„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAY, IBO Axloqsizlik axloq-odob belgisi, ijobiy fazilat INSOF QILISH imkoniyatni boy berish vijdon bilan ish tutish
- A) AXLOQIY BUZUQLIK. 1. Kashandalik (ayniqsa, xotin-qizlarning sigareta chekishga berilishlari).
- 2. Alkogolizm (ayniqsa, xotin-qizlarning spirtli ichimliklar ichishga ruju qo„yishlari).
- 3. Haddan tashqari tor va ochiq, badani, ayniqsa, hatto ayollik belgilari ham ko„rinib turadigan darajadagi kiyimlar kiyish.
- 4. Balog„atga yetmagan yosh yigit-qizlarning jamoat joyida o„pishib, quchoqlashib turishlari.
- 6. Ota-ona va boshqa katta yoshlilarga nisbatan hurmatsizlik.
- 8. Starizm (sub‟ektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish).
- 9. Bilimsizlik, axloqsizlik, madaniyatsizlik, tartibsizlikni qo„llab-quvvatlash.
- Biz haqiqatan ham o„z farzandlarimiz va nabiralarimiz bilan faxrlanishni istasak - ular zamonaviy bilim va tajribaga ega, iymonli-e‟tiqodli bo„lishlariga
popmadaniyat va rokmadaniyatni ham ko‗rsatadilar, chunki hayot ularning ham yashovchanligini hamda muayyan tabaqadagi kishilarning ongini egallaganligini ko‗rsatdi. Buning boisini amerikalik siyosatshunoslar ham tan olishdi. Bu haqda Zbignev Bjezinskiy shunday degan edi: ―Agar Rim dunyoga – huquqni, Angliya – parlamentni, Fransiya – madaniyat va milliy respublikachilikni bergan bo‗lsa, AQSH – dunyoga ilmiy-texnika revolyutsiyasini va ommaviy madaniyatni tortiq qildi‖. AQShda bo‗sh vaqt, ya‘ni dam olishni sanoat asosiga ko‗chirgan. Aholining badiiy jihatdan unchalik yuksak bo‗lmagan talablarini qondirish (yoki ushbu talablarni shakllantirish) maqsadida ommaviy badiiy adabiyot (fantastika, sarguzasht, bulvar adabiyoti, ―ayollar‖ romani) dunyoga keldi. Shuningdek, arzon-garov jangari, triller, melodrama va boshqa filmlarning g‗oyasi va o‗lchami bitta – odamlarning amerikacha munosabatlarini qaror toptirish, musiqa janrida ham asosan ana shu maqsad kuzatiladi. XX asrda jazning yuzaga kelishi va rivojlanishi bilan dunyo musiqa madaniyatini o‗zgartirib yubordi. Jaz XX asr arafasida dunyoga keldi. Uning tomiri negrlarning an‘anaviy madaniyatiga borib taqaladi. Musiqadagi ritmik pauzalarning kuchayib, pasayib turishi qora tanlilarning ―sprichuels‖, regtaym va blyuz kabi o‗ziga xos o‗yinlarini eslatib turadi. XX asrda o‗yin madaniyati mislsiz miqyosda tarqaldi. Jahonni egalladi. U bo‗sh vaqtni o‗tkazish vositasiga aylandi. Dansing va diskotekaga sig‗inish yuzaga keldi. Musiqa shaklining rivojlanishi, eskilarining yo‗qolishi va o‗yinda yangi stil usullarining kirib kelishiga sabab bo‗ldi. 1920 yillarda ―Charlston‖ modada bo‗lsa, keyinchalik uning o‗rnini ―step‖, ―chechetka‖, jazdan ajralib chiqqan irland jigisi keyinroq, 50 yillarda ―rok-n-roll‖, 60 yillarda ―sheyk‖ va ―tvist‖ xitga aylandi va uning ommaviyligini ta‘minlashda barcha vositalar ishtirok etdi: gramplastinkalar chiqarildi, televideniye va radiomahsulotlar tarqatildi. Bu ―ommaviy madaniyat‖ tarqatilishidagi eng omadli tijorat loyihasi edi. – Disko o‗yin yo‗nalishi hozirgi kunlarimizgacha yetib keldi, u juda ommaviy bo‗lmasada, hali bor. ―Ommaviy madaniyat‖ bugun iqtisodiyotning eng daromadli tarmog‗iga aylanib bormoqda. Uni hozir ―qiziqishlar industriyasi‖, ―tijorat madaniyat‖, ―pop-madaniyat‖, ―bo‗sh vaqtdan foydalanish industriyasi‖ deb atay boshladilar. Ma‘lumki, mehnatkashlarning ma‘lum qismida bo‗sh vaqt serob. ―Ommaviy madaniyat‖ mazmunini boyitishni taqoza qiladi, chunki mamlakatimizda ishlab chiqarishning tobora sanoatlashishi, avtomatlashtirish jarayonida aholi o‗rtasida ―bo‗sh vaqtni yopish ehtiyoji‖ ham oshib bormoqda. Ana shu jarayondan hosil bo‗ladigan muammolarni hal etish ehtiyoji ―ommaviy madaniyat‖ni yuzaga keltirmoqdaki, bu ayniqsa odamning ongiga, ya‘ni adabiyot va san‘atning barcha turlariga bevosita bog‗liqdir. Keyingi o‗n yillikda madaniyatni demokratlashtirishda kino, televideniye, kasseta, sport albatta (uning tomoshabinga taalluqli qismi) juda muhim kanallar hisoblanmoqda. Ular ayni paytda turli toifadagi odamlarning to‗planishiga sabab bo‗lmoqda. Ko‗pincha ularni birlashtirgan istak – o‗zlarini psixologik jihatdan bo‗shatib olish istagidir. ―Ommaviy madaniyat‖ bozordagi tovarga aylanib, muayyan xususiyatlar kasb etdi. Avvalo, u ―oddiy‖ (buni jo‗nlik deb atasa ham bo‗ladi). Chunki ko‗pincha bunday mahsulotlar ―ko‗cha odami‖ga mo‗ljallangandir. ―Ommaviy madaniyat‖ o‗z vazifasini to‗la bajarishi, ya‘ni ishlab chiqarishdagi asabiyliklarni olib tashlashi uchun u eng kamida qiziqarli bo‗lishi lozim. Albatta, bunday madaniy mahsulotlar intellektual jihatdan yetarlicha rivojlanmagan odamlar ehtiyojini qondirishi mumkin va inson ongi, kechinmalariga ta‘sir etadi. Shuning uchun ham ―Ommaviy madaniyat‖ning ―eng qiziqarli‖ va hammaga tushunarli mavzulari – muhabbat, oila, karyera, jinoyatchilik va xo‗rlash, sarguzasht, qo‗rqinch va hokazolardir. Mavzular ekspluatatsiyasidan uning egalari katta daromadlar olmoqdalar. ―Ommaviy madaniyat‖ baynalminal va milliy bo‗lishi mumkin. Estrada musiqasi bunga misol bo‗ladi: u hammaga tushunarli va barcha yoshdagilarga, bilim darajasidan qat‘iy nazar, aholining barcha qatlamlariga o‗ng‗ay. ―Ommaviy madaniyat‖ning badiiy qimmati xalq madaniyatidan pastroq bo‗ladi. Lekin uning auditoriyasi kengroq, chunki u muallifli, u odamlarning hozirgi daqiqalardagi ehtiyojini qondiradi, har qanday yangi voqea va hodisalarga xozirjavob bo‗ladi. Ma‘lum vaqt o‗tgach, ular o‗z dolzarbligini yo‗qotadi, eskiradi va modadan qoladi. Yuksak darajadagi asarlar va xalq madaniyati bunday qismatga uchramaydi. Ma‘lumki, o‗smirlar, yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan, tengqurlariga havasmand, modaparast, xorij standartlarini oson qabul qilishga ruju qo‗ygan bo‗ladi. Ulardagi ana shu ijtimoiy-psixologik holat kirib kelayotgan shubhali qadriyatlarga tanqidiy yondashuvni cheklab qo‗ymoqda. Maqbul yoki nomaqbulligi haqida muayyan fikr-mulohazasi bo‗lmagan yoshlar hayotimizga, milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan mafkuraviy mahsulotlarni matbuot orqali qabul qilishga oshiqmoqda. ―Ommaviy madaniyat‖ tashqi ko‗rinishi, oson o‗zlashtirilishi bilan ularni qiziqtirmoqda. Turfa g‗oya va ramzlar zamonaviy modalar ommaviy madaniyat mahsulotlari yoshlardan chuqur fikr-mulohaza yuritishni talab etmaydi, har xil hayot tashvishlaridan, turmush muammolaridan ―xalos‖ etadi, jasadni va ruhni dam oldirish, ularni o‗qishga, bilim olishga emas, balki o‗ynab-quvnab, ―yashab olish‖ga chaqiradi. Aslida ―ommaviy madaniyat‖ning, uni tarqatayotganlarning ham asl maqsadlari shundan iborat. Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etishini va ―ommaviy madaniyat‖ mualliflari aynan ana shu auditoriyani nazarda tutayotganini e‘tiborga olsak, vazifalarimiz mas‘uliyati aniq ayon bo‗ladi. Yoshlarning badiiy ehtiyojlarini qondirish, ular o‗rtasida ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlarining tarqalmasligi uchun muayyan ishlar amalga oshirilayotir, albatta ularning san‘atga, adabiyotga va boshqa ma‘naviy mahsulotlarga bo‗lgan ehtiyojlarini o‗rganib borish hozir izchil olib borilmoqda. Bitiruvchilarda esa aksincha, san‘atni kundalik tashvishlardan xalos etish vositasi deb qarash eng yuqori ball, ya‘ni 53,5 foiz ovoz oldi, ya‘ni so‗rovda qatnashgan bitiruvchilarning shunchasi san‘atga shunday vosita deb qarar ekan. Ularning orasida san‘atga estetik zavq berish manbasi deb qarovchilar ham oz emasligi ma‘lum bo‗ldi. Birinchi kurslarga nisbatan san‘atni ijodga rag‗batlantiruvchi vosita deb qarovchilar 7,7%, qadriyatlarni shakllantirish vositasi deb qarovchilar esa 5,2% kam ekan. ―Ommaviy madaniyat‖ning hayotimizga bostirib kelishida dastlab ommaviy axborot vositalari asosiy rolni o‗ynadi. Bugunga kelib esa, reklama uning ajralmas yo‗ldoshiga aylanib qoldi. Bozor qonuniyatlari ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlarini keng tarqatishdan manfaatdor bo‗lib maydonga chiqmoqda. Zamonaviy audio-videotexnikalar, ovoz yozish va kuchaytirgich asboblarining yuzlab turlari ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlari reklamasi bilan kun ko‗rmoqdalar. U sanoat asosiga ko‗chirilgach, o‗rtacha, bo‗sh ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlarini ko‗paytirish va sotish bo‗yicha qudratli tizim yaratildi. Istagan do‗kondan dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo‗shiq, klip audiovideotasmasini topish mumkin. San‘atga, ―ommaviy madaniyat‖ga mas‘uliyatsizlik bilan munosabatda bo‗ladigan, yengil-yelpi ijod bilan elga tanilgan san‘atkorlar armiyasi paydo bo‗ldi. O‗zlari shoir, o‗zlari kompozitor bo‗lgan, musiqiy maxsus bilimi bo‗lmagan juda ko‗plab guruhlar paydo bo‗ldi va ular o‗z mahsulotlarini istagancha reklama qilmoqdalar. Yoshlar esa ana shunday siyqasi chiqqan, lekin ma‘lum ma‘noda ―o‗z auditoriyasini topgan‖, ―san‘atkor‖lar armiyasi bilan yuzma-yuz turibdilar. Reklama – yaratuvchi kuch emas, balki u ommaviy psixologiyani aks ettiruvchidir. Ba‘zan kliplarda chiroyli qizlar va yigitlar nima deyayotganligini o‗zlari ham tushunishmaydi. Kuchli musiqa sadosi ostida nimalardir deyishadi, mashinalarga o‗tirib qayerlargadir borishadi. ―Ommaviy madaniyat‖ mahsuli bo‗lgan bunday ―asarlar‖ millat mentalitetini pasaytirishga xizmat qilayotgani sir emas. Reklama nima deydi? Birorta shirin ichimlikni iste‘mol qilib cheksiz rohat va farog‗at olish mumkin. Biror narsaga erishish uchun jon kuydirish, ter to‗kib, mehnat qilish shart emas, ichimlikni sotib olish kerak va uni iste‘mol qilish kerak. Yoki yozib olingan fonogrammaga mos qilib, labni qimirlatib turaverish kerak, tamom vassalom. Endi o‗sib, jamiyatga kirib kelayotgan yoshlarga, o‗smirlarga ham OAVlar shunday ta‘lim bermoqdalar va u qay bir darajada o‗z xaridorini topmoqda hamda ongiga ta‘sir etmoqda. Demak, ―ommaviy madaniyat‖ning ana shunday siyqalanib, jo‗nlashib borishi hammamizni ogohlikka chorlashi lozim. “Ommaviy madaniyat” yoshlarga taklif qilayotgan lug„at: TUSHUNCHA “OMMAVIY MADANIYAT” MILLIY MADANIYAT ISROFGARCHILIK boylik belgisi resursni befoyda sarflash, inqiroz sari birinchi qadam YOSHLIK tez o‗tib ketadigan, lazzatlanib oladigan vaqt har bir daqiqasida bilim olish, komillikka intilish vaqti VAFO, SADOQAT eskilik sarqitlari komil insonga xos belgilar, ezgu amallar HAY, IBO Axloqsizlik axloq-odob belgisi, ijobiy fazilat INSOF QILISH imkoniyatni boy berish vijdon bilan ish tutish SAXOVAT resursni maqsadsiz sovurish o‗zgalarga beminnat yordam, oliyhimmatlik YAXSHI OTA bola qo‗liga katta pul beruvchi pozitiv partner bolasining kasb-hunar o‗rganishi va ilm olishiga ko‗maklashuvchi ota OILA shaxs erkinligini bo‗g‗uvchi zanjir mehr-muhabbatga asoslangan eng yaqin kishilar guruhi, oliy qadriyat XIYONAT erkinlik belgisi, kechirilishi kerak bo‗lgan ish bevafolik, sotqinlik, xoinlik XUDBINLIK o‗zi uchun yashab qolish, oila uchun qayg‗urmaslik, yaxshi odat faqat o‗zinigina o‗ylash, o‗zgalarga hurmat-e‘tiborsizlik, yomon odat «Ommaviy madaniyat»ning ko„rinishlari «Ommaviy madaniyat» vakillari deganda asosan ana shu to‗rtta illat – axloqiy buzuqlik va zo‗ravonlik, individualizm, egotsentrizmning kelib chiqishiga sabab bo‗ladigan odatlarni o‗ziga kasb qilib olgan va ularni madaniyat deb hisoblagan kishilar nazarda tutiladi. Bu to‗rt illat ham o‗z ichida bir necha qismlarga bo‗linib ketadi. Quyida ana shulardan ayrimlarini sanab o‗tamiz. A) AXLOQIY BUZUQLIK. 1. Kashandalik (ayniqsa, xotin-qizlarning sigareta chekishga berilishlari). Biz bolalarimizni jismonan yetuk va aqlan barkamol avlod etib tarbiyalaymiz, deb jon kuydirib turgan bir paytimizda xomilador ayollarimizning sigareta chekishini qanday baholash mumkin. Eng qizig‗i, ana shu ayollar uchun ayol kishinining sigareta chekishi bu – zamonaviy madaniyatning bir turi. Bugun tamakiga yo‗q deya olmagan bu ojizalarning ertaga giyohvandlik moddalarini iste‘mol qilmasligiga hech kim kafolat bermaydi, albatta. 2. Alkogolizm (ayniqsa, xotin-qizlarning spirtli ichimliklar ichishga ruju qo„yishlari). Buni ilgarilari faqat shahar joylaridagina ko‗rar edik. Hozir esa qishloqda ham ayollarning, ayniqsa, yosh qizlarning spirtli ichimliklar ichib yurishganining guvohi bo‗lmoqdamiz. Go‗yoki ular ichishmasa, o‗zlarini zamondan orqada qolgan, madaniyatsiz va tahqirlangan deb his etishar emish. Anglab turganingizdek, ichish undaylar uchun madaniyat. Demak, ayollarning spirtli ichimliklarni ichib yurishlari ―ommaviy madaniyat‖ niqobi ostida kirib kelmoqda. Nima qilibdi ayollar ichsa, deydiganlar ham yo‗q emas, albatta. Birinchidan, bizning dinu diyonatimizga to‗g‗ri kelmaydi, ikkinchidan ichkilik insonning ham jismoniy, ham ruhiy sog‗ligiga jiddiy salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Spirtli ichimlik ichgan ayoldan esa sog‗lom bola tug‗ilishi dargumon. Mamlakatimizda ichuvchi ayollarimiz ko‗payaversa, ularning aksariyat qismi yo tug‗ishdan bosh tortadi (chunki kayfu safoga berilgan ona farzand tarbiyasi bilan o‗ralashib yurishni xohlamaydi), yoki tuqqan bolasi ma‘lum bir darajada nomukammal bo‗ladi. Natijada kelajak avlodimiz barkamolligini yo‗qotish xavfi tug‗iladi. Chunki, olimlarning kuzatuvlariga ko‗ra, inson miyasida o‗n yetti milliarddan ortiq hujayra bor ekan. Bu hujayralarning har biri mikrokapellyar qon tomirlari orqali oziqlanadi. Ular shunchalik nozikki, qon tarkibiga alkogol qo‗shilganda, qurum paydo bo‗lib, hujayralarga qon o‗tmaydi, yetti-sakkiz daqiqadan keyin esa millionlab hujayralar o‗la boshlaydi va boshqa tiklanmaydi… Yuqoridagi illatlarning oldini olish uchun muntazam sport bilan shug‗ullanish lozim. Zero, Yurtboshimiz ta‘kidlaganlaridek, ―… sport – sog‗lom avlod, sog‗lom kelajak degani. Binobarin, faqat sog‗lom xalq, sog‗lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo‗ladi. …bolalar va yoshlarning sport bilan ommaviy ravishda shug‗ullanishi ularning xarakterini toblaydi, kuchli, mard va jasur bo‗lib kamol topishiga xizmat qiladi, qat‘iyatli, hayot sinovlari va qiyinchiliklarini mardona yengib o‗tishga qodir insonlar etib tarbiyalaydi‖. 3. Haddan tashqari tor va ochiq, badani, ayniqsa, hatto ayollik belgilari ham ko„rinib turadigan darajadagi kiyimlar kiyish. Bunday holatni ilgari boshqa millat vakillarida uchratar edik. Hozir o‗zbek millatiga mansub qizlarimiz, qolaversa katta yoshli ayollarmizni ham shunday kiyimda ko‗rishga majbur bo‗lib qoldik. Eng achinarlisi, o‗qituvchilarimizning shunday ahvolda kiyinishlaridir. Ayniqsa boshlang‗ich sinf o‗qituvchilari. Buni ko‗rib tarbiya olayotgan bolalarimizni kelajakda bundanda badtar holatda ko‗rmaymiz deb kim kafolat bera oladi. Axir, qush uyasida ko‗rganini qiladi, qolaversa ibrat ma‘rifati degan tushuncha bor. Bugungi har bir murg‗ak qalb katta avloddan o‗rnak olib tarbiya topadi. Hozirgi o‗qituvchilarimiz esa bolalarimizni milliy-ma‘naviy ruhda tarbiyalash o‗rniga ―ommaviy madaniyat‖ bobida namuna bo‗lmoqdalar, xolos. Ba‘zi o‗qituvchilarimizning (ular ham kimningdir qizi, opasi, singlisi, onasi yoki suyukli rafiqasi) kiygan kiyimlari shunchalik yupqaki, ulardan odam anatomiyasi darslarida ko‗rgazmali vosita sifatida foydalanish ham mumkin. 4. Balog„atga yetmagan yosh yigit-qizlarning jamoat joyida o„pishib, quchoqlashib turishlari. Bunday voqealarga bugungi kunda ko‗proq shahar joylarida guvoh bo‗lasiz. Eng qizig‗i, shundaylar o‗zlari qilayotgan ishlarini madaniyat deb biladilar. Agar millatimiz vakillarining aksariyati ana shu odatni kasb qilib olsa, bizda milliy ma‘naviyat, yuksak madaniyat degan tushunchalar qayoqqa ketadi. Qizlardagi or-nomus, hayo va ibo, sharm va iffat qayoqqa ketadi. Bizning milliyligimiz ana shu qadriyatlarda emasmi? Barcha dinlar, milliy madaniyatlar o‗smir qizlarga ―O‗zingni bokira tut. Asra‖, deb keldi. Ommaviy madaniyat esa ―Kontratseptivdan foydalan. Partneringni hadeb almashtiraverma. Xo‗p-mi!‖, deb nasihat qilmoqda. Bugun u o‗z nasihatini o‗zbeklarning qizlariga aytish uchun kelayotir. Chet el telekanallari va turli xorijiy filmlar ta‘siriga tushib qolayotgan yigit-qizlarimiz ommaviy madaniyatga ergashdi, lekin uning nasixatlarini ham to‗la-to‗kis bajarmayaptilar. YA‘ni hech qanday kontratseptivdan foydalanishmayotir va tez-tez partnerlarini almashtirib turishibdi. 5. Ayollarning erkakcha so„kinishlari. Buning isbotini siz poytaxtdagi bozorlarda savdo qiladigan ayrim ayollarning joy talashishlari jarayonida yoki militsiya xodimining biror ayolni mahkamaga olib ketayotganidagi holatda ko‗rishingiz mumkin. Buni albatta eng yorqin misol sifatida keltirdik, xolos. Aslida boshqa joylarda, ya‘ni ta‘lim muassasalari hamda boshqa mehnat jamoalarida ham bunday holatni kuzatish mumkin. Ayol kishi bo‗la turib badjaxl erkak ham og‗ziga olmaydigan so‗zlar (―d...‖, ―p...‖, ―s...‖, ―onang...‖, ―g...‖ va hokazolar) bilan so‗kinishi uning uchun madaniyatning bir turi bo‗lsa kerak, menimcha. Bizning milliy ma‘naviyatimizda esa bundaylarni axloqi buzuq odamlar deyiladi. 6. Ota-ona va boshqa katta yoshlilarga nisbatan hurmatsizlik. Bu odatni ham ko‗proq o‗zga millat vakillarida kuzatar edik. Bugunga kelib sof o‗zbeklarimiz ham shu odatni qabul qilishgan. Ota-onalariga ruscha murojaat qilishadi va ―Mama, ti...‖, ―Papa, ti...‖ kabi so‗zlardan ham foydalanishadi, avtobus yoki boshqa jamoat transportlarida kattalarga joy berishmaydi va hokazo. 7. Pornografiya. Bunday holatlarni avvallari internet klublarida ko‗rardik. Bugun ular nazoratga olinib, tanqid va ta‘qib qilinganidan keyin, endi yashirin ravishda disk sotish, uyatsiz rasmlar sotish va boshqa shu kabi axloqsizliklar avj olib bormoqda. Milliy mentalitetimizga zid bo‗lgan bunday odatlar esa yoshlarning ma‘naviy tubanlashishiga, o‗g‗il bolalarning yigitlik xususiyatini yo‗qotishgacha olib kelayotganini e‘tibordan chetda qoldirmaslik lozim. 8. Starizm (sub‟ektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish). Yosh yigit-qizlarning shaxsiy xonalariga kirsangiz, yo chet el aktyori, yo chet el qo‗shiqchisi, yo chet el telediktori yoki chet sportchisining bir necha yuzlab rasmlarini devorlarga yopishtirib tashlaganiga ko‗zingiz tushadi. Eng qizig‗i ular ana shu qahramonlarining rasmini (!) yaqin kishilaridan ham ustun qo‗yishadi (Birorta rasmni yirtsangiz, ―Bu sendan qimmat turadi, nega yirtding!?‖ deb o‗dag‗aylashidan ham buni bilish mumkin). Ular qorinlari och qolsa ham non olmasdan o‗zlari sevgan qahramonlarining rasmi yoki ijod namunasini olishadi. Ana shu qahramonlari uchun hech narsadan toymaydilar, hatto o‗zgalarga shikast yetkazishdan ham. 9. Bilimsizlik, axloqsizlik, madaniyatsizlik, tartibsizlikni qo„llab-quvvatlash. Yoshlar orasida ―Xeh, pat-t-trio-o-o-ot!!!‖ degan istehzo bilan bilimli, odob-axloqli, madaniyatli bolalar ustidan kulish va mazaxomuz ohangdagi so‗zlarni aytib, uni yakkalash holatlarini kuzatish mumkin. Bundaylar sinfdosh yoki guruhdoshlari uy vazifasini tayyorlab kelgan bo‗lsa, unga qarata: ―Endi o‗zingcha bilimdonsan-da, a?!‖, ―Aqllilik qilyapsan-da, a!?‖ kabi gaplar bilan madaniyatli, axloq-odobli bolalarning g‗ashiga tegishadi va shu yo‗l bilan ularni ham o‗z saflariga, ya‘ni ishyoqmas, dangasa, axloqsiz, bilimsiz bezorilar safiga qo‗shishga harakat qilishadi. Ajablanarlisi, ma‘lum bir ma‘noda maqsadlariga erishishadi ham. Natijada bilimli, yuksak didli va madaniyatli yoshlar soni kamayib boradi. 10. Xullas, yuqorida sanab o‗tilgan illatlarga chalinib qolmaslik uchun har bir yosh doimiy bilim olishga intilib yashashi kerak. Chunki muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov e‘tirof etganlaridek, ―Biz haqiqatan ham o„z farzandlarimiz va nabiralarimiz bilan faxrlanishni istasak - ular zamonaviy bilim va tajribaga ega, iymonli-e‟tiqodli bo„lishlariga, Vatanimiz tarixida o„chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning ishlarini davom ettirishlariga erishishimiz lozim”. 11. Tatuirovka. Tatuirovka – teri ostiga rang yuborib, turli xil shakl va naqshlar chizish. Tatuirovka qildirish avvallari mahbuslarga xos odat edi. Hozir esa u ommaviylashib, yoshlarning sevimli ―madaniyat‖iga aylandi. Aslida u turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarish ―ommaviy madaniyat‖ni tarqatuvchilarga oydek ravshan. Tarixiy kitoblarda yozilishicha, tatuirovkaning qadimiy ko‗rinishlari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida qabilalar orasida vujudga kelgan. Avvaliga bir qabila a‘zolarini boshqa bir qabiladan ajratib ko‗rsatish uchun qo‗llanilgan belgi keyinchalik tarixda ashaddiy jinoyatchilar uchun jazo vositasiga aylangan. Ammo qaysi manbani qidirmang, xalqimiz o‗tmishida tatuirovka to‗g‗risida biror ma‘lumot topilmaydi. Unga nisbatan begonalik kayfiyati ham ana shundan, desak mubolag‗a bo‗lmaydi. Hozirgi kunga kelib «tatuirovka» termini yevropa davlatlarida sekin-astalik bilan tarqala boshladi, har xil tillarga kiritilib, leksikada aniq nima haqida gapiralayotganini ifodalovchi so‗z bo‗lib o‗rnashib keldi. 1856 yilda P.Nisten tarafdan tayyorlangan «Tibbiyot lug‗ati»da «tatuirovka» so‗zi butun dunyoda tatuirovkani xillarini anglatovchi so‗z bo‗lib ilk bor kiritildi. Undan keyin E.Littre «Fransuz tili katta lug‗ati»ga kiritdi. 44 Bir jinsli nikoh. Erkakning erkakka intilishidan jamiyat nafratlanib kelgan, ko‗payishiga yo‗l qo‗ymagan... Endilikda esa bunday «oila» qurishga turli mamlakatlarda qonun yo‗li bilan ruxsat berishga intilish bor. Eng dahshatlisi shundaki, ularga bola boqib olishga ham ruxsat etilyapti. Tabiiy savol tug‗iladi: ―Ular boquvidagi bola qanday tarbiya ko‗radi, kim bo‗lib yetishadi?‖ Ular boqqan bola ota-onam deb emas, balki yo ona-onam yoki ota-otam deb katta bo‗ladi. Uning ma‘naviyati qay darajada bo‗lishi haqida esa o‗zingiz xulosa qilavering. Bu illatning aksi sifatida bizda oila atalmish qadriyat bor. Har bir yosh oilaga sadoqatli, ota-onaga hurmat ruhida tarbiya topsa, milliy an‘analarimizga qat‘iy amal qilsa, har holda bunday xunuk ishlarga qo‗l urmasdi. Sababi ―Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilish, ochiq ko‗ngillilik, millatidan qat‘i nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‗lish, o‗zgalar kulfatiga hamdard bo‗lish va o‗zaro yordam tuyg‗usi kishilar o‗rtasidagi munosabatlarning meyori hisoblanadi‖ 45 . Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling