aralashmalaridan tozalash uchun ular separatordan o’tkaziladi va quruq yuvish
Chang, qum, momiqlardan tozalash uchun pnevmatik mashinalar qullaniladi.
Masalan, USM markali pnevmatik chigit tozalash mashinasi qo’yidagicha ishlaydi:
chigit konveyer orqali mashinaning ta‘minlagichiga beriladi, undan parrakali
baraban orqali tarnovga tushgach, novsimon maydoncha yonboshidagi teshik
orqali truboprovod ichidan o’tib, cho’kish kamerasiga tushadi.
Chigit havo oqimida ko’tarilganda og’ir chiqindilarning bir qismi to’kilib
qoladi. Tozalangan chigit cho’ktiruvchi kamerada to’siqlar yordamida vakuum-
klapanga to’kiladi; chigitdan uzilib chiqqan momiq, mayda iflos va zarrachalar
chigit so’rib oluvchi truboprovod orqali ventilyator yordamida tsiklonga
to’planadi. Tozalangan chigit konveyer orqali tozalash tsexida omborga yoki
yanchish tsexiga yuboriladi.
Metall aralashmalardan tozalash uchun urug’lar elektromagnitdan o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: