Zbekiston respu blikasi xalq
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
giologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
O’zlashtirish savollari
1. Yer osti suvlari joylashishiga qarab qanaqangi turkumlarga ajratiladi? 2. Yer osti suvlarining tuyinish soxalarini aytib bering. 3. Muzlik yotqiziklari qaysi yo’l bilan hosil bo’ladi.
MA'RUZA № 10 CHO’KINDI TOG’ JINSLARI. Reja 1. Cho’kindi tog’ jinslarining hosil bo’lish jarayoni. 2. Cho’kindi tog’ jinslarining turlari. 3. Cho’kindi tog’ jinslariga mansub bo’lgan menerallar va konlar. 4. Cho’kindi tog’ jinslarining insoniyat rivojlanishidagi o’rni.
dengiz, ko’l, muz, qatlam, mexanik, kimyoviy, organic, gil, qum, slyuda, kvarts, changsimon, lyoss, serg’ovak, gips, xemogen, tuf, chaqiq, tsement, temir, fosfat, ferrolit, qumtosh, kremniy, deatomit, aromatic. Cho’kindi tog’ jinslari yer yuzasining deyarli xamma yerida tarqalgan. Cho’kindi jinslarning paydo bo’lishi va o’zgarishi turli termodinamik, fizik va kimyoviy sharoitlar bilan bog’liq bo’lib, ma'lum qonuniyatga bo’ysinadi. Cho’kindi tog’ jinslari o‘simlik va organizm qoldiqlaridan shuningdek o’zidan oldin paydo bo’lgan magmati va metamorfik jinslarning yemirilishidan hosil bo’ladi. Hosil bo’lish sharoitiga qarab cho’kindi jinslar dengiz, ko’l, daryo, shamol, muz va morena yotqiziqlariga bo’linadi. Qurik iqlimli sharoitda hosil bo’lgan jinslar kontinental yotkiziklar deb ataladi. Ularning hosil bo’lishida shamol, oqar suvlar va muz suvlarining roli juda kattadir. Atmosfera yog’inlari ta'sirida nuragan jinslar shamol va oqar suvlar bilan birga oqib borib, relyefning pastkam joylarida to’planadi va cho’kindilar hosil qiladi. Kontinental cho’kindi jinslar hosil bo’lishi sharoitiga qarab elyuvial, delyuvial, prolyuvial, alyuvial va eol yotqiziqlariga bo’linadi. Suv xavzalarida suvda erigan mineral moddalarning cho’kishidan kimyoviy, xayvonot va o’simlik qoldiqlarining to’planishidan esa organogen cho’kindi jinslar hosil bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslar yer po’stining eng ustki qatlamlarini tashkil qilib, butun yerdagi tog’ jinslarning atiga 5% ni tashkil etadi. Shunga qaramay bu jinslar yer yuzasining 75% maydonini ishg’ol qilib yotadi.
Cho’kindi tog’ jinslarining asosiy belgilaridan biri ularning qatlam-qatlam bo’lib asosan, gorizontal xolatda yotishidir. Ayrim qatlamlar bir-biridan rangi, tarkibi va xossalari bilan farq qiladi. Cho’kindi jinslar segovak bo’ladi va ularning tarkibida toshqotgan organik qoldiqlarni uchratish mumkin. Cho’kindi tog’ jinslari paydo bo’lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq qilib, uchta asosiy guruxga bo’linadi: 1. Mexanik. 2. Kimyoviy. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling