Zbekiston respu blikasi xalq


Mineral  suvlar  gidrogeologiyasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/119
Sana01.11.2021
Hajmi0.87 Mb.
#170132
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   119
Bog'liq
giologiya

Mineral  suvlar  gidrogeologiyasi  -  shifobaxsh  xususiyatga  ega  bo’lgan  yer  osti  suvlarining 

paydo  bo’lishi  va  ximiyaviy  tarkibini,  xosil  bo’lishini,  tarqalish  xolatlarini  aniqlash,  zaxirasini 

xisoblash va ulardan foydalanish usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. 

Radiogidrogeologiya  -  yer  osti  suvlarida  radioktiv  elementlarning  hosil  bo’lish  qonunini, 

ularning yotish xolatlarini va siljish davomida radioaktiv elementlar miqdorini o’zgarishini aniqlash 

bilan shug’ullanadi. 

Regional  gidrogeologiya  -  yer  osti  suvlarining  yer  qobig’ining  ma'lum  bir  regionlarida 

tarqalish,  yotish xolati va hosil  bo’lish qonunlarini, shuningdek ularning  yer qobig’ining geologik 

strukturalari  bilan  bog’liqligini  va  xalq  xo’jaligida  bunday  suvlardan  foydalanish  imkoniyatlarini 

o’rganadi. 




Xozirgi  vaqtda  gidrogeologiya  fanining  yangi  tarmog’i  -  texnogen  gidrogeologiya,  meliorativ 

gidrogeologiya, gidroseysmika tarraqqiy etmoqda. 

Yer  yuzasiga  yoqqan  yog’in  uch  qismga  ajraladi: bir qismi  yer  yuzasidan oqib,  oxiri dengizga 

borib  quyiladi,  ikkinchi  qismi  bug’lanib  yana  atmosferaga  ko’tariladi,  uchinchi  qismi  esa  tog’ 

jinslariga  singib  ketadi  va  natijada  yer  osti  suvlarini  hosil  qiladi.  Bunday  yo’l  bilan  hosil  bo’lgan 

suvlar infiltratsiya (shimilish) suvlari deb ataladi. Yer osti suvlarini tabiiy va suniy yer usti suvlari 

tuyintiradi.  Yer  osti  suvlari  infiltratsiyadan  tashqari,  ya'ni  yog’inlarning  yer  po’stiga  singishidan 

tashqari,  kondensatsiya  yordami  bilan  xam  hosil  bo’ladi.  Kondensatsiya  deganda  atmosferadan 

tuproqqa kirgan suv bug’ining suvga aylanish jarayoni tushuniladi. Yer ustidagi xavo suv bug’iga 

tuyingan bo’lsa, xamma vaqt suv bug’i tuproqqa kira oladi. Tuproq xarorati pastroq bo’lsa, tuproqqa 

kirgan suv  bug’i quyuqlashadi,  kondensatlanadi, natijada suv  hosil  bo’ladi.  Lekin  suv bug’i suvga 

aylanayotganda issiqlik chiqadi, kondensatsiya jarayonining o’zi sovuq tuproq xaroratini ko’taradi 

va  natijada  suv  bug’ining  oxirigacha  suvga  aylanishini  to’xtatib  quyadi.  Tog’  jinslarida  suv  bug’i 

to’planadi,  bu  esa  ularning  tuyinishiga  olib  keladi  va  jinslarda  yuqori  bosim  hosil  bo’lganda  suv 

bug’i  yana  xavoga  ko’tarilib  ketadi.  Demak,  kondensatsiya  jarayonining  ikki  tomoni  bor:  suv 

bug’ini  tuproqqa  singdiradi  va  undan  chiqarib  yuboradi.  Yer  osti  suvlarining  asosiy  qismi  yog’in 

suvlarining  tog’  jinslari  orasiga  singishidan  hosil  bo’ladi.  Yer  osti  suvi  –  bug’  xolatdami,  suyuq 

xoldami  yoki  qattiq  xoldami,  baribir,  kanday  holda  bo’lmasin,  yer  yuzasidan  ostki  qavatlarda 

joylashgan suvdir. Bunday suv turli tog’ jinslari qatlamlari orasida-granit, qumtosh, konglomerat va 

dolomitlar yorig’ida xamda karst bo’shligida; shag’al, qum, gil g’ovaklarida bo’lishi mumkin. Lekin 

xar  xil  jins  suvni  xar  xil  o’tkazadi.  Masalan,  gil,  gilli  slanetslar,  argillitlar  suvni  juda  yomon 

o’tkazadi,  shu  sababli  ular  amalda  suv  o’tkazmaydigan  jinslar  hisoblanadi.  Umuman  olganda  yer 

osti  suvlari  bilan  yer  usti  suvlari  va  atmosfera  orasida  bog’lanish  bor.  Yer  osti  suvlari  quyidagi 

yo’llar  bilan  kamayadi:  buloqlar  orqali  yer  yuziga  chiqadi,  daryolar  va  ko’llarga  oqib  chiqadi, 

o’simliklarning  ildizlariga  surilib,  barglari  orqali  bug’lanadi,  tog’  jinslari  zarrachalari  orasidagi 

kapillyar  naychalar  orqali  bevosita  yer  yuzasiga  chiqib,  bug’lanib  ketadi,  ximiyaviy  yo’l  bilan 

jinslar tarkibiga kiradi va kishilar o’z maqsadlari uchun turli xil yullar bilan surib oladi. 

Tabiatda suv gruntlar tarkibida bug’, suyuq va qattiq xolatda uchraydi. 




Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling