Zbekiston respu blikasi xalq


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/119
Sana01.11.2021
Hajmi0.87 Mb.
#170132
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119
Bog'liq
giologiya

 

MA'RUZA № 21 

 

QIDIRISH VA RAZVEDKA QILISHNING GEOLOGIK XUJJATLASHTIRISH 

 

Mufassal  geologik  ishlar foydali qazilmalarni qidirish va razvedka uchun  tanlangan maydonda 

bajariladi.  Dastlabki  bosqichda  to’plangan  ma'lumotlar,  ya'ni  qidiruv  va    razvedka  ishlari, 

labaratoriya  tekshiruvlari,  tog’ jinslarining va minerallarning xossalari va tarkibi va yer osti  va yer 

usti suvlarining  xususiyatlarini belgilovchi yangi ma'lumotlar    bilan boyitiladi. 



Qidirish  va  razvedka  ishlari  olib  borilayotgan  maydonda  foydali  qazilmaning  turiga  va 

urganilganlik  darajasiga  qarab  ma'lum  masofada  kon  laximlari  va  burg  qudug’lari  qazish  bilan 

belgilanadi.  Ularning  chuqurligi  va  joylashish  sharoitlari  maydondagi  turtlamchi  davr  yotqiziqlari 

va  foydali  qazilmaning  yotish  chuqurliklariga  bog’lik.  Xar  bir  o’tkazilgan  kon  laximida  va  burg 

quduqlarida geofizika ishlarining barcha turlari o’tkaziladi. Bundan tashqari laboratoriya sharoitida 

tekshirishlari  uchun  o’tkazilgan  razvedka  va  qidiruv  laxmlari  shuningdek  burg’  quduqlaridan 

namunalar olinadi, bu namunalarning og’irligi va o’lchamlari o’tkaziladigan laboratoriya usullariga 

bog’liq xolda belgilanadi.  

Qidiruv va razvedka ishlari olib borilayotgan maydonda geofizika ishlari tog’ jinslari va foydali 

qazilmaning  fizik  xossalariga  asoslangan  xolda  ularning  tarqalish  maydonini,  radioaktivligini, 

yotish burchaklarini yer yuzasidan turib aniqlash imkonini beradi. 

Foydali qazilma va tog’  jinslari  tarqalgan maydonlar turli  xil  uzilishlar va murakkab  geologik 

sharoitlarga  tug’ri  kelsa  yoki  daryo,  kanal,  rivojlanayotgan  jarlarni  kesib  o’tadigan  bo’lsa, 

qo’shimcha  burg’  quduqlari  yeki  shurflar  qaziladi.    Murakkab  geologik,  geomorfologik  xamda 

gidrogeologik  sharoitli  maydonlarda  esa  qidiruv  ishlari  natijasi      maxsus  tekshiruvlar  bilan 

to’ldirilib,  razvedka  va  tajriba-tadqiqot  ishlariga  keng  o’rin  beriladi.  Bunday  rayonlarga 

cho’kuvchan  less  jinslar,  surilish,  karst,  doimiy  muzlik  tarqalgan  maydonlar,  botqoq,  tuz  bosgan, 

seysmik  jixatdan  aktiv  zonalarni  kiritish  mumkin.  Masalan,  cho’kuvchan  less  tarqalgan 

maydonlarda  kushimcha  ravishda  jinslarning  turi,  cho’kuvchanligi  va  qalinligi,  botqoq  yerlarda 

uning  paydo  bo’lish  sabablari,  turlari,  tuzilishi  va  tarkibi;  karst  rivojlangan  joylarda  karstlanish 

xarakteri, yeshi va shakli aniqlanadi. Bulardan tashqari, o’rganilayotgan maydondagi konni ochish 

yoki ochmaslik uchun yaroqli yaroqsizligi aniqlanadi. 

Yaroqsiz joylardagi konlarni sifatini yaxshilash uchun ko’riladigan chora-tadbirlar ko’rsatiladi. 

Doimiy  muzlik  turiga,  qalinligiga,  tog’lik  rayonlarda  sel,  surilish,  ag’darilma,  qor  ko’chkilarining 

vujudga  kelishi  va  ularning  foydali  qazilma  konlarini  qazib  olishga  ta'sirini  aniqlashga  axamiyat 

beriladi. 

Mufassal  qidiruvlar  va  razvedka  natijasida  geologik  xisobot  tuziladi.  Xisobotda  keltirilgan 

ma'lumotlar  foydali  qazilma  konlarini  ochishga  va  ularning  balansli  yoki  balansdan  tashqari 

ekanligini ish chizmasi loyixasini ishlab chiqish uchun asos bo’ladi.  

Barcha  turdagi  geologik  qidiruv  ishlar  ya'ni  dala  ishlari  tugagandan  keyin,  kameral  ishlar 

boshlanadi.  Geologik  qidiruv  va  s'yomka,  razvedka,  tajriba-tadqiqot,  laboratoriya  ishlari  natijasida 

to’plangan materiallar qayta ko’rib chiqiladi, tartibga solinadi, analiz qilinadi va xisobot tuziladi. 

Xisobotning  mazmuni  va  xajmi  loyixalash  bosqichiga,  qidirilayotgan  va  o’rganilayotgan 

maydonning xiliga bog’liq. U asosan to’rt qismdan: umumiy, maxsus, grafik, ilova va tushuntirish 

xatidan iborat bo’ladi. 

Xisobotning  umumiy  qismi  kirish  so’zidan  boshlanib,  unda  qidiruv  ishlarining  maqsadi, 

vazifasi,  xajmi,  xarakteri  va  bajarilgan  ishlar  xili  yoritiladi.  Shuningdek,  o’rganilayotgan 

maydonning o’rni, ish bajarilgan muddati va ishni bajaruvchilar tarkibi ko’rsatiladi. 

“Fizik-geografik ocherk” bo’limida joyning orfografiyasi, gidrografiyasi, iotisodiy tutgan o’rni 

va  iqlimi  tug’risida  ma'lumot  beriladi.  Yer  yuzasi  tuzilishiga,  yer  yuzasidagi  suvlarga,  rayonning 

iqlim xususiyatlariga xarakteristika beriladi. 

“Rayonning  geologiyasi”  bo’limida  tog’  jinslarining  tuzilishi,  yoshi,  qalinligi,  tektonikasi 

yoritiladi.  Bundan tashqari bu bo’limda maydonda tarqalgan minerallar to’g’risidagi  aloxida qism 

xam  mavjud  bo’lib  bu  qismda  asosan  minerallarning  tuzilishi,  tarkibi,  xossalari,  teksturasi  va 

strukturasi haqida so’z boradi. 

“Gidrogeologik sharoitlar” qismida yer osti suvlarining turlari, ularning paydo bo’lishi, xarakati, 

ximiyaviy  tarkibi,  agressivligi,  tog’  jinslarining  suv  singdirish  va  suv  o’tkazuvchanlik 

xususiyatlariga  tavsif  beriladi.  Bu  bo’limda  geologik  ishlar  tamomlanib  foydali  qazilma  koni 

ochilgandan so’ng konni suv bilan ta'minlash chora tadbirlari haqida xam so’z boradi. 

Foydali  qazilma  konidagi  minerallar  xamda  tog’  jinslarining  mustaxkamligiga  salbiy  ta'sir 

ko’rsatadigan “Tabiiy geologik xodisalar va geologik jarayonlar” juda xam batafsil yoritiladi. 



Xisobotning  umumiy  qismi  “Tabiiy  foydali  qazilma  konlari”  bo’limi  bilan  yakunlanadi. 

Rayonda mavjud bo’lgan va geologik ishlar davomida aniqlangan foydali qazilma konlari, ularning 

zaxiralari, sifati baxolanadi.  

Uning  “maxsus  qismi“o’z  navbatida  bir  necha  bo’limlardan  iborat  bo’lib,  bunda 

loyixalanayotgan geologik maydonning xarakteristikasi va qidiruv ishlari metodikasiga batafsil izox 

beriladi.  Shuningdek,  tog’  jinslarining  xossalari  va  geologik  izlanishlar  olib  borilayotgan 

maydonning geologik va gidrogeologik sharoitlari xamda ularning kon ishlarini olib borishga ta'siri 

yoritiladi. 

Xisobotning oxirida xar bir bo’limga tegishli xulosa yeziladi va foydalangan adabiyetlarruyxati 

keltiriladi. 

Unga  turli  grafik  materiallar:  1)  tabiiy  foydali  qazilma  konlari  kartalari;  2)  gidrogeologik 

kartalari;  3)  geologik  kolonkalar;  4)  geologik  kesmalar;  5)  yer  osti  suvlari  satxining  chuqurligi  va 

ximiyaviy tarkibini aks ettiruvchi karta ilova qilinadi. 

Xisobot qisqa va tushunarli kelib yozilishi shart.                 

Bizga mayolumki geologik qidiruv ishlari turli bosqichlarda amalga oshiriladi. Xar bir geologik 

qidiruv ishlari bosqichi amalga oshirilgandan so’ng albatta yuqoridagi ishlar takrorlanadi. 

Geologik  qidiruv  va  razvedka  ishlarining  kon  ochilgandan  so’ng  bevosita  kon  bilan  bog’liq 

xolda  olib  boriladigan  bosqichlari  xam  mavjud. Bu  bosqichlar  ekspluatatsin  va  mufassal  razvedka 

ishlari xisoblanadi.   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling