Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/79
Sana09.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#263521
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79
Bog'liq
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)

Between Scylla and Charybdis – Silla va Xaribdis orasida; qiyin ahvol, chorasiz ahvol. 

Homeric laughter – qah-qah urib kulish, qattiq kulgu, qah-qaha. Ibora Gomerning boylar 

ustidan kulish bayoni bilan bog`liq. 



On the knees of the Gods – yolg`iz hudoga ayon. 

Penelope`s web – Penelopa rejalari; uzaytirish, cho`zish taktikasi. 

Winged words – barqanot iboralar, og`izdan-og`izga o`tib keng tarqalgan so`z va iboralar, 

hikmat va matallar.  




 

 

 



68 

 

 



 

Gomerning  “Illiada”sida  va  keyinchalik  Virgiliyaning  “Eneida”sida  Troyaning  jasur 

himoyachilaritarannum etilgan. Shunday iboralardan:  

Like a Trojan – mardlik, jasorat, qahramonlik. Boshqa Troya urushi bilan aloqador ibora 

quyidagicha: 



The Trojan horse – Troya oti, yashirin xavf. 

L.P.Smit o`z ilmiy asarida qadimgi yunon va rim adabiyoti bilan bog`liq qator iboralarni 

keltirgan  va  ko`p  hollarda  bu  iboralarning  mualliflarini  ko`rsatib  o`tgan.  Quyida  o`zimizning 

qo`shimchalarimiz bilan eng keng yoyilgan iboralardan bir nechtasini keltiramiz. 

Yunon tarixi va adabiyotidan olingan iboralar: 

Appeal  from  Philip  drunk  to  Philip  sober  –  o`ylamay  qabul  qilingan  qarorni  qaytadan 

ko`rib chiqishni so`ramoq. 



The  Gordian  knot  –  chigal  masala,  mushkul  ahvol:  turli  holatlarning  chigal  bog`lanishi. 

Odatda biz bu iborani quyidagi ko`rinishlarda uchratamiz: 



Cut the Gordian knot yoki cut the knot – chigal masalani yechimini topmoq; = kalavaning 

uchini topmoq. 

Quyidagi ibora Afina qonun chiqaruvchisi Solonga tegishli: 

The unwritten law – yozilmagan qonun. 

Platonning falsafiy asarlaridan keltirilgan iboralar: 



Hand on the torch – (k.u.) oqillik, bilimlar mash`ali harakatini uzatib turmoq. 

Platonic love – ilohiy ishq, sof muhabbat. 

Beg  the  question  –  (k.u.)  isbotsiz,  o`z  xulosasidan  kelib  chiqib  o`zi  istagancha 

boshlamoq.  Ibora Aristotelga tegishli; u o`z asarlarida quyidagi  yunon maqollarini ham keltirib 

o`tadi: 

One swallow does not make a summer

24

 = kuch – birlikda. 

There  is  many  a  slip  twixt  the  cup  and  the  lip  –  irg`ib  o`tmay  “xo`p”  dema,  oldindan 

hovliqma, tug`ilmagan buzoqqa qoziq qoqma. 



The smell of the lamp – (s.s.) chiroq hidi (birikmada  yozuvchi o`z asarini yozayotganda 

unga nur taratayotgan  lampadagi moy hidi haqida so`z bormoqda); zo`rma-zo`raki, sun`iy. 



Know  where  the  shoe  pinches  –  ishkallik  nimadayu,  muhtojlik  nimadaligini  bilmoq. 

Yuqoridagi iboralar Plutarxning asarlari orqali mashxur bo`lgan. 



Call  a  spade  a  spade  –  o`z  ismini  karomatli  deb  bilmoq.  Iboraning  boshlanishidan 

noto`g`ri  ekanligini  ko`rish  mumkin,  lekin  Erazm  Rotterdamsk  Plutarxning  matallarini  dalil 

                                                 

24

 Maqol Aristotelgacha uzoq vaqt davomida muomalada bo`lgan va Ezop masallaridan biriga borib taqaladi. Yunon 



tilida, shuningdek rus tilida, bu maqolda “bahor” so`zi ishlatiladi. Bu maqol boshqa tilladrda quyidagi ko`rinishlarga 

ega: 


Fr. Une hirondelle ne fait pas le printemps 

Nem. Eine Schwalbe macht noch keinen Sommer. Sommer so`zi o`rnida Frühling so`zi bo`lishi mumkin. 




 

 

 



69 

 

 



 

sifatida  keltirish  orqali  muvaffaqiyatga  erishgan.  Plutarx  iboraning  quyidagi  tarjimasidan 

foydalangan: tog`orani tog`ora demoq. 

Misr  hukmdorlaridan  biri  Ptolomey  Filadelfu  qadimgi  buyuk  matematik  Yevklidga 

geometriyani  tez  o`rganish  istagi  borligini  va  bu  istagini  Yevklid  amalga  oshirishi  kerakligini 

aytganda,  u  bunga  javoban  bizgacha  yetib  kelgan  quyidagi  ko`rinishdagi  ibora  bilan  javob 

bergan:  there is no royal road to geometry.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling