deb ataladi. Yoriqlarning bir-biri bilan qo’shilishi va bog’lanishi sababli bulardagi suv, grun
suvlaridan farqli o’laroq, xar tarafga oqishi, pastga oqishi yoki yuqoriga ko’tarilishi mumkin.
Yer ostida hosil bo’lgan bo’shliq - karstlardagi suvlar karst suvlari deyiladi. Bu suvlar tog’
jinslarida gorizontal va vertikal yunalishda xarakat qilib, tutash oqimlar hosil qiladi. Karst suvlari
yuzaki suvlar bilan o’ziga xos aloqasi bilan ajralib turadi. Ko’p xollarda yuzaki suvlar o’z xarakati
davomida karst rivojlangan maydonlarga kelib, yer ostiga singib ketadi, so’ngra tog’-
yonbag’irliklaridan, daryo qirg’oqlaridan mo’l suvli buloqlar tarzida yer yuzasiga chiqadi. (4-rasm).
4-rasm. Tinch buloqlar. 1 - yoriq suvlari; 2 - karst suvlari.
Karst suvlarining satxi va sarfi keskin o’zgarib turadi. Yer yuzasida karst bo’shliqlari ko’p
bo’lsa, suvning yutilishi ko’payib va tezlashib ketadi. Natijada karst rayonlaridagi buloqlarning suv
sarfi va suv toshqini yoki ko’p yomg’ir yog’ishi bilan tez ko’payadi va aksincha.