Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги
Download 227.79 Kb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу
2. Urug’larni quritish. Quritiladigan urug’lar navi va namligi bo’yicha
partiyalarga bo’linadi. Yaxshi quritiladigan xom ashyo uzoq saqlanishi mumkin. Yog’li urug’larni quritishda o’rtacha temperatura qo’yidagicha bo’lishi kerak: gorchitsa, loviya uchun 50-600S; zig’ir, indov uchun 500S. Quritgichlar. Yog’li urug’larni quritish uchun bir necha xil quritgichlar ishlatiladi. Masalan, shaxtali, barabanli, retsirkulyatsion quritgichlar. SHaxtali quritgichlarda quritish jarayoni sekin boradi va quritiladigan urug’lar qavati kam siljigani uchun urug’ bir tekis qurimaydi. Quritiladigan urug’ issiqlik agentga (havo, gaz) qarama-qarshi harakat qiladi. Bu quritgichlar g’ishtdan yasalgan bo’lib, urug’lar 200-2500S temperaturada quritiladi. Quritilagan urug’larning temperaturasi 650S gacha bo’lib, ular 3-4% gacha namini yo’qotadi. Barabanli quritgichlarda urug’lar 12-16% namligini yo’qotadi. Retsirkulyatsion quritgichlarda urug’larni quritish va sovitish jarayoni ketma- ket boradi. Bu qurilmada kungaboqar urug’i quritiladi. Quritish jarayonini tezlatadigan faktorlar. Bug’lanadigan suvning miqdori – urug’ning namligi qancha yuqori bo’lsa, quritish jarayoni shuncha ko’p davom etadi yoki issiqlik ko’p sarflanadi. Temperatura – quritgichdagi temperatura qancha yuqori bo’lsa, jarayon shuncha tez boradi, lekin mag’iz tarkibidagi uglevodlar va oqsil moddalarning sifati buzilishi mumkin. Shuning uchun yuqori temperaturani uzoq muddat saqlash mumkin emas. Issiqlik agentining issiqlik sig’imi. – issiqlik beruvchi agentning issiqlik sig’imi qancha yuqori bo’lsa, uning o’z nami shuncha kam bo’ladi, shu sababli urug’larning namini tezroq shimib oladi. Issiqlik agentining harakatlanishi - issiqlik agenti qancha tez harakat qilsa qurish jarayoni shuncha tezlashadi. Urug’larni aralashtirib turish - urug’lar qanchalik bir tekis yoyilsa, ular issiq keltiruvchi bilan shuncha yaqin kontaktda bo’lib, namini tez yuqotadi. Buning uchun urug’larni tez-tez aralashtirib turish kerak. Download 227.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling