Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги
Yog’li urug’lar saqlanadigan omborlar
Download 227.79 Kb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу
4.1. Yog’li urug’lar saqlanadigan omborlar. Yog’li xomashyoning silliq
yoki tukli bo’lishiga qarab omborlar va urug’ tozalash vositalari har xil bo’ladi. Agar yog’li urug’larni po’sti silliq bo’lsa (loviya, indov) ular elevator tipidagi omborlarda saqlanadi. Usti tukli, o’z-o’zidan oqib tushmaydigan yog’li urug’larni kalta momiq (delint) dan ajratguncha maxsus omborlarda saqlash mumkin. Yog’li urug’larni uch turli omborlarda saqlash mumkin: yog’och yoki metalldan angar tipidagi ombor. Uning tomi 450S li to’rt nishabli bo’lib uzunligi 21,33m bo’ladi. Bunday omborga 450t chigit sig’adi, u ventilyatsiya shoxobchalari bilan ta‘minlangan; diametri 9,1-19,2m li silos bostiriladigan omborlar; diametri 21,3m va balandligi 18,3m li po’lat rezervuarlar Loviya urug’i tarkibida 25% yog’ va 50% oqsil moddalar bo’lganligi uchun nam tortuvchi va tez buziladigan bo’ladi. Agar uning namligi 12% dan oshmasa, aralashmalardan tozalansa, yaxshi saqlanadi. Shuning chun loviya urug’i separatorlardan o’tkazilib 600S temperaturada quritiladi va saqlash uchun yaxshi shamollab turadigan omborga joylanadi. Zig’ir urug’i silos bostiriladigan (elevator) tipidagi omborlarda saqlanadi. Bunda urug’ning namligi 8% dan oshmasligi kerak. Urug’ 1750S da quritiladi. Kanakunjut urug’i 6% namlikda yaxshi saqlanadi. Shuning uchun u shaxta tipidagi quritgichlarda 1000S da quritilib, qoplarda saqlanadi. CHigit qayta ishlanadigan zavodlarda chigit qabul qilib oladigan joylar bilan omborlar orasida tunnel quriladi va chigit lentali transportyor orqali uzatiladi. Ombor bilan chigit tozalash tsexi o’rtasida ham tunnel bo’ladi. CHigitni saqlash uchun 1000, 1500, 2000, 5000, va 11000t li namunali ombor loyixalari ishlab chiqarilgan.
Download 227.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling