Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги


  Urug’larni  shamollatish


Download 227.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana09.01.2022
Hajmi227.79 Kb.
#257799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-мавзу

1.6  Urug’larni  shamollatish.  Urug’larni  shamollatish  ham  texnologik 

jarayonining  muhim  bir  qismidir.  Ba‘zi  vaqtda  kuz  seryog’in  kelganda  namligi 

standartdan  yuqori  bo’lgan  urug’larni  ham  yog’  zavodlari  qabul  qilishiga  to’g’ri 

keladi. Quritish agryog’atlari yetarli bo’lmaganda bunday urug’lar vaqti-vaqti bilan 

shamollatib  turiladi.  Shamollatish  ikki  xil  profilaktik  va  aktiv  shaklda  bo’ladi. 

Urug’larning  namligi  har  xil  bo’lganligi  uchun  ular  profilaktik  shamollatiladi, 

bunda  urug’lar  massasining  har  xil  darajadagi  namligi  bir  xil  bo’lib  qoladi. 

Profilaktik  shamollatish  bir  tonna  urug’nini  soatiga  30m3  issiq  havo  beradigan 

ventilyator yordamida bajariladi. Shunda urug’lar 1-3% gacha namini yo’qotadi va 

12-16 0S gacha soviydi. 

Aktiv  shamollatish  kuchli  bosim  ostida  urug’lar  massasidan  havo  o’tkazish 

yo’li bilan bajariladi. Shuni yaxshi bilish kerakki, aktiv shamollatish bir tomondan 

foydali,  ya‘ni  buzilish  jarayonini  to’xtatadigan  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan  zarar 

ham yetkazishi mumkin; Issiq havo ta‘sirida urg’larda bo’zilish jarayoni kuchayib 

ketishi  mumkin.  Shunga  ko’ra  shamollatishdan  samarali  foydalanish  uchun 

texnolog  kerak  bo’ladigan  havo  miqdorini  va  minimal  temperaturani  aniqlash 

kerak. 


Download 227.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling