Frazeologizmlarning muhim manbasi – kasbiy muloqot hisoblanadi. Atamalardan paydo
bo`lgan ko`p sonli iboralar kasbiy muloqot me`yoridan yiroqlashib ketgan. L.P.Smitning
kitobida bu turdagi ko`plab frazeologizmlar batafsil yoritilgan, biz faqat boshqa misollar bilan
kifoyalanamiz. Ba`zi o`rinlarda biz L.P.Smitning ilmiy asarida keltirilmagan frazeologizmlarni
topib gapirmoq. Kema korpusining suvga botib turadigan joyidan pastroqda joylashgan eng zaif
38
Go by the board – ko`chib tushmoq, olib tashlanmoq; halok bo`lmoq, qulab tushmoq;
(s.s.) bort bo`ylab izg`ib yurmoq.
High and dry – falokatda; ko`pincha:
leave somebody high and dry; (s.s.) qirg`oqda –
qirg`oqqa chiqib qolgan kema haqida.
On the crest (yoki
top)
of the wave – baxt-omadning yuqori cho`qqisida; (s.s.) to`lqinning
yuqori cho`qqisida.
Plain sailing – oddiy va oson yo`l, oldinga muvaffaqiyatli siljish; hammasi yog`dek silliq
ketyapti. Agar birikma plane sailing ga o`zgartirilsa, loksodromiya
6
bo`ylab suzmoq ma`nosini
anglatadi. Har doim bir kursda ketayotgan kema loksodromiya bo`ylab harakatlaandi.
Loksodromiya bo`ylab suzish katta qiyinchilik tug`dirmaydi.
Trim one`s sails to the wind – vaziyatga qarab ish tutnoq; shamolning qayoqdan esishini
bilmoq; (s.s.) yelkanni shamol yo`nalishi bo`ylab o`rnatmoq.
When one`s ship comes home – omad kulib boqqanda, (s.s.) kema bandargohga
qaytganda va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: