Zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
Download 219.46 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 25 martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2440]
- Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi
- I bob. Umumiy qoidalar
- II bob. Kengashni tuzish
- III bob. Kengash ishini tashkil qilish
- IV bob. Dissertatsiyani himoyaga qabul qilish yuzasidan Kengash majlisini o‘tkazish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYOSATINING
QARORI
FAN DOKTORI ILMIY DARAJASINI BERUVCHI ILMIY KENGASH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF–4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 30-son, 346-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 1-son, 5- modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1.
Fan doktori
ilmiy darajasini beruvchi ilmiy
kengash to‘g‘risidagi nizom ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996 yil 25 yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan Ixtisoslashgan kengash haqida
nizom (ro‘yxat raqami 260, 1996 yil 10 iyul);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003 yil 17 iyuldagi 96/3-son «Ixtisoslashgan kengash haqida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qarori (ro‘yxat 260-1, 2003 yil 12 avgust) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003 y., 15-son);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2009 yil 24 dekabrdagi 160/11-son «Ixtisoslashgan kengash haqidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida» qarori (ro‘yxat raqami 260-2, 2010 yil 20 yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 3-4-son, 23-modda).
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Rais G. BAXADIROV
Toshkent sh., 2013 yil 31 yanvar,
195/3-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013 yil 31 yanvardagi 195/3-son qaroriga
ILOVA
Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi
NIZOM Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining « Ta’lim to‘g‘risida »gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda), « Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida »gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF–4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 30-son, 346-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 1-son, 5- modda) muvofiq fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: talabgor — fan doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borayotgan shaxs;
attestatsiya — oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash jarayoni bosqichlarida tegishli chora-tadbirlarni o‘tkazish, jumladan malakaviy imtihonlarni qabul qilish, seminarlar va davra suhbatlarida dissertatsiyani aprobatsiyadan (muhokamadan) o‘tkazish, fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashda (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) dissertatsiya himoyasini o‘tkazish va dissertatsiyani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida (keyingi o‘rinlarda OAK deb yuritiladi) ekspertizadan o‘tkazish asosida talabgorlarning ilmiy saviyasini hamda dissertatsiya natijalarining yangiligi va sifatini baholash;
qo‘lyozma shaklidagi yuqori malakaviy ilmiy asar;
tadqiqotlarga talabgorning qo‘shgan hissasi, tadqiqot natijalarining yangiligi, ilmiy va amaliy ahamiyati hamda tatbig‘i bayon qilingan qo‘lyozma;
ishlanmalari bajarilgan tashkilot;
dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, uni dissertatsiyalarni baholash mezonlariga mos kelishini baholash;
kengash;
Kengash qoshidagi ilmiy seminar — dissertatsiyani yakuniy dastlabki ekspertizadan o‘tkazadigan seminar (keyingi o‘rinlarda Ilmiy seminar deb yuritiladi);
tavsiyalarining to‘g‘riligi va asoslanganligi, dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, talabgorning fanga qo‘shgan hissasi bo‘yicha ilmiy jamoatchilik oldida o‘tkaziladigan muhokama;
tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilab beradigan va tadqiqotni o‘tkazishda maslahat beradigan mas’ul shaxs;
yuzasidan Kengashning qo‘shimcha xulosasi;
tuziladigan bir martalik komissiya;
tiklash to‘g‘risidagi qarorlar yuzasidan berilgan shikoyat arizasi.
2. Kengash dissertatsiyalarning ekspertizasi sifati, xolisligi, tayyorlangan dissertatsiya himoyasi uchun zarur sharoit yaratilishi va qabul qilgan qarorlarining asosliligi uchun mas’uldir.
3. Huzurida Kengash tuzish uchun muassasalar quyidagi talablarga javob berishi lozim: fundamental va amaliy fanning tegishli sohalaridagi tan olingan yutuqlarga, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishning yuqori darajasiga erishgan, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yetarli ilmiy salohiyatga – kamida ikki nafar fan doktori hamda sifatli oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibiga;
tegishli fan sohalari bo‘yicha davlat grantlari va xalqaro grantlarda, ilmiy loyihalarni (xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari va boshqalar) ishlab chiqishda ishtirok etayotgan hamda ilmiy ishlari, jumladan xorijda nashr qilingan ilmiy ishlari mavjud bo‘lgan xodimlarga;
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy ishlab turgan ilmiy seminarlarga, respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lishi.
4. Kengash oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi yetakchi oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida mazkur muassasalar bo‘ysunuvchi vazirliklar, idoralar va Fanlar akademiyasining murojaatnomalariga asosan, OAK tomonidan tuziladi.
Muassasalar Kengash tuzish uchun mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan talablarning barchasiga javob bermagan taqdirda, vazirliklar, idoralar va Fanlar akademiyasining murojaatnomalariga asosan, OAK tomonidan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida, istisno tariqasida, tashkilotlararo Kengash tuzilishi mumkin.
Kengash hamda tashkilotlararo Kengash rahbariyati va tarkibi OAK tomonidan tasdiqlanadi.
5. Vazirliklar, idoralar va Fanlar akademiyasining murojaatnomasida Kengash tuzish zarurati va uni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilishi hamda murojaatnomaga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Kengash a’zoligiga tavsiya etilayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumot, ob’ektiv-ma’lumotnoma, ularning yozma roziligi va oxirgi uch yil ichida nashr etilgan ilmiy ishlari ro‘yxati ilova qilinadi.
6. Kengash tomonidan ko‘pi bilan to‘rtta ixtisoslik yoki fan sohasi bo‘yicha dissertatsiyalar himoyaga qabul qilinishi mumkin.
7. Kengash a’zolari kamida o‘n bir nafar va ko‘pi bilan yigirma bir nafar fan doktorlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
8. Kengash tarkibiga, istisno tariqasida, tegishli ixtisoslik yoki fan sohasi bo‘yicha faol ilmiy faoliyat olib borayotgan va katta ilmiy-amaliy tajribaga ega bo‘lgan fan nomzodlari ham kiritilishi mumkin, bunda fan doktorlari soni Kengash a’zolarining 80 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
nafar fan doktori bo‘lishi lozim. Kengash tarkibiga fan nomzodlari kiritilgan taqdirda, kamida to‘rt nafar fan doktori bo‘lishi lozim.
9. Zarur hollarda, Kengash tarkibiga Kengash ixtisosliklariga yaqin fan sohalari bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Bir shaxs faqat bitta fan sohasining bitta ixtisosligi bo‘yicha Kengashga kiritiladi hamda ko‘pi bilan ikkita Kengash a’zosi bo‘lishi mumkin.
Kengash a’zoligiga tavsiya etilayotgan shaxslar oxirgi uch yil ichida kamida beshta ilmiy ish (ilmiy maqolalar, monografiyalar, ixtiro uchun patentlar) nashr ettirgan bo‘lishi shart.
10. Kengash tarkibiga OAK Rayosati va OAK ekspert kengashlarining a’zolari kiritilmaydi.
Kengash ixtisosliklari bo‘yicha yetakchi mutaxassis-olimlar — fan doktorlari vazirliklar, idoralar va Fanlar akademiyasining murojaatnomasiga asosan, OAK tomonidan Kengash raisi va o‘rinbosar(lar) etib tasdiqlanadi.
Kengash raisi turli sabablarga ko‘ra Kengash faoliyatida ishtirok etaolmagan taqdirda, uning vazifasini rais o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlardan biri bajaradi.
Kengash ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan hamda Kengash tuzilayotgan yetakchi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida shtat asosida ishlaydigan shaxs OAK tomonidan Kengash ilmiy kotibi etib tasdiqlanadi.
11. Kengash tarkibi har yili uning kamida 15 foizini yangilash sharti bilan uch yil muddatga tasdiqlanadi. Kengash tarkibida surunkasiga ikki muddatdan ortiq ishlash mumkin emas. Kengash tarkibidan chiqqan a’zolar Kengash tarkibiga uch yil o‘tgandan keyin qayta kiritilishi mumkin.
Kengash raisi, rais o‘rinbosar(lar)i va ilmiy kotibi vazifasini bajarish muddati uch yildan oshmasligi lozim hamda keyingi uch yil ichida ushbu vazifalarga qayta tasdiqlanishi mumkin emas.
12. OAK tomonidan Kengash ixtisosliklari ro‘yxati va Kengash raisi tegishli vazirliklar, idoralar va Fanlar akademiyasining murojaatnomasiga yoki OAK ekspert kengashining tavsiyasiga asosan o‘zgartirilishi mumkin.
13. Kengash tarkibiga o‘zgartirishlar Kengash tuzilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbarining yoki Kengash raisining murojaatnomasi asosida OAK tomonidan kiritilishi mumkin. Bunda o‘zgartirishlar aniq ko‘rsatilishi hamda asoslab berilishi lozim.
14. Dissertatsiya ixtisosligi yoki tegishli fan sohasi bo‘yicha Kengash bo‘lmagan taqdirda, ish bajarilgan tashkilot dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan o‘tkazib, dissertatsiya ixtisosligiga mos yoki yaqin keluvchi Kengashga, bunday Kengash bo‘lmagan taqdirda, OAKga Bir martalik kengash tuzishni so‘rab murojaat qiladi.
15. Ish bajarilgan tashkilot Bir martalik kengash tuzish bo‘yicha Kengashga murojaat qilganda, dissertatsiya Kengash tomonidan dastlabki ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosa ijobiy bo‘lgan taqdirda, Kengash bir martalik himoya o‘tkazish zarurligi asoslangan taqdimnoma bilan OAKga murojaat qiladi.
16. Mazkur taqdimnomaga Kengash tarkibiga qo‘shimcha a’zolarni kiritish bo‘yicha takliflar ilova qilinadi.
Kengash tarkibiga qo‘shimcha a’zolarni kiritish bo‘yicha taklifda tegishli ixtisoslik yoki fan sohasi bo‘yicha hal qiluvchi ovoz berish huquqi bilan kamida besh nafar fan doktori kiritilishi nazarda tutilishi lozim.
17. Ish bajarilgan tashkilot yoki Kengash Bir martalik kengash tuzish bo‘yicha OAKga murojaat qilganda, OAKga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Bir martalik kengash tuzish haqidagi murojaatnoma; Kengash tarkibiga kiritilayotgan qo‘shimcha a’zolar, ish bajarilgan tashkilotda Kengash tuzilayotganda, barcha Kengash a’zoligiga tavsiya etilayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumot va ob’ektiv-ma’lumotnomalar, ularning yozma roziligi va oxirgi uch yil ichida nashr etilgan ilmiy ishlari ro‘yxati;
talabgor to‘g‘risidagi ob’ektiv-ma’lumotnoma; talabgorning oliy ta’lim muassasasini bitirganligi haqidagi diplomi nusxasi;
talabgorning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqatini aniqlash bo‘yicha test sinovlaridan o‘tganligi haqidagi guvohnoma yoki fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari diplomi nusxasi;
malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar; ish bajarilgan tashkilotning xulosasi;
dissertatsiya muhokama qilingan tashkilotlarning xulosalari; hammualliflikdagi ilmiy ishlarini dissertatsiyaga to‘la yoki qisman kiritish uchun talabgorning hammualliflarining yozma roziligi;
dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining qo‘lyozmalari; talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari.
18. Kengashning taqdimnomasi yoki ish bajarilgan tashkilotning murojaatnomasi asosida taqdim etilgan hujjatlar OAK tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosa ijobiy bo‘lgan taqdirda, mazkur Nizomning 7—10-bandlariga muvofiq Bir martalik kengash va uning qoshidagi ilmiy seminar tarkibini tuzadi va tasdiqlaydi.
Zarur hollarda, Bir martalik kengash tarkibi dissertatsiya ixtisosligiga yaqin fan sohalari bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslardan iborat tarkibda tuzilishi mumkin.
Dissertatsiya bo‘yicha yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar OAK tomonidan tavsiya etilishi mumkin.
19. Dissertatsiya bo‘yicha ekspert kengashining xulosasi salbiy bo‘lgan taqdirda, Kengash taqdimnomasi yoki ish bajarilgan tashkilotning murojaatnomasiga nisbatan rad javobi beriladi hamda dissertatsiya yuzasidan ekspert kengashi tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar tegishli Kengash yoki tashkilotga yuboriladi.
Talabgor kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng, ish tegishli Kengash yoki tashkilot tomonidan qayta ekspertizadan o‘tkazilib, Kengashga yoki OAKga Bir martalik kengash tuzishni so‘rab murojaat qiladi.
20. Bir martalik kengash tuzish bo‘yicha OAKning salbiy qarori chiqqan kundan e’tiboran olti oy o‘tgandan keyin, qayta murojaat qilish mumkin.
21. Bir martalik kengash faoliyati mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. III bob. Kengash ishini tashkil qilish
22. Kengash xolislik, ochiqlik, shaffoflik va tezkorlik prinsiplari asosida OAK rahbarligida faoliyat olib boradi. Kengash faoliyati tashkilotning veb-sayti orqali yoritib boriladi.
23. Talabgor dissertatsiyasi himoyasiga oid barcha hujjatlar bilan tanishish va Kengash rahbariyatidan barcha masalalar xususida malakali yordam olish huquqiga ega.
24. Kengash majlisida bitta dissertatsiya himoyasi yoki bitta jamoaviy taqriz muhokamasi, kun davomida esa, ikkita majlis o‘tkazilishi mumkin. Dissertatsiya himoyalari sessiya tarzida OAK ruxsati bilan o‘tkaziladi.
25. Kengash dissertatsiya himoyasini o‘tkazish navbatini rejalashtirishda, birinchi navbatda, boshqa tashkilotlardan kelgan talabgorlarning dissertatsiyalarini himoyaga qabul qilish va OAK tomonidan qo‘shimcha xulosa olish uchun yuborilgan dissertatsiyalarni ko‘rib chiqishga e’tibor qaratishi lozim.
26. Kengash o‘zi faoliyat yuritayotgan tashkilotning rasmiy blanki va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhridan foydalanadi. Tashkilot rahbariyati Kengash faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishga mas’uldir.
27. Quyidagi hollarda Kengash faoliyati OAK tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi yoki tugatilishi mumkin:
Kengash tomonidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob bermaydigan hamda ilmiy saviyasi past dissertatsiya himoyalari o‘tkazilganda;
Kengash faoliyati davomida himoya qilingan ikkita dissertatsiyaga OAK tomonidan rad javobi berilgan bo‘lsa;
dissertatsiya himoya qilish tartibi Kengash tomonidan muntazam ravishda buzilganda. 28. Kengash raisi har yili 31 dekabrga qadar Kengash faoliyati bo‘yicha tegishli tashkilotga hamda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda OAKga hisobot beradi.
29. Kengash tomonidan quyidagi asosiy masalalar yuzasidan majlislar o‘tkaziladi: dissertatsiyani himoyaga qabul qilish;
dissertatsiyani himoya qilish; OAK tomonidan yuborilgan dissertatsiyani ko‘rib chiqish;
ilmiy darajalardan mahrum etish yoki uni tiklash masalalarini ko‘rib chiqish; apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish.
30. Dissertatsiyani Kengashda dastlabki ekspertizadan o‘tkazish hamda Ilmiy seminarning ishlash tartibi fan doktori ilmiy darajasini berish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Ilmiy seminar tomonidan dissertatsiya bo‘yicha ijobiy xulosa berilgandan so‘ng, dissertatsiya ixtisosligi bo‘yicha Kengashning uch nafar a’zosidan iborat tarkibda ekspert komissiyasi tuziladi. Ekspert komissiyasi tarkibiga ilmiy seminar a’zosi bo‘lgan Kengash a’zolari ham kiritilishi mumkin.
32. Ekspert komissiyasi zimmasiga quyidagilar yuklatiladi: ko‘rilayotgan dissertatsiya va unga tegishli hujjatlarning OAK talablariga mosligini tekshirish;
dissertatsiya bilan tanishib chiqish va uning tegishli ixtisosliklarga qay darajada muvofiq kelishi va talabgor tomonidan e’lon qilingan ishlarda dissertatsiya materiallari qanchalik to‘liq bayon etilganligi bo‘yicha xulosa berish;
dissertatsiya bo‘yicha yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar tayinlash, zarur hollarda, Kengash tarkibiga qo‘shimcha a’zolar kiritish yuzasidan takliflar berish.
33. Kengash ish bajarilgan tashkilot, Ilmiy seminar va Kengash ekspert komissiyasining xulosalariga asosan, dissertatsiyani himoyaga qabul qiladi.
Ish bajarilgan tashkilot huzurida Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, dissertatsiya tegishli laboratoriya, bo‘lim, kafedra yoki kafedralararo, laboratoriyalararo birlashgan ilmiy seminarning hamda Ilmiy seminar va Kengash ekspert komissiyasining xulosalariga asosan, himoyaga qabul qilinadi.
34. Kengash majlisi mazkur Nizomning 42-bandida belgilangan talablarga muvofiq vakolatli hisoblanadi. Kengashning ekspert komissiyasining ijobiy xulosasiga asosan dissertatsiyani himoyaga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan majlisda ishtirok etayotgan Kengash a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan yoqlab ovoz berilganda, qabul qilingan hisoblanadi.
Yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar Kengash tomonidan dissertatsiyani himoyaga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin tasdiqlanadi hamda tegishli hujjatlar dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida OAK veb-saytida e’lon berish uchun OAKga taqdim etiladi. Dissertatsiya himoyasi to‘g‘risidagi e’lon «OAK Byulleteni» jurnalida ham chop etiladi.
35. Dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida OAK veb-saytida e’lon berilgandan so‘ng, Kengash raisi tomonidan qo‘lyozma huquqida dissertatsiya avtoreferatini chop etishga ruxsat beriladi va dissertatsiya himoyasi kuni tayinlanadi. Dissertatsiya avtoreferatining to‘liq matni huzurida Kengash faoliyat yuritayotgan tashkilotning veb-sayti va «ZiyoNET» axborot-resurs portaliga joylashtiriladi hamda uning elektron shakli rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yirik axborot-resurs markazlari va ilmiy tashkilotlariga yuboriladi.
36. Dissertatsiya himoyasi OAK veb-saytida e’lon berilgandan so‘ng, uch oy ichida o‘tkazilishi shart. Mazkur talab Kengash tomonidan bajarilmagan taqdirda, dissertatsiya himoyasini o‘tkazishga ruxsat berish masalasi OAK Rayosati tomonidan hal etiladi.
37. Dissertatsiya himoyasini o‘tkazish manzili, kuni va soati himoyadan kamida bir oy oldin dissertatsiya avtoreferatini mazkur Nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan dissertatsiya avtoreferati tarqatilishi shart bo‘lgan tashkilotlarga va Kengash tasdiqlagan qo‘shimcha ro‘yxatga asosan tarqatish hamda respublika ahamiyatidagi gazetalardan birida e’lon berish va huzurida Kengash faoliyat yuritayotgan tashkilotning veb-sayti orqali ma’lum qilinadi.
38. Dissertatsiya avtoreferati Kengash a’zolari va OAKga reestr asosida Kengash ilmiy kotibi tomonidan topshiriladi, rasmiy opponentlar va yetakchi tashkilotga kuzatuv xati orqali yetkaziladi. Dissertatsiya avtoreferati tarqatilishi shart bo‘lgan tashkilotlar hamda Kengash tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha qolgan shaxslarga pochta aloqasi bo‘limi orqali yuboriladi.
Kengashning har bir a’zosi dissertatsiya avtoreferati va Kengash faoliyat yuritayotgan tashkilotning Axborot-resurs markazida saqlanayotgan dissertatsiya bilan batafsil tanishib chiqishi shart. Kengash a’zolari tomonidan ham dissertatsiya avtoreferati bo‘yicha dissertatsiya yuzasidan taqriz berilishi mumkin.
39. Dissertatsiya o‘z mohiyatiga ko‘ra Kengash ixtisosliklariga to‘g‘ri kelmagan hamda talabgor tomonidan fan doktori ilmiy darajasini berish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq bajarilmagan taqdirda, dissertatsiya Kengash tomonidan himoyaga qabul qilinmaydi. Bunda talabgorga dissertatsiyani Kengash tomonidan himoyaga qabul qilmaslik sabablari ko‘rsatilgan majlis bayonnomasidan ko‘chirma hamda talabgor topshirgan barcha hujjatlar qaytarib beriladi.
Download 219.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling