Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети


Download 68 Kb.
bet3/4
Sana07.01.2023
Hajmi68 Kb.
#1082564
1   2   3   4
Bog'liq
document

Tayanch so’z va iboralar: ta’lim, pedagog, rivojlanish, madaniyat, ma’naviyat, qobiliyat, mahorat, o’qituvchi siymosi, intellekt, korrektsiya,faoliyat.
Аннотация: В данной стате в системе дошколного образования повышение эффективности образования повышение эффективности образования профессиональной деятельности педагог воспитатель при развитии своих способностей и навыкой напрерывной над собой их своеобразное особенности применение в деятельности педагога воспитателе отражено Автор при анализировал протцессе повышения эффективности образования недостаточности педагога воспитателя его образовательного, духовного и физического сторон и трудности в протцессе образования и условий, при этом анализировал их в соответствии адаптации к условиям.
Ключевые слова: образование, педагог, развитие, култура, духовност, спаобност, умение, интеллект, образ учителя, коррексия, деятелность.
Annotation: This article reflects the use of the peculiarities of regular research in improving the quality of professional activities in the system of pre-school education, the development of skills and abilities of the pedagogue during pedagogical trainings. The author analyzed the need for a teacher-educator to understand the results of his professional activity, and to find out and improve the learning outcomes of his pedagogical activity.
Key words: education, teacher, development, culture, spiritual, capability, ability, image of teacher, intellect, correction, activity
O’zbekistonning jahon hamjamiyatida o’z o’rniga ega bo’lishi, jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatoridan o’rin olishi uchun xuddi shu mamlakatda yashaydigan yoshlar barkamol va raqobatbardosh kadrlar, aql egalari, yuksak madaniy saviya va ma’naviyatga ega bo’lishlari hozirgi kunninig talabidir. Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor
99
yo’nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respulikasi 3775-Prezident qarorining Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning 2018-2019 o’quv yilidan boshlab; alohida ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’qish muddati kamida uch yil bo’lgan bakalavriat yo’nalishlarga ixtisoslashgan dasturlar asosida tashkil etish to’grisida qaror qabul qilindi.
Hozirgi kunda uzluksiz ta’limning boshlang’ich maskani bo’lgan maktabgacha ta’lim muassasalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash hozirgi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining bir butun yaxlit holicha amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda bolalarni maktabga tayyorlash bu pedagogik jarayoning o’ziga xosligidir. Bu o’ziga xoslik maktabning ta’lim-tarbiya ishidan nusxa ko’chirishda emas, balki bolalarning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi uchun zarur bo’ladigan sifatlarni og’ishmay shakllantirishga yo’llangan faoliyat va xulq –atvorlarini maxsus tashkil etilishidadir. Bu balalar faoliyatining barcha turlarini murakkablashtirishda, bolalar tomonidan ularni amalga oshirishning murakkab usullarini o’zlashtirishda, bolalar faoliyati va xulq-atvorlarining jamoatchilik yo’nalishini rivojlantirishda va bolalar faoliyatining ijtimoiy-foydali asoslarini ilgari surishda namoyon bo’ladi. Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayon bolalar xulq-atvorlari va faoliyatiga ularning shakllanayotgan imkoniyatlari va maktab majburiyatlarini hisobga olib talablarning so’zsiz ortib borishi bilan ifodalanadi. Maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda bolalarning mustaqilliklari, ularning uyushganliklari, asosiy faoliyat turlari o’yin, o’qish, samarali mehnati yuqori darajaga chiqa boshlaydi. Buni biz bolalarning kundalik hatti-harakatidan bilishimiz mumkin. Bolalar yuvinish, kiyinish, ovqatlanishini kundan kunga tezlasha boradi. Bu esa bajarish vaqtlari sekin –asta qisqaradi, bir faoliyat turidan ikkinchi faoliyat turiga tezroq o’ta boshlaydi. Bu nimadan dalolat beradi, maktabgacha ta’lim belgilangan dastur asosida pedagogik jarayonini yo’lga qo’yilishi va shu asosida tashkil etilishidir. Mashg’ulotlar davomida tarbiyachining muloqot usuli ham asta -sekin murakkablashib boradi, bolalar ko’proq mustaqil fikr yurita boshlaydi. Mashg’ulotlar davomida bolalar voqealikni turli sohalari haqidagi tasavvurlarini yarnada kengaytiradi va to’g’ri dunyoqarashini shakllantirishga oid jadal ishlar olib boriladi. Muhim vazifa bolalarning bilimlarini o’rganilayotgan narsa va hodisalardagi muhim belgi hamda munosabatlarni ajratish asosida yanada umumlashtirishga, solishtirishga, taqqoslashga o’rganadi. Maktabgacha ta’limda sifat va samaradorligini oshirishda bolalar atrof dunyo, narsa va hodisalarni mezonlarni umumlashtira bilishi va tabaqalashtira bilishi lozim. Istalgan o’quv fanini egallash bolada mazkur o’quv fani va ko’rib chiqilayotgan voqelik hodisalarni ajratish va o’z bilish ob’ektiga aylantirish qobiliyatining albatta mavjud bo’lishini nazarda tutadi. Bugungi kunda pedagogik jarayonni amalga oshirish bolalarda taqqoslash, solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish, tahlil qilish qobiliyatini muayyan darajada rivojlantirishni talab qiladi.
Maktabgachi ta’lim tizimida dastur asosida ko’rsatilgan barcha mashg’ulotlar izchil tashkil etilsa o’zaro fanlar o’rtasidagi muhim bog’likliklarni eritib beradi, bog’chada mazkur masalalarga nazariy yondoshuv asoslarini shakllantirishga yordam beradigan umumlashtirilgan tasavvur va elementlar tushunchalarni bolalarda tarkib toptirishini ta’minlaydi.
Hozirgi ilmiy tadqiqotlar dalolat berishicha bolalarni tabiat haqidagi bilimlarini tizimlashtirishning asosini organizmning yashash sharoitlari bilan aloqasi jonivor tanasi tuzilishining yashash sharoitlariga bog’liqligi, yashash muhiti, himoya vositalari, oziqlanishi haqidagi mashg’ulotlar izchil tashkil etilishi kerak. Bolalar kattalar mehnati haqidagi bilimlarni shakllantirishda tizimlashtirishning asosini mehnat , mehnat buyumini kishilar ehtiyojini qondirish uchun mehnat mahsulotiga aylantirish aloqalarini tushunishga yordam beradi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida mashg’ulotlar bolalarni matematika tasavvurlarini shakllantirish va savodini chiqarish uchun tayyorlashga oid jadal ish olib borilmoqda. Bu esa, bolalarning matematika va ona tili sohasidagi bilimlari yangi, yanada yuqoriroq bosqichga ko’tarilishiga yordam beradi. Matematikaga doir dasturni egallash bolalarga keyinchalik matematika bo’lgan tasavvurlarini rivojlanishi uchun muhim bo’lgan butun sonlar qatori qonuniyatlari , bolalar uchun yangi voqeylikning miqdoriy tomonlarini bilish vositasi sifatida o’lchov faoliyati, qism va butun, o’lchov va o’lchash o’rtasidagi funktsional bog’liqliklar va shu kabilar haqidagi qoidalarni anglashlarida yordam beradi. Bularning barchasi matematik bilimlar mazmunini ongli, faol egallashlarini ta’minlaydi. Nutq o’stirish mashg’ulotlarida bolalar nutqqa til voqealigi sifatidagi yangi lingivistik munosabat asoslarini o’zlashtira boshlaydilar. Bolalar tomonidan nutqning tuzilishi, uning og’zaki va tovush tarkibini oddiy o’zlashtirish sodir bo’ladi, so’z til voqeligi degan ilk tasavvur tarkib toptiriladi. Bolalar tegishli atamalar; gap, tovush, bo’g’in, harf, so’z tarkibi kabilarni egallab oladilar. Bu bolalarni savodni egallash va o’z ona tilini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Tizimli mashg’ulotlar tashkil etilishida bolalarning matematik tasavvurlarini rivojlantirishga, tahlil, umumlashtirish, taqqoslash, solishtirish, qiyoslash tasniflash usullarini takomillashtirishga yordam beradi. Bu jarayonda bolalarni vokelikni bevosita bilishdagi bilvosita bilishga ko’chirishning roli kattadir. Bolalar kattaliklarning miqdoriy o’zaro munosabatlarni o’lchashlar vositasida aniqlashni, narsalarni ko’rib chiqish yoki qiyoslashda kuzatishlar chizmalaridan foydalanishni, narsalarning sifat va xususiyatlarini o’rganib boradilar. Tarbiyachi-pedagog bolalar mustaqilligini rivojlantirar ekan, ularga kundalik hayotida o’yin, o’qish, mehnat faoliyatlarini rejalashtirishni ham izchil tarzda o’rgatib boradi. Bu ko’nikmalar faoliyatning barcha turlarida tarkib toptiriladi.. Bolalar avval tayyor reja bo’yicha harakat qilishni, so’ngra rejani tarbiyachi bilan birgalikda tuzishni va shundan so’ng o’z faoliyatlarini mustaqil rejalashtirishni o’rganadilar. Bolalar faoliyatining samaradorligi oshib boradi. Har bir bolaning topshiriqni to’liq bajarishiga qat’iy erishib, tarbiyachi ish natijalarini baholashga bir necha nuqtai nazardan yondashadi. Bunda topshiriqni bajarishdagi aniqlik, uning sifati, ishning zarur sur’atini saqlash ko’nikmasi, o’zinio’zi nazorat qilish baholanadi. O’zini-o’zi nazorat qilishning ta’sirini tarbiyachi asta-sekin natijani nazorat qilishdan, topshiriqni bajarish jarayonidagi harakat usullarini nazorat qilishga va so’ngra nazoratdan oldingi elementlarga tomon rivojlantiradi. Mashg’ulotlarda bolalarda o’quv faoliyati va uyushgan xulq-atvor malakalarini maqsadga muvofiq harakat qila olishlari , butun mashg’ulot davomida mashg’ulot mazmuniga qiziqish, diqqat e’tiborni saqlash, ishni oxiriga yetkaza bilish, vazifani bajarish jarayoni va uning natijasini topshiriqqa muvofiq baholash, tarbiyachi savollarga baland ovozda va mantiqli javob berish, o’z fikrini tushunarli va savodli ifodalash mazkur ish samaradorligining dalolatidir.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogtarbiyachi tomonidan o’z kasbiy faoliyati natijalarini anglab yetishi uning pedagogik faoliyatni amalga oshirishini yanada takomillashgan usullarini izlash va ularni o’zlashtirish zaruriyatini ta’minlaydi.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling