Tsementlangan cho’kindi jinslar. Tabiatda chaqiq yumshoq jinslar faqat qatlamlanib,
zichlashib tarqalmasdan, balki yer ostida siljiyotgan suvlar eritib olib kelgan oxak, magniy, temir,
kremniy va gil moddalar ta'sirida tsementlanishi xam mumkin. Bu xolda moddalar yumshoq jinslar
oralariga kirib cho’kishi, natijasida jins zarrachalarini bir-biriga biriktirib tsementlaydi. Natijada
konglomerat (shagaltosh), brekchiya (qirrali tosh), qumtosh, alevrolit, argillit va boshqa jinslar hosil
bo’ladi.
Konglomyerat (shag’altosh) - silliqlangan shag’al, brekchiya - qirrali (sheben) jinslarining
temir, fosfor, oxak, kremniy yoki gilli moddalar bilan tsementlanib birikishidan hosil bo’ladi.
Xajmiy og’irligi 1500 - 2900 kgG`m3. Mustaxkamligi 5 dan 160 MPa gacha.
Qumtoshlar qumlarning tsementlanishi natijasida paydo bo’ladi. Ayniqsa, kremniy oksidi
yordamida birikkan, tsyementlangan qumtoshlar mustaxkam va nurash jarayoniga chidamli bo’ladi.
Xajmiy ogirligi 1800 - 2500 kgG`m3, mustaxkamligi 5...200 MPa.
Alyevrolitlar qumoq tuproqning tsementlanishidan hosil bo’ladi. Alevrolitlar jichlashgan jins
bo’lib, suvda ivimaydi va o’z xossalariga ko’ra qumtoshlarga yaqin turadi.
Argillitlar - tsementlangan gil tuproq bo’lib, suvda ivimaydi. Tsementlanish va yangi jins hosil
bo’lish jarayonida birlamchi gilli moddalarning bir qismi xlorit, muskovit va boshqa minerallarga
aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |