Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)
Sheksprizmlar
Ingliz tilining lug`at tarkibini boyitishda Uillyam Shekspir yaratgan frazeologizmlar soniga ko`ra “Bibliya” dan so`ng ikkinchi o`rinni egallaydi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra ularning soni 105 taga yetgan. [89;20] Ko`plab sheksprizmlar Shekspir asarlarida bir marta uchraydi va ularning shakllari shunday qotib qolgan. Quyida keng tarqalgan frazeologizmlarning bir nechtasini keltiramiz: The be-all and end-all - hayotni to`ldiradigan narsa, hayotdagi barcha narsa. Cakes and ale [114;174] - (s.s.) pirojnoye va pivo ; tashvishsiz quvonch, hayotdan zavqlanmoq. Eat somebody out of house and home [101;121] - insonni uning hisobidan yashab inqirozga uchratmoq; tekintomoq, tekinxo`r. A fool`s paradise [111;141] - hayoldagi baxt, hayolot dunyosi. Gild refined gold [103;143] - oltinga yana oltin suv yuritmoq; biror narsani chiroyli, yaxshiroq qilishga harakat qilmoq, garchi u busiz ham yaxshi bo`lsada. Give the devil his due [102;132] - dushmanga tan bermoq. The green-eyed monster [110;130] - (k.u.) yashil ko`zli berahm odam; rashkchi. Have an itching palm [100;110] - poraxo`rlik qilmoq; tamagir va qurumsoq. Lay it on with a trowel – bo`rttirib maqtamoq, haddan tashqari maqtamoq, maqtovni haddan oshirib yubormoq, yolg`ondakam tilyog`lamalik qilmoq. Ibora Shekspir tomonidan majhul nisbatdagi fe`l bilan ishlatilgan:
Hozirda esa bufrazeologik birikmaning fe`li aniq nisbatda ishlatiladi. She continued to flatter him … . She got a little private amusement by seeing how much he should swallow. She laid it on with a trowel.[114;54] Midsummer madness [114;63] - telba bo`lib qolish, haqiqiy jinnilik. The milk of human kindness [107;187] - (ir.; haz.) dimog`i chog`lik malhami. More sinned against than sinning [104;154] - nohaq xafa bo`lgan odam. The observed of all observes [99;81] - hammaning diqqat markazi.
40
Our withers are unwrung [99;81] - ayblov bizga tegishli emas. The primrose path of dalliance [99;90] - zavqlanish usuli (yo`li). The seamy side [106;176] - hunuk taraf, biror narsaning teskarisi. Thet`s flat [106;36] - hal qiluvchi, uzil-kesil, qisqa va lo`nda. To one`s heart`s content [108;198] - xohlagancha, istagancha, to`yguncha. To the manner born [99;117] - yoshligidan odatlanish, tug`ma. A triton among the minnows [98;268] - zaiflar orasidagi buyuk namoyonda. Wear one`s heart upon one`s sleeve for daws to peck at [110;130] - o`z hissiyotlarini tomoshaga qo`ymoq; oqko`ngil odam. Zamonaviy ingliz tilida bu ibora odatda qisqartirilgan holatda qo`llaniladi: wear one`s heart upon one`s sleeve.
o`zlari xohlagan narsaga to`la ishonishadi. Shekspirgacha mavjud ba`zi iboralarning yoyilishi uning asarlarining mashxurligi bilan bog`liq bo`lgan. Shunday iboralardan ba`zilari quyidagilar: Care killed a cat [109;209] - g`am-tashvishlar yaxshilikka olib bormaydi = ish emas tashvish qaritar. Inglizlar mushuklarning o`nta joni borligiga ishonishadi. Keyinchalik bu iboraning o`xshashi bo`lgan curiosity killed a cat iborasi yasalgan.
Ko`chma ma`nodagi out of joint iborasi “Hamlet” dunyoga kelmasidan 187 yil oldin 1415-yilda “Katta Oksford lug`ati”da keltirib o`tilgan. E.Partrij o`zining “Dictionary of Clichees” lug`atiga keng tarqalgan shekprizmlarning 62 tasini kirgizgan. Ularning orasidan quyidagilatni topishimiz mumkin: a Daniel come to
ahmoq bo`lgan yaxshiroq. Borrowing dulls the edge of husbandry [99;107] - qarzlar xo`jayinchilikka zarar yetkazadi. By inches [98;106] - oz-ozdan, bir oz, bosqichma-bosqich, qadamma qadam. Cowards die many times before their deaths [100;108] - qo`rqoq ming marta o`ladi.
41
Lay a flattering unction to one`s soul [99;107] - yaxshi va yoqimli xayollar bilan o`zini yupatmoq. Paint the lily [103;111] - biror narsani bezash va yaxshilash kerak bo`lmasa ham uni bezashga va yaxshilashga urinmoq. Zamonaviy ingliz tilida ikki sheksprizmning kontaminatsiyasidan 8 iborat iboralar uchraydi: gild the lily kontaminatsiyasi gild refined gold va paint the lily iboralarining chatishuvidan hosil bo`lgan. [115;124] Salad days [96;105] - yoshlik – beboshlik. Single blessedness [95;103] - (haz.) bo`ydoqlik - hayotning baxtiyor onlari. Something is rotten in the state of Denmark [99;107] - ishkal. Thereby hangs a tale [112;121] – bu haqida ko`p gapirish mumkin; bu butun boshli tarix. A tower of strength [105;124] - kimningdir ishongan tog`i, suyangan bog`i bo`lishlik va boshqalar. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling