Zamon shakllari


Download 0.61 Mb.
bet9/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1597692
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
rules for all tenses (pdf.io)

difficulty – qiyinchilikka uchramoq
fun maza qilmoq, ko’ngilxushlik qilmoq trouble – muammoga uchramoq


8

Feel” haqida bilish lozim bo’lgan ayrim qoidalar


Feel fe’li quyidagi holatlarda davomli (continuous) zamonda ishlatilmaydi:

1)think bilan bir xil ma’noga ega bo’lib, deb o’ylamoq, degan fikrda bo’lmoqi kabi ma’nolarni ifodalab kelganda. Bunday gaplarda feel asosan that yoki about so’zlari bilan birga keladi. Bunday gaplarda feel fe’lini think fe’li bilan almashtirsa ham bo’ladi, ma’nosi o’zgarmaydi, faqat feel dalildan ko’ra ko’proq his-tuyguni (emotsiya) ifodalaydi.

I feel you are wrong. – Menimcha sen yanglishyapsan.

I feel that you should study more. Sen ko’proq o’qishing kerak deb o’ylayman.

How do you feel about going out tonight? Bugun kechqurun ko’chaga chiqishga nima deysan?

2)sense so’zi bilan bir xil ma’noga ega bo’lib, sezmoq degan ma’noni ifodalab kelganda. Dont you feel the house shaking?Uy qimirlayotganini sezmayapsanmi?
3)bog’lovchi so’z sifatida kelganida. Bunda xuddi to be kabi ishlatiladi va tuyulmoq deb tarjima qilish ham yoki umuman tarjima qilmaslik ham mumkin.


The water feels cold. (=The water is cold.) – Suv sovuq. (Suv sovuq tuyulyapti)

Feel quyidagi holatlarda davomli (continuous) zamonda ishlatilishi mumkin:

1) biror narsani bilish, o’rganish maqsadida ushlab ko’rmoq (= touch) degan ma’noda kelganda.

The doctor is feeling her pulse. Doktor uning pulsini (tomir urishi) koryapti (ushlab ko’rib tekshiryapti). She is feeling her son’s forehead.U o’g’lining peshonasini ushlab ko’ryapti (issig’i bormi, yo’qmi deb).
2)biror narsani topish maqsadida ushlab ko’rmoq, paypaslamoq (= touch) degan ma’noda kelganda. He is feeling the keyhole in the dark. U qorong’uda kalit teshigini paypaslayapti.
3)kishilarning jismoniy, aqliy va ruhiy holatini ifodalashda. Bunda asosan angry/pleased, happy/sad, hot/cold, tense/relaxed, nervous/confident va shu kabi boshqa sifatlar bilan ishlatiladi.


How are you feeling today? Bugun o’zingni qanday his qilyapsan?

I feel much better today. – Bugun o’zimni ancha yaxshiroq his qilyapman.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling