O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIG
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA
INSTITUTI
«Elektro energetika » fakulteti
«Avtomatika va energetika » kafеdrasi
KIMYO fanidan
Mustaqil ish
Bajardi: 18 e 21 gurux talabasi
Muxtorov Muhammadsodiq
Qabul qildi:Abidav.I
Mustaqil ishi mavzu; Mineral o’g’itlar
Reja ;
Mineral o’g’itlar
0 ‘g‘itlarning klassiflkatsiyasi.
Azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar
Mineral o ‘g‘itlar
Tarkibida o'simliklar uchun zaruriy oziq elementlari boiadigan moddalar, asosan tuzlar mineral o ‘g ‘itlar deyiladi. Ular yuqori va barqaror hosil olish maqsadida tuproq unumdorligini oshirish uchun tuproqqa qo'shiladi.
Makro va mikroo‘g‘itlar. 0 ‘simliklarning o‘sib rivojlanishi uchun zarur boigan asosiy kimyoviy elementlar quyidagilardir (ular o'nta): С, О, H, N, P, K, Ca, Mg, Fe, S. 0 ‘simliklarning mineral oziqlanishi uchun zaruriy elementlardan N, P, К va ba’zi boshqalari o‘simliklarga ko‘p miqdorlarda kerak boiadi. Shu sababli ular makroelementlar deyiladi, tarkibida shu elementlar bor o‘g‘itlar makroo‘g ‘itlar yoki odatdagi o‘g‘itlar deyiladi.
Lekin tirik organizmlarga yuqorida aytib o‘tilgan 10 element bilan birga juda oz miqdorlarda (mikromiqdorlarda) B, Cu, Co, Mn, Zn, Mo, J kabi kimyoviy elementlar ham zarur. Ular mikroelementlar, tarkibida shunday elementlar bor o‘g‘itlar esa — mikroo‘g ‘itlardeyiladi. Hozir mikroo‘g‘itlarsiz — dalalarning vitaminlarisiz ish yuritib boimaydi, chunki ulardan foydalanish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
0 ‘g‘itlarning klassiflkatsiyasi. Mineral o‘g‘itlar oddiy (bir tomonlama ta’sir etadigan) va kompleks (murakkab va aralash) o‘g‘itlarga boiinadi.
Oddiy o ‘g ‘itlar tarkibida bitta oziq elementi boiadi. Masalan, natriyli selitra tarkibida azot, kaliy xlorid tarkibida kaliy bor va h.
Murakkab о ‘ g ‘ i 11 a rning bir xil zarrachalari tarkibida ikkita va undan ko‘p oziq elementi boiadi. Masalan, kaliyli selitra tarkibida kaliy bilan azot, nitrofoskada — azot, fosfor hamda kaliy boiadi va h
Aralash o ‘g ‘itlar turli xil o ‘g‘itlarning — oddiy, murakkab o‘g‘itlaming mexanik aralashmasidan iborat boiadi. Ular ko'pincha o ‘g ‘it aralashmalari deyiladi.
0 ‘g‘itlar ishlab chiqaradigan sanoat o ‘g ‘it sanoati deyiladi. Hozirgi vaqtda bu sanoat mineral o ‘g‘itlarning 40 dan ortiq turini ishlab chiqarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |