Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги


Download 227.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana09.01.2022
Hajmi227.79 Kb.
#257799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
3-мавзу

2.  Urug’larni  quritish.  Quritiladigan  urug’lar  navi  va  namligi  bo’yicha 

partiyalarga  bo’linadi.  Yaxshi  quritiladigan  xom  ashyo  uzoq  saqlanishi  mumkin. 

Yog’li  urug’larni  quritishda  o’rtacha  temperatura  qo’yidagicha  bo’lishi  kerak: 

gorchitsa, loviya uchun 50-600S; zig’ir, indov uchun 500S. 

Quritgichlar. 

Yog’li urug’larni quritish uchun bir necha xil quritgichlar ishlatiladi. Masalan, 

shaxtali, barabanli, retsirkulyatsion quritgichlar.  

  SHaxtali  quritgichlarda  quritish  jarayoni  sekin  boradi  va  quritiladigan 

urug’lar qavati kam siljigani uchun urug’ bir tekis qurimaydi. Quritiladigan urug’ 

issiqlik agentga (havo, gaz) qarama-qarshi harakat qiladi. Bu quritgichlar g’ishtdan 




yasalgan  bo’lib,  urug’lar  200-2500S  temperaturada  quritiladi.  Quritilagan 

urug’larning temperaturasi 650S gacha bo’lib, ular 3-4% gacha namini yo’qotadi. 

Barabanli quritgichlarda urug’lar 12-16% namligini yo’qotadi.  

Retsirkulyatsion quritgichlarda urug’larni quritish va sovitish jarayoni ketma-

ket boradi. Bu qurilmada kungaboqar urug’i quritiladi. 

 Quritish jarayonini tezlatadigan faktorlar. 

  Bug’lanadigan  suvning  miqdori  –  urug’ning  namligi  qancha  yuqori  bo’lsa, 

quritish jarayoni shuncha ko’p davom etadi yoki issiqlik ko’p sarflanadi. 

  Temperatura  –  quritgichdagi  temperatura  qancha  yuqori  bo’lsa,  jarayon 

shuncha  tez  boradi,  lekin  mag’iz  tarkibidagi  uglevodlar  va  oqsil  moddalarning 

sifati buzilishi mumkin. Shuning uchun yuqori temperaturani uzoq muddat saqlash 

mumkin emas.  

  Issiqlik  agentining  issiqlik  sig’imi.  –  issiqlik  beruvchi  agentning  issiqlik 

sig’imi  qancha  yuqori  bo’lsa,  uning  o’z  nami  shuncha  kam  bo’ladi,  shu  sababli 

urug’larning namini tezroq shimib oladi. 

   Issiqlik  agentining  harakatlanishi  -  issiqlik  agenti  qancha  tez  harakat  qilsa 

qurish jarayoni shuncha tezlashadi.  

  Urug’larni aralashtirib turish - urug’lar qanchalik bir tekis yoyilsa, ular issiq 

keltiruvchi  bilan  shuncha  yaqin  kontaktda  bo’lib,  namini  tez  yuqotadi.  Buning 

uchun urug’larni tez-tez aralashtirib turish kerak. 




Download 227.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling