2-Amaliy mashg’ulot Maydalangan maxsulotlarni yirikligi buyicha saralash va ularning tasnifi


Download 13.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.11.2023
Hajmi13.57 Kb.
#1759309
Bog'liq
2-амалий машгулот



2-Amaliy mashg’ulot
Maydalangan maxsulotlarni yirikligi buyicha
saralash va ularning tasnifi 
Un, yorma va omixta yem ishlab chiqarishda maydalangan mahsulotlarni 
yirikligi bo‘yicha saralash o‘ziga xos zarur texnologik operatsiyalardan biridir.Un
ishlab chiqarishda donlarni jo‘vali stanoklarda maydalaganda, hosil boiadigan 
mahsulotlar yirikligi bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Bu ularga keyingi
ishlov berishni qiyinlashtiradi. Ularga sovurish-elash mashinalarida va jo‘vaIi
stanoklarda ishlov berish operatsiyalarining samaradorligiga, bu 
mahsulotlaming granulometrik tarkibiga bog‘liq bo’lib, ular yirikligi bo'yicha 
qancha tenglashtirilgan bo‘lsa, shunchalik mos texnologik sistemaning ish rejimini 
rostlash aniqligi yuqori boiadi. Bundan tashqari maydalangan don mahsulotlarini 
yirikligi bo‘yicha fraksiyalarga bo’lish, ularni sifati bo’yicha ajratish imkonini 
beradi.
Maydalangan mahsulotlarni elaklarda saralash natijasida dondan olinadigan 
oxirgi mahsulotlar un va kepakdan iborat bo’ladi.Yorma ishlab chiqarish
sanoatida saralash jarayoni asosiy jarayon hisoblanadi. Elaklarda mahsulotni
elash natijasida yorma tarkibidagi un ajratib olinadi va yorma yirikligi bo‘yicha 
navlarga yoki nomerlarga ajratiladi. 
Maydalangan don mahsulotlari yirikligi bo‘yicha maxsus uskunalarda
elakdonlarda saralanadi. Ulaming ishchi organlari elaklardir. Qo‘llanilishi maqsadi 
va materialiga bog‘liq holda elaklar metal simdan, ipak ipli (yormachalar
uchun) va sintetik iplardan to‘qilgan bo‘ladi.Tabiiy ipakdan to‘qilgan elak
o‘rniga sintetik materialdan to'qilgan, asosan, kapron va poliamiddan to‘qilgan 
elaklar keng qo‘llaniladi. 
Elaklar nomerlanishi bilan farq qiladi. Metall simli elak nomeri
sifatidaularning teshik o‘lchamlari qabul qilingan. Agar elak nomeri 056
bo‘lsa, demak,teshik tomonlarining o‘lchamlari 0,56 mm. Yormabop ipak
elaklarning nomeri 1♦dm
2
elak yuzasidagi teshiklar soni bilan aniqlanadi.
Masalan, elak nomeri 270* *bo’lsa, buncha 10 sm
2
elak yuzasiga 270 ta
teshiklar (yacheyka) to‘g‘ri keladi. Unbop ipak elagining nomeri 1 sm
2
elak 
yuzasidagi teshiklar soniga mos keladi. ya’ni 1 sm
2
elakda 35 ta teshik bo'lsa, 
elak nomeri 35 bo‘ladi. Sintetik materialdan (kapron) to‘qilgan elaklarning
nomeri ham 1 sm
2
elak yuzasidagi teshiklar soni bilan aniqlanadi. 
Elaklami boshqa materialdan to‘qilgan elak bilan almashtirish zaruriyati 
paydo bo‘lsa, elakning jonli kesim koeffitsiyentini hisobga olgan holda teshik 
o’lchamiga mos keladigani tanlanadi.
Nazorat savollari 
1. Maydalangan mahsulotlarni saralash jarayonining asosiy vazifalari 
nimalardan iborat? 
2. Maydalangan mahsulotlar qaysi ko‘rsatkich!ari bo‘yicha saralanadi? 
3. Maydalangan mahsulotlarni saralashda qo’llaniladigan elaklarning tavsifmi 
keltiring. 


4. Tegirmonda maydalangan mahsulotlar qaysi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
tasniflanadi? 
5. Tabiiy ipakdan to‘qilgan elak o‘rniga qaysi materialdan to‘qilgan
elaklar keng qo‘llaniIadi? 

Download 13.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling