Gruntlar qurilish xossalari Gruntlarning qurilishga oid hossalari inshootning tuzilishini, uni qurish usulini va buning uchun qo’llaniladigan mashinalarni belgilaydi. Yumshoq gruntlarga barcha sochiluvchan va loyli gruntlar, lyoss va torf gruntlari kiradi. Ular ayrim zarralarining qayishuvchanlik darajasi pastligi bilan tavsiflanadi. Qattiq gruntlarga o’ta qayishuvchan va mustahkam qoyatosh va yarim qoyatosh gruntlari kiradi. Gruntlar shartli ravishda ikki guruhga bo’linadi: Yumshoq Qattiq Gruntlar qurilish xossalari Namlik darajasiga ko’ra, sizot suv sathidan pastda yotuvchi ho’l, nam va quruq gruntlar farqlanadi. Gruntlarning dastlabki va qoldiq yumshashi farqlanadi.
Gruntlar qurilish xossalari Yumshoq gruntlar va qoyatosh gruntlarining (portlashdan keyingi) yumshash kattaligi 1-jadvaldan olinishi mumkin. Gruntning zich holatida qazilgan grunt hajmi dastlabki yumshash ko’rsatkichlariga ko’ra aniqlanadi. Qurilishda gruntlar qurilish xossalarini hisobga olish ahamiyati Bikr bogianish kuchi eg gruntga qattiqlik xususiyatini bag’ishlaydi. Kuchning bunday turi jism zarralarini o'zaro jipslashtirishda jadallik ko‘rsatuvchi qattiq holatdagi boglovchi moddalar tufayli vujudga keladi. Bikr bog‘lanish kuchi. asosan, qoya gruntlariga xosdir. Bunday bogianishlik ular tarkibidagi elektr xususiyatli ion bogianishlar evaziga ro‘y beradi (N. N. Maslov, 1949 y). Olimlaming fikricha, qoya gruntlardagi bikr bogianishlar tog‘ jinslari paydo boigandan keyingi jarayonda shakllanadi. O’ta yuqori bosim va harorat ostida moddalaming o'zaro siqilib, ezilib va yopishib qotishi bu jarayonlaming negizini tashkil etadi. Qurilishda gruntlar qurilish xossalarini hisobga olish ahamiyati Bunday gruntlaming (shag‘al, tosh, qum va b.) mustahkamligi haqida so‘z yuritilsa, avvalo ulaming siljishga qarshiligi ichki ishqalanish kuchlariga bog’liq ekanligini etirof etmoq lozim. Shu bilan birga ulaming zich holatida bikr bog’lanish kuchining ahamiyati ham sezilarli. Demak, sochiluvchan gruntlaming siljishga qarshiligi ulaming zichlik (g'ovaklik) ko‘rsatkichi n ga bog’liq ekan. Zichlik ortib borgan sari bunday gruntlaming mustahkamligi hamma vaqt ortib boradi. Sochiluvchan gruntlar mustahkamligi ulaming namlik darajasiga deyarli bog’liq emas. Xulosa Tashqi yuk ta’siriáa grunt zarralarining o‘zaro siljishi, surilislii va yanada yaqinroq joylashuvi natijasida ular orasidagi g’ovaklik kamayib grunt ziclilanadi. Gruntlaming ziclüashuvi asosan g'ovaklar hajmini kamayishi hisobiga yuz berishi ko’plab tajribalar asosida kuzatilgan. Shu hilan birga grunt tarkibidagi zarralar va suvni amalda siqilmaydi deb hisoblash mumkin. Bunday fikrlash amaliyotda katta hatolikka olib bormaydi, chunki bir kvadrat santimetr yuzaga 50 - 60 kN bosun (6 - 8 qavatli bino og’irligi) ta’sir ettirib o’tkazilgan tajribalar grunt zarralari va suvning siqilishi bir foizdan oshmasligiru ko‘rsatadi. Shunday qilib, gruntning zichlanishi haqida so‘z yuritilganda, uning g’ovaklari xajmining qisqarishi hisobiga yuz beradigan siqilishi jarayoni nazarda tutiladi. Foydalanilgan adabiyotlar
Download 109.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling