3-Ma‘ruza: Xom ashyoni saqlash va qayta ishlash uchun tayyorlash.
Reja:
1. Xom ashyo sifatiga namlikning ta‘siri.
1.1. Urug’lar tarkibida suvning holati
1.2. Gigroskopik nuqta
1.3. Urug’larning nafas olish jarayoni
1.4. Mikroorganizmlar va zararkunandalar ta‘siri
1.5. Urug’larni jamollatish
2. Urug’larni quritish
2.1 Quritgichlar
2.2 Quritish jarayonini tezlatadigan faktorlar
3 .CHigitning namligini normallashtirish
4. Yog’li urug’larni saqlash
4.1. Yog’li urug’lar saqlanadigan omborlar
5. Yog’li urug’larni tozalash
5.1. Aralashmalar turlari
5.2. Tozalash usullari
Adabiyotlar; 8,9,10,11,12,13,14,15
Tayanch so’z va iboralar: konditsiyalash, sorbtsiya, desorbtsiya, diffuziya,
gigroskopik nuqta, kritik namlik, nafas olish koeffitsienti, aerob, anaerob, saprofit,
patogen, fitogen, profilaktik, separator, pnevmatik, elektromagnit.
1. Xom-ashyo sifatiga namlikning ta‘siri. Xom-ashyo namligi. Yog’
zavodlarida urug’lar maydonchalarda qabul qilinadi, namuna olinadi va
laboratoriyada namligi aniqlanadi va shu ko’rsatgich bo’yicha saralanadi.
Yog’li urug’larni saqlash oldidan ularni tozalashga katta ahamiyat beriladi.
Paxta zavodidan keltirilgan chigit ko’pincha xas-cho’p, g’o’za barglari, g’o’za
po’chog’i, paxta tolasi va shunga o’xshash chiqindilar bilan ifloslangan bo’ladi.
Bularning ko’pchiligi organik chiqindilar bulganligi uchun tarkibida asosan
pentozanlar gruppasiga kiradigan uglevodlar bo’ladi. Urug’larni saqlash davrida
nam (suv) va chiqindilar uni qizdirib yuboradi, pentozanlar buzila boshlaydi va
chigit mag’zi sarg’ayib, undan olinadigan yog’ ham qoramtir tusda bo’ladi. Undan
tashqari, mag’iz tarkibidagi oqsillar ham o’zgarib, eriydigan oqsil (globulin va
albumin) lar erimaydigan fraktsiyaga ajralib ketadi.
Tozalanmagan kungaboqar urug’ining namligi 18%, kislota soni 0,9mg KON
bulsa, 100g urug’ning bir sutkada nafas olish tezligi 95,5mg SO2 ga teng bo’ladi.
Shu urug’larning nafas olish tezligi 3-4 kundan keyin 7-8 marta ortib ketadi va
kislota soni 200mg KON bo’ladi. Seryog’ kungaboqar urug’ini saqlash uchun
uning namligi 7-8% bulishi kerak. Uzoq muddat saqlanadigan urug’larning namligi
qo’yidagicha: chigitniki: - 10%, loviyaniki 12%, zig’irniki 8%, gorchitsaniki 9,5%
bulishi kerak. Shunday qilib uzoq saqlanadigan urug’lar quruq va toza bulishi
kerak.