Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti


Ikkinchi masala formasini shakllantirish va masalani hal qilish


Download 98.61 Kb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi98.61 Kb.
#1596985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
HasanGaniev

3. Ikkinchi masala formasini shakllantirish va masalani hal qilish



3.1. Ikkinchi masala uchun formani (oynani) shakllantirish
Endi ikkinchi masala uchun ham loyihamizga yangi forma qo’shamiz. Birinchi masala uchun formani qanday tartibda (ya’ni qanday usulda) yaratgan bo’lsak, ikkinchi masala uchun ham shu usuldan foydalanishimiz mumkin. Birinchi masala uchun formani shakllantirish yetarlicha batafsil ko’rib chiqilgani bois, ikkinchi masala formasini yaratish tafsilotlariga to’xtalib o’tirmaymiz, formaning oxirgi ko’rinishini keltirish bilan kifoyalanamiz:

Foydalanuvchi HISOBLASH tugmasini bosganida ishga tushadigan metodni yozishdan oldin, berilgan funktsiyani hisoblash algoritmini blok-sxema shaklida ifoda etishimiz darkor.


3.2. Ikkinchi masalani yechishning blok-sxemasi
Berilgan funktsiyani hisoblashning blok-sxemasi quyidagidan iboratdir:


3.2. Funktsiyaning qiymatini hisoblovchi kod yozish
Funktsiyani hisoblashning blok-sxemasiga asoslangan holda kod yozish uchun ikkinchi masala formasidagiu HISOBLASH tugmasini SharpDevelop muhitida sichqoncha bilan 2 marta bossak, muhit bizga kod yozilishi lozim bo’lgan quyidagi joyni taklif etadi. Ko’rinib turibdiki, bizga loyihamizga kiritilgan uchinchi formaga mos keluvchi Form2 sinfi metodini yozish taklif qilinmoqda:

Taklif etilgan joyga yuqoridagi blok-sxemada ifoda etilgan algoritmga ko’ra kod yozamiz:

Bu masalada berilgan matematik funktsiyalarni hisoblash uchun biz C# dasturlash muhitining tayyor Math sinfining tegishli funktsiyalaridan foydalandik.
Endi, birinchi masalani hal qilishda bo’lgani kabi, SharpDevelop muhitida loyihamizning bosh formasiga o’tib, undagi Ikkinchi masalani hal qilish tugmasini 2 marta sichqoncha bilan bosib, taklif qilingan joyga kod yozamiz va ushbu manzaraga ega bo’lamiz:

Dasturimizni shu bosqichda SharpDevelop muhitida ishga tushirib, sinab ko’rishimiz mumkin:

Funktsiyamiz argumentlariga turli qiymatlar berib, hisoblashlar to’g’ri amalga oshirilayotganiga ishonxch hosil qilishimiz mumkin. Xususan, agar a argumentga {1,2,3,4,5} to’plamga tegishli bo’lmagan butun qiymat bersak, funktsiya qiymatlari aks etadigan maydonga Funktsiya aniqlanmagan degan yozuv chiqarilayotgani ham ko’rinib turibdi, chunki a = 7 da funktsiya chindan ham aniqlanmagan:



Download 98.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling