2
UOʻK:
KBK
Mirusmanov M.A. “Foydali qazilma konlarini
qidirish va razvedka
qilish asoslari” ma’ruzalar matni. – Toshkent: ToshDTU, 2018. – 144 b.
Ushbu ma’ruzalar matni Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan tasdiqlangan fan dasturi asosida yozilgan.
Ushbu dasturga
mos tarzda barcha mavzular yettita modulga jamlangan. Birinchi
modulda foydali qazilma konlarini qidirish
va razvedka qilishning
nazariy asoslari haqida umumiy tushunchalar berilgan. Ikkinchi modul
foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka
qilishning geologik
asoslariga bagʻishlangan boʻlib, asosiy e’tibor qidirish mezonlariga
qaratilgan. Uchinchi modulda foydali qazilma konlarini qidirish belgilari
yoritilgan. Foydali qazilma konlarini
qidirish va razvedka qilish
usullariga bagʻishlangan mavzular toʻrtinchi modulga jamlangan.
Beshinchi modul foydali qazilmalarni namunalash boʻyicha beshta
mavzudan iborat. Oltinchi va yettinchi
modullarda foydali qazilma
konlarini razvedka qilish va ularni geologik-iqtisodiy baholash boʻyicha
mavzular yoritilgan. Ushbu qoʻllanma geologiya va konchilik
yoʻnalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun moʻljallangan boʻlib,
undan geologiya-qidiruv va konchilik korxonalarida
ishlaydigan yosh
mutaxassislar ham foydalanishi mumkin.
Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy-uslubiy Kengashi
tomonidan chop etishga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar: Isaxodjayev B.A. – Geologiya-mineralogiya
fanlari
doktori, professor.
Mirxodjayev B.I. – Geologiya-mineralogiya fanlari
nomzodi, dotsent.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2018