Zbekiston respu blikasi xalq


Bug’  ko’rinishidagi  suv


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/119
Sana01.11.2021
Hajmi0.87 Mb.
#170132
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119
Bog'liq
giologiya

Bug’  ko’rinishidagi  suv  xavo  bilan  birga  grunt  g’ovaklari  va  yoriqlarini  to’ldirib  turadi. 

Bunday suv jins og’irligining taxminan 0,01% ini tashkil qiladi. Sutka xamda vasl davomida xarorat 

va  bosim  o’zgarishi  bilan  ular  g’ovaklar  va  yoriqlarda  aktiv  xarakat  qilib,  zarralar  yuzasiga 

yopishadi  va  kondinsatsiyalanadi.  Natijada  zarralar  atrofida  juda  xam  yupqa  parda,  ya'ni 

gigroskopik suv hosil bo’ladi.  

Gigroskopik  suvlar  zarralar  yuzasiga  katta  kuch  bilan  yopishadi,  shuning  uchun  xam  ularni 

suyuq  xolatda  ajratib  bo’lmaydi.  Binobarin,  gigroskopik  suvlarni  grunt  tarkibidan  faqat  bug’latib 

chiqarish  mumkin.  Bunday  suv  qattiq  sovuqda  (-80o  S)  muzlamaydi  va  gidrostatik  bosim  hosil 

qilmaydi.  Zarralar  yuzasida  gigroskopik  suvning  hosil  bo’lishi  uzoq  vaqt  davom  etadi,  uning 

qalinligi  oshadi  va  u  zarralarning  o’zaro  elektromalekulyar  tortishish  kuchi  ta'sirida  bir-biri  bilan 

qo’shiladi,  natijada  pardali  yoki  malekulyar  suv  hosil  bo’ladi.  Agar  biron  bir  zarraning  atrofida 

qalinroq suv hosil bo’lgan bo’lsa, u asta-sekin qo’shni zaraning yupqaroq suv pardasi tomon xarakat 

qiladi va bu xarakat ikki zaradagi suvning qalinligi bir xil bo’lguncha davom etadi.  

Tog’  jinsining  to’la  tuyinishi  uchun  sarf  bo’ladigan  suv  bug’lari  miqdori  jinsning  maksimal 

gigroskopligi deyiladi. Gigroskopik va pardali suvlarning jins tarkibida juda katta miqdorda bo’lishi 

shu jinsning maksimal malekulyar nam tutishi deb ataladi.  

Pardali  suv  zarralariorasidagi  bo’shliqni  egallab,  ular  orasidagi  bog’lanishni,  tsementlanishni 

bo’shashtiradi,  gilli  jinslarning  ko’pchishiga,  xajmining  kamayishiga,  zichligining  oshishiga  olib 

keladi. 

Qattiq  suvlar  jins  tarkibida  mineral  zarralar  oraligida  kichik  linza  yoki  qatlamcha  shakllarida 

muz  qotgan  shaklda  bo’ladi.  Uning  xarorati  doimo  manfiy  bo’lib,  chakik  va  gil  jinslarining 

mustaxkaligini oshiradi. Muz eriganda jinsning namligi oshib, mustaxkamligi kamayadi. 


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling