«yurisprudensiya»


Suv resurslarini huquqiy muhofaza qilishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.39 Mb.
bet27/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. Suv resurslarini huquqiy muhofaza qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiatning barcha boyliklari qatori, suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj benihoya katta. Kelajak avlodimizning sog‘ligi obi-hayotimiz bilan bog‘liq ekan, demak qabul qilinayotgan suv to‘g‘risidagi qonun, qaror va farmonlar suv boyliklaridan oqilona foydalanish, muhofaza qilish, uni bulg‘anish va ifloslanish hamda kamayib ketishidan saqlash ishiga ko‘maklashishi lozim.
Respublikamizda iste’mol qilinayotgan suv miqdorining 95 foizi daryo va soylardan olinadi. Suvni iste’molchilarga o‘z vaqtida va kerakli miqdorda yetkazib berish maqsadida ko‘plab kanal, zovur, gidrouzel, gidortexnika inshootlari, suv omborlari, doimiy nasos stansiyalari qurilgan. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan dehqonchilikka asoslangan. Suv xo‘jaligiga umumiy suv sarfi sekundiga 2500 kub metrdan ortiq bo‘lgan 75 yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 milliard kubmetr bo‘lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 32, 4 ming kilometr xo‘jaliklaro kollektorlar bor. Suv inshootlarini ishlatish va yerlarning miliorativ holatini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari bajaradi.
O‘zbekiston hududini kesib o‘tuvchi eng katta suv arteriyalari bo‘lmish Sirdaryo va Amudaryo hamda ularning irmoqlari O‘zbekistondan tashqarida boshlanadi. Norin, qoradaryo, Sux, Chirchiq, Zaravshon, Surxandaryo, qashqadaryo, Sheroboddaryo O‘zbekistonning yirik daryolari hisoblanadi. Ularning ko‘pchiligi faqat o‘rta va quyi oqimida O‘zbekiston hududidan o‘tadi. Sirdaryo havzasining suv yig‘ish maydonida 38 kub kilometr suv to‘planadi, uning faqat 10 foizi O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladi. Amudaryoning suv yig‘ish maydonidan to‘plangan 79 kub kilometr suvning esa faqat 8 foizi O‘zbekistonga tegishli.
O‘rta Osiyodagi muzliklarning asosiy qismi O‘zbekiston hududidan tashqarida joylashgan. O‘zbekitondagi daryolarga suv beruvchi muzliklarda tabiiy suvning katta zahirasi bor. Daryolar suv manbaining miqdori yil fasllariga qarib (bahor yoki yozda) o‘zgarib turadi. Daryolarda bahor va yoz oylarida yillik suv hajmining 70-95 foizi oqib o‘tadi. Yog‘in bo‘g‘lanishga nisbatan ko‘p bo‘lgan tog‘ cho‘qqilarida muzliklar vujudga kelgan. Piskom daryosi havzasidan muzlikning quyi chegarasi hiyla pastda (o‘rtacha 3420 metr balandlikda). Bunday muzliklarning daryolarga suv yig‘ilishida ishtiroki katta. Muzliklarning ayrimlari nisbatan ancha katta o‘lchamli (Archaboshi muzligi 25,4 kvadrat kilometr). Daryolardan tog‘lardan tekisliklikka chiqqach, suvi sug‘orishga olinishi, ekinzorlardan qayta daryoga kelib qo‘yilishi va suv omborlari vositasida tartibga solib turilishi natijasida ularning tabiiy yo‘nalishi o‘zgaradi.
Baland tog‘ tepaliklaridagi kichik daryolarning suvida aralashmalar nihotda kam. Chirchiqning Chiralma irmog‘ida loyqa miqdori 3000 kg kubmetrgacha yetadi. Farg‘ona vodiysiga Oloy va Turkiston tog‘ tizmalaridan oqib tushuvchi daryolar suvi loyqaligi tog‘ tepaligi 50-300 kg kubmetr, quyi zonalarida 1000-1500 kg kub-metr. Sel oqimlari esa loyqa 200 kg kubmetrga yetadi.
Shuningdek, O‘zbekistonda jami 250 ga yaqin katta-kichik ko‘l mavjud. Amudaryo deltasidagi eng katta ko‘l Sudoche ko‘lidir. O‘zbekiston ko‘llarining aksari qismi tog‘larda, 2000-3000 metr balandlikda joylashgan.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bir qancha suv omborlari qurildi. Ular asosan irrigatsiya maqsadlari uchun mo‘ljallangan. Suv omborlarining hajmi ularga suv beruvchi daryolar rejimi va suv-xo‘jalik maqsadlari bilan bog‘liq. Suv omborlaridagi suv miqdori O‘zbekistonning tabiiy suv havzalaridagi suv hajmidan ko‘p marta ortiq.
O‘zbekistonning qurg‘oqchil kontinental iqlimli, cho‘l, chalacho‘l va tog‘ dashtlari ustun turuvchi sharoitida suv muammosi hamisha eng jiddiy muammo bo‘lib kelgan. So‘nggi o‘n yilliklarda yangi-yangi cho‘l massivlarining dehqonchilik uchun o‘zlashtirilishi, mavjud ekin maydonlarining muttasil kengayishi, yangi-yangi suv omborlari va kanallar qurilishi, shaharlar bunyod etilishi munosabati bilan oqar suvlar tobora taqchilligining vujudga kelishi hamda ifloslanishi ko‘plab jiddiy iqtisodiy-ijtimoiy va ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Xususan yer osti suvlarini muhofaza qilishda jiddiy muammolar mavjud. Masalan, Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida sizot suvlari yuzasi 3 millimetrli neft pardasi bilan qoplangan. Bu hol toza ichimlik va texnologik suv ta’minoti uchun jiddiy havfdir.
Kollektor – zovur shaxobchalaridagi ifloslangan suvlarning sho‘rlik va minerallashganlik darajasi Orol bo‘yi, Buxoro vohasi, Mirzacho‘l va Farg‘ona vohasidagi tabiiy-ekologik jihatdan yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan darajadan 3-5 baravar ortiqligi aniqlangan. Og‘ir metallar konsentratsiyasi Chirchiqning Salorga qo‘yilish joyi etagida me’yoridan 10-15 baravar ortiq bo‘lib, ayrim vaqtlarda bu ko‘rsatkich 40-50 ga yetadi.
Yuqoridagi iqtisodiy tahlil va suvdan foydalanish resurslari holati shuni ko‘rsatmoqdagi, mamlakatimizda suv alohida xususiyatga ega bo‘lib, u huquqiy muhofazaga muhtoj.
Suv tabiiy resurs sifatida bir qator xususiyatlarga ega, birinchidan, u deyarli ko‘p hollarda bir marta foydalanadi; ikkinchidan, suvning tabiiy saqlanishi, boshqa tabiat boyliklarini ham mutanosiblikda bo‘lishiga asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Uchinchidan, suvni sifatini normal bo‘lishini ta’minlash, barcha tabiat boyliklari va tirik mavjudot hayotini saqlaydi; to‘rtinchidan, suvni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish yer, o‘rmon, hayvonot, o‘simliklar dunyosi muhofazasiga ham xizmat qiladi.
Shunday ekan, suv resurslaridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish har xil vosita va usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Ana shunday usullardan biri suv manbalarini huquqiy muhofaza qilishdir, ya’ni suv resurslarini qonun va boshqa huquqiy normalari yordamida, uni tozaligini ta’minlash, ifloslanishdan saqlash, foydalanish rejimi (tartibi)ni talab darajasida ta’minlash hamda suv resurslari mavjud manbalarni saqlash yoki ularni yomon holatdan himoya qilish shular jumlasidandir.
Suvni muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» gi qonunining 97-102-moddalari bilan tartibga solinadi.
Ushbu qonunda suvni huquqiy muhofaza qilish masalasi yetarlicha o‘z ifodasini topmagan bo‘lsa-da, ammo uning ayrim chora-tadbirlari ustida to‘xtab o‘tilgan.
Jumladan, qonunning 99-moddasida quyidagilar taqiqlanadi:
-ishlab chiqarish chiqitlari, maishiy va boshqa xil chiqitlar hamda chiqindilarni suv obyektlariga tashlash;
-moylarning, yog‘ochlarning, kimyoviy va neft mahsulotlarining to‘kilib-sochilishi natijasida suvni bulg‘atish va ifloslantirish;
-suv havzalarining yuzi, suv havzalarini qoplab turgan yaxlar va muz-liklarning yuzasi, sanoat chiqitlari, maishiy chiqindi va boshqa tashlandiq chiqitlar, shuningdek yer usti va yer osti suvlarining sifatini yomonlashtirib yuboradigan neft va kimyoviy mahsulotlar bilan bulg‘atish va ifloslantirish;
-suvni o‘g‘itlar va zaharli ximikatlar bilan bulg‘atish.
Ushbu qonunning 101-moddasida, yer osti suvlarini muhofaza qilish tartibi ifodalangan.
Yer osti suvlari chiqarish va undan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi idoralar suv chiqarilayotgan uchastka va unga tutash hududlarda yer osti suvlariga doir rejimlariga rioya etilishini kuzatib borishlari, shuningdek, foydalanayotgan suvning miqdori va sifatini hisobini yuritishlari shart.
Basharti, foydalali qazilmalar konlarini qidirish, ularni o‘rganish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq burg‘ilash hamda boshqa kon-qidiruv ishlarini bajarish chog‘ida yer osti suvlari bor qatlamlar aniqlangan taqdirda, bu haqda tabiatni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi organlariga ma’lum qilinishi hamda belgilangan tartibda yer osti suvlarini muhofvza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim. Basharti, sanoat oqindi suvlarini oqizish uchun qaziladigan quduqlar suvli qatlamlarni ifloslantirish manbaiga aylanishi mumkin bo‘lsa, bunday quduqlar qazish hollari man etiladi.
O‘z-o‘zidan suv chiqarib, suvi foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan quduqlarga suvni boshqarish uskunalari o‘rnatilishi, ular qonunlarda belgilangan tartibda to‘xtalib qo‘yilishi yoki tugatilishi lozim.
Sifatli yer osti suvlari to‘planadigan manbalar tegrasida kattiq va suyuq chiqindilar to‘plash, axlatxonalar barpo etish, yer osti suvlarining ifloslanish manbaiga aylanish ehtimoli bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jalik ob’eklari va boshqa obyektlar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yer osti suvlarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rish, shu jumladan quduqlarni kuzatish tarmog‘ini yaratish faoliyati yer osti suvlarining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. qonunning 102-moddasida qo‘yidagilar ta’kidladlanadi.
Xo‘jalik faoliyati kichik daryolarning holati va rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda suvni, uning musaffoligi va sifatini saqlash chora-tadbirlarini ko‘rishlari lozim.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, suvni huquqiy muhofaza qilish, suv huquqi normalari bilan hamda boshqa huquq normalari bilan ham tartibga solinadi.
Suvni muhofaza qilish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (50-54-55 moddalari) «Tabiatni muhofaza qilish», «O‘rmon to‘g‘risida»gi, «Yer kodeksi», «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi, «Ekologik ekspertiza», «Chiqindilar to‘g‘risida»gi, «Sanitariya to‘g‘risida»gi qonunlar hamda Mehnat, Fuqarolik, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar bilan tartibga solinadi.
Bulardan tashqari, suv foydalanish maqsadiga qarab, «Fermer xo‘jaligi»; «Dehqon xo‘jaligi», «qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi qonunlari bilan ham tartibga solinishi mumkin.
Suvni huquqiy muhofaza to‘g‘risida gapirganda «Suv muhofazasi», «Suvni huquqiy muhofaza qilish», «Suvdan foydalanish huquqini himoya etish» kabi tushunchalar ma’nosini to‘g‘ri tushunish va farqlash lozim.
Suv muhofazasi – bu «Suv resurslari va manbalarini muhofaza qilish tushunchasiga nisbatan keng bo‘lib, u o‘zida suvni muhofaza qilish jarayonida barcha tabiat boyliklarini ham saqlash, tiklash va ulardan foydalanishda sanitariya biologik va ekologik talablarga rioya qilish jarayonida suvni muhofaza qilishni talab etadi».
«Suvni huquqiy muhofaza qilish» jarayoni esa, tabiatni muhofaz qilish, suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun talablariga asosan, suv manbalaridan oqilona foydalanish, uni tabiiy xossasini saqlash, ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik, hamda suv resurslarini, manbalarini muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda, suv, sanitariya to‘g‘risidagi qonun talablarini buzilishiga qarshi kurashish, suvdan foydalanish va uning muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish bilan bog‘liq va boshqa holatlarni o‘z ichiga oladi.
«Suvdan foydalanish huquqini himoya qilish» deganda esa, suvdan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya etish, ya’ni suvdan foydalanuvchilarning suv munosabatlari bo‘yicha subyektiv huquq vakolatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilishni bartaraf etishga qaratilgan huquqiy-ekologik normalar yig‘indisi tushuniladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling