5. Yog’li urug’larni tozalash. Zavodga qabul qilinadigan yog’li urug’lar
tashish vaqtida har xil chiqindilar bilan ifloslanishi mumkin. Urug’larga qo’shilib
qolgan chiqindilar asosan uch xil bo’ladi: yog’li, organik va anorganik
aralashmalari.
5.1. Aralashmalar turlari. Yog’li aralashmalar singan, ezilgan, po’chog’i
chaqilgan, mag’zi ezilgan urug’lardan iborat, ular chigit va boshqa urug’larni
saqlashda katta zarar yetkazadi, havodagi namlik va kislorod ta‘sirida buzilib, yog’
kislotalar, ketonlar va boshqa har xil uchuvchan moddalarga parchalanadi va buzila
boshlaydi. Natijada yog’ning sifati buziladi.
Organik aralashmalarga g’o’za po’chog’i, barglari, qog’oz, paxta tolalari va
xas-xashaklar kiradi. Bunday aralashmalar urug’ini tez qizdirib yuboradi va
olinadigan yog’ning sifatini buzadi, yog’ olishda mashinalarning ayrim joylariga
tiqilib qoladi, avariyaga olib kelishi mumkin.
Anorganik aralashmalar mineral va metall turlariga bo’linadi. Mineral
aralashmalar tosh, qum, tuproq, metall aralashmalari temir qismlari, mix, bolta va
shunga o’xshashlardan iborat. Bularning miqdori 1-10% bo’lishi mumkin. Bunday
aralashmalar texnologik uskunalarni ishdan chiqaradi, sindiradi va yong’inga sabab
bo’lishi mumkin.
Yog’li urug’larni uzoq saqlash uchun va qayta ishlash texnologiyasi
buzilmasligi uchun ular tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |