Laboratoriya ishi № Mavzu: Bitumning yumshash haroratini aniqlash. Kerakli jihozlar
Download 110.36 Kb. Pdf ko'rish
|
4- Bitumning yumshash haroratini aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.-rasm. Xalqa va shar asbobi
- Sinovga tayyorlash
Laboratoriya ishi № 4. Mavzu: Bitumning yumshash haroratini aniqlash. Kerakli jihozlar: “Xalqa va shar” asbobi, 4 ta xalqa, 4 shar, termometr, sekundomer, shisha yoki metall plastinkalar, pichoq, stakan, glitserin, dekstrin, pintset, distillangan suv, isitish manbai (elektr plita yoki gaz gorelkasi), 0.7 mm li elak. 2.1.-rasm. Xalqa va shar asbobi 1 – shisha idish; 2 – pastki plastinka; 3 – ustki plastinka; 4 – qopqoq; 5 – termometr; 6 – sterjen; a – umumiy ko’rinish; b – tajriba oldidan bitum surtilgan po’lat xalqa ustiga o’rnatilgan po’lat shar; v – tajriba so’ngida yuqori harorat ostida po’lat xalqa ichidagi bitum ustiga o’rnatilgan po’lat shar og’irligi ostida erib tushishi. Sinovga tayyorlash: Bitum +150 0 S haroratda qizdirib, doimiy ravishda aralashtirib turish yo’li bilan suvsizlantiriladi. So’ngra №0,7 mm elakdan o’tkaziladi, havo pufakchalari yo’qolguncha aralashtiriladi. SHisha yoki metall plastinka ustiga 4 ta xalqa o’rnatiladi. Plastinka yuzasiga va xalqalarning ichki yuzasiga glitserin + dekstrin (3:1) aralashmasi suriladi. So’ngra xalqalarning ichiga bitum quyiladi va xona haroratigacha, ya’ni 25 ºS gacha sovutiladi. Xalqalardagi bitumlar sovugandan so’ng xalqa qirrasi bo’ylab issiq pichoq bilan qirqib tekislanadi va 10 minut davomida suvli idishga solib harorti +5 ºS gacha yana sovutiladi. Sinov o’tkazish: Bitumli xalkalar asbobning maxsus shtativiga o’rnatiladi, xalqadagi bitum o’rtasiga po’lat sharlar o’rnatiladi. Termometr asbobning maxsus joyiga xalqalardagi bitumning tag yuzasi bilan barobar tarzdao’rnatiladi. Ishchi holatga keltirilgan asbob harorati +5 ºS bo’lgan distillangan suv quyilgan stakanga tushiriladi, bunda stakandagi suvning balandligi 76 mm.dan kam bo’lmasligi kerak. So’ngra stakanni isitish manbaiga qo’yib harorat minutiga +5 ºS dan oshirib boriladi. Buning natijasida bitum yumshab boraveradi va sharlar o’z og’irligining bosimi ostida bitumdan o’tib asbobning nazorat diskiga borib tushadi. Ushbu vaqtdagi harorat bitumning yumshash harorati deb qabul qilinadi. Bitumning yumshash harorati sifatida sharlarning nazorat diskiga tekkandagi haroratlarining o’rtacha qiymati qabul qilinadi. Bitumni yumshash harorati____________ ºS ga teng. Download 110.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling