Zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining


Dissertatsiyani himoya qilish yuzasidan Kengash majlisini o‘tkazish


Download 219.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.03.2017
Hajmi219.46 Kb.
#1811
1   2   3

Dissertatsiyani himoya qilish yuzasidan Kengash majlisini o‘tkazish

 

40.  Kengash  majlislari  Kengash  raisi  rahbarligida  o‘tkaziladi.  Kengash  raisi,  rais 



o‘rinbosari  va  ilmiy  kotibi  o‘zi  ilmiy  maslahatchi  bo‘lgan  dissertatsiya  himoyasi  ko‘rib 

chiqilayotganda,  Kengash  majlisida  raislik  qilishi  yoki  ilmiy  kotiblik  vazifalarini  bajarishi 

mumkin  emas.  Bunda  ularning  vazifasini  bajarish  huzurida  Kengash  faoliyat  yuritayotgan 

tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan Kengash a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.

 

Bir vaqtning o‘zida rais, rais o‘rinbosari va ilmiy kotib ham bo‘lmasa, Kengash majlisi 



o‘tkazilmaydi.

 

41.  Kengash  majlisi  ochilishidan  oldin  Kengashning  ekspert  komissiyasi  tomonidan 



tayyorlangan Kengash xulosasi loyihasi a’zolarga tarqatiladi.

 

42.  Kengash  majlisi  uning  ishida  a’zolarining  kamida  uchdan  ikki  qismi  va  unda 



himoya qilinayotgan dissertatsiya ixtisosligi bo‘yicha kamida uchta fan doktori ishtirok etganda 

vakolatli hisoblanadi.

 

Kengash  a’zolarining  majlisda  ishtirok  etayotganligi  hamda  ularning  Kengashdagi 



ixtisosligi va ilmiy darajalari majlis stenogrammasida qayd etiladi.

 

43.  Kengash  majlisi  ochilgandan  so‘ng,  rais  dissertatsiya  himoyasi  o‘tkazilishini, 



dissertatsiya mavzusini,  rasmiy opponentlarning  ism  va  familiyalarini  hamda  yetakchi  tashkilot 

nomini  e’lon  qiladi.  Shundan  so‘ng,  ilmiy  kotib  tomonidan  talabgor  topshirgan  hujjatlarning 

asosiy  mazmuni  va  ularning  belgilangan  talablarga  qay  darajada  muvofiq  kelishi  haqida 

ma’lumot beriladi.

 

44.  Ilmiy  kotibdan  so‘ng,  talabgorga  dissertatsiyaning  mohiyati  va  asosiy  holatlarini 



bayon  etish  hamda  savollarga  javob  berish  uchun  so‘z  beriladi.  Ilmiy  maslahatchi  talabgordan 

keyin  so‘zga  chiqadi.  Ilmiy  maslahatchi  o‘z  fikrini  yakunlagach,  ilmiy  kotib  tomonidan  ish 

bajarilgan tashkilotning va Ilmiy seminarning xulosalari,  yetakchi tashkilot taqrizi, dissertatsiya 

va  dissertatsiya  avtoreferati  bo‘yicha  Kengashga  kelib  tushgan  boshqa  taqrizlar  o‘qib 

eshittiriladi.

 

Kengashga dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati bo‘yicha ijobiy taqrizlar ko‘p kelib 



tushgan  taqdirda,  Kengash  a’zolarining  roziligi  bilan  ilmiy  kotib  tomonidan  taqrizlarda  qayd 

etilgan  fikrlar  qisqacha  bayon  qilinadi,  salbiy  taqrizlar  esa,  to‘liq  o‘qib  eshittiriladi.  Taqrizlar 

o‘qib eshittirilgach, talabgorga so‘z beriladi.

 

45.  Shundan  so‘ng,  dissertatsiya  bo‘yicha  rasmiy  opponentlar  so‘zga  chiqadi.  Har  bir 



rasmiy opponentning nutqidan so‘ng, javob berish uchun talabgorga so‘z beriladi.

 

46.  Kengash  a’zolari  va  majlisda  hozir  bo‘lganlarning  barchasi  ilmiy  munozarada 



ishtirok  etish  huquqiga  ega.  Munozara  tugagach,  fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  bo‘yicha 

yashirin  ovoz  berish  o‘tkaziladi.  Yashirin  ovoz  berish  mazkur  Nizomning 

4-ilovasiga

 muvofiq 

shakldagi  byulleten  (keyingi  o‘rinlarda  byulleten  deb  yuritiladi)  asosida  hisob  komissiyasi 

tomonidan o‘tkaziladi.

 

47. Hisob komissiyasi uch kishidan iborat tarkibda Kengash majlisida ishtirok etayotgan 



va  hal  qiluvchi  ovozga  ega  bo‘lgan  Kengash  a’zolarining  ko‘pchilik  ovozi  bilan  ochiq  ovoz 

berish orqali saylanadi.

 

48. Yashirin ovoz berishda Kengash majlisida ishtirok etayotgan va hal qiluvchi ovozga 



ega  bo‘lgan  Kengash  a’zolari  ishtirok  etadi  va  ularga  hisob  komissiyasi  tomonidan  qaydnoma 

asosida byulleten beriladi.

 

Dissertatsiya  himoyasiga  kechikib  kelgan  yoki  himoya  tugamasdan  ketib  qolgan 



Kengash  a’zolari  kvorumni  aniqlashda  hisobga  olinmaydi  va  yashirin  ovoz  berishda  ishtirok 

etmaydi.


 

O‘zi  a’zo  bo‘lgan  Kengashda  dissertatsiya  himoya  qilayotgan  talabgor  ovoz  berishda 

ishtirok etmaydi va majlisdagi Kengash a’zolarining ro‘yxatida hisobga olinmaydi.

 

49.  Ovoz  berish  yakunlangach,  hisob  komissiyasi  a’zolari  tomonidan  quticha  ochilib, 



byulletenlar sanaladi va ovoz berish natijalari yuzasidan mazkur Nizomning

5-ilovasiga

 muvofiq 

shakldagi  Hisob  komissiyasi  majlisining  bayonnomasi  (keyingi  o‘rinlarda  bayonnoma  deb 

yuritiladi) tuziladi.

 

50. Tarqatilmagan byulletenlar  yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin tegishli belgi 



qo‘yilib,  hisob  komissiyasida  qoldiriladi  va  qolgan  byulletenlar  haqida  bayonnomada  qayd 

qilinadi.  Fikrni  aniqlash  imkonini  bermaydigan  byulletenlar,  yaroqsiz  deb  topiladi  va  bu  haqda 

bayonnomada qayd qilinadi.

 

Bayonnoma  rasmiylashtirilgandan  so‘ng,  hisob  komissiyasi  tomonidan  barcha 



byulletenlar  konvertga  solib  muhrlanadi  va  bayonnomaga  ilova  qilinadi.  Bayonnoma  yashirin 

ovoz  berishda  ishtirok  etgan  Kengash  a’zolarining  ko‘pchilik  ovozi  bilan  ochiq  ovoz  berish 

orqali tasdiqlanadi.

 

Bayonnoma tasdiqlanmagan taqdirda, dissertatsiya muhokamasi davom ettiriladi. Bunda 



hisob  komissiyasi  tomonidan  yangi  byulletenlar  tayyorlanadi  va  belgilangan  tartibda  yashirin 

ovoz berish qayta o‘tkaziladi.

 

Bayonnomani  tasdiqlamaslik  masalasi  dissertatsiyani  himoya  qilish  yoki  hisob 



komissiyasining ishlash tartibi buzilgan taqdirda, Kengash tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

51.  Bayonnoma  tasdiqlangandan  so‘ng,  fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  masalasida 



ijobiy qaror qabul qilinganda, Kengash xulosasi loyihasi muhokamaga qo‘yiladi.

 

52. Dissertatsiya yuzasidan xulosada quyidagilar aks ettiriladi:



 

talabgorning eng muhim ilmiy natijalari;

 

ilmiy natijalarning to‘g‘riligi va yangiligiga berilgan baho;



 

dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati;

 

dissertatsiya natijalaridan foydalanilganligi va foydalanish bo‘yicha tavsiyalar;



 

dissertatsiya unga qo‘yiladigan talablarning qay biriga mosligi.

 

Xulosa  ochiq  ovoz  berish  asosida  majlisda  ishtirok  etgan  Kengash  a’zolarining 



ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

 

Fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  masalasida  salbiy  qaror  qabul  qilinganda,  xulosa 



muhokamaga qo‘yilmaydi.

 

53.  Dissertatsiyaning  natijalarini  amaliyotga  (fan,  texnika,  sog‘liqni  saqlash,  ijtimoiy-



gumanitar  va  iqtisodiyot  tarmoqlarining  boshqa  sohalariga)  tatbig‘ini  tasdiqlovchi  hujjatlar 

asosida talabgor tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.

 

54.  Fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  masalasi  unga  majlisda  ishtirok  etgan  va  ovoz 



berish huquqiga ega bo‘lgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab 

ovoz berilganda, ijobiy qaror qabul qilingan hisoblanadi.

 

55.  Kengashning  fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  to‘g‘risidagi  qarori  o‘qib 



eshittirilgandan so‘ng, talabgorga yakunlovchi so‘z beriladi.

 

56. Attestatsiya ishi dissertatsiya himoyasidan keyin bir oy ichida OAKga yuboriladi.



 

VI bob. OAK tomonidan yuborilgan dissertatsiyani ko‘rib chiqish yuzasidan Kengash 

majlisini o‘tkazish

 

57.  Qo‘shimcha  xulosa  olish  uchun  OAK  tomonidan  yuborilgan  dissertatsiya  ikki  oy 



ichida  Kengash  tomonidan  ko‘rib  chiqiladi.  Ushbu  masala  Kengash  majlisida  ko‘rib 

chiqilishidan  oldin  Kengash  a’zolaridan  iborat  bo‘lgan  uch  kishilik  komissiyaga  talabgorning 

dissertatsiyasi, ekspertizaning oldingi bosqichlarida bildirilgan tanqidiy fikrlarni o‘rganib chiqish 

va tegishli xulosa loyihasini Kengashga taqdim etish topshiriladi.

 

58.  Talabgor  dissertatsiyasi  ko‘rib  chiqilayotgan  Kengash  majlisiga  taklif  etiladi. 



Talabgor  komissiyaning  xulosasi  bilan  oldindan  tanishtirilgan  bo‘lishi  kerak.  Majlisda 

talabgorning  rasmiy  opponentlari,  yetakchi  tashkilot  vakillari,  zarur  hollarda,  Kengash 

tomonidan taklif etiladigan boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

 

Kengash  a’zolarining  majlisda  ishtirok  etayotganligi  hamda  ularning  Kengashdagi 



ixtisosligi va ilmiy darajalari majlis stenogrammasida qayd etiladi.

 

59.  Kengash  majlisini  ochish  vaqtida  rais  mazkur  Nizomning 



6-ilovasiga

 muvofiq 

shakldagi  Kengash  a’zolarining  qayd  varaqasi  asosida  majlisning  vakolatliligi  haqida  Kengash 

a’zolarini xabardor qiladi.

 

Rais  majlisni  ochgandan  so‘ng,  majlisda  qo‘shimcha  xulosa  olish  uchun  yuborilgan 



dissertatsiya  ko‘rib  chiqilishini  e’lon  qiladi,  dissertatsiyaning  mavzusini,  dissertatsiya  himoyasi 

o‘tgan  Kengashni,  rasmiy  opponentlarning  ism  va  familiyalari  hamda  yetakchi  tashkilotni 

ko‘rsatib o‘tadi.

 

Kengashning  ilmiy  kotibi  tomonidan  dissertatsiya  bo‘yicha  ekspertizaning  oldingi 



bosqichlarida aytilgan tanqidiy fikrlar haqida ma’lumot beriladi.

 

Talabgor tomonidan dissertatsiyaning mohiyati va asosiy holatlari bayon etiladi. Bunda 



talabgorga savollar berilishi mumkin.

 

60.  Muhokama  komissiya  a’zolaridan  birining  so‘zga  chiqishi  bilan  boshlanadi. 



Kengash  majlisida  ishtirok  etayotgan  har  bir  shaxs  so‘z  olish  huquqiga  ega.  Muhokamadan 

so‘ng, talabgorga yakunlovchi so‘z beriladi va Kengash tomonidan mazkur Nizomning 

47—50-

bandlariga



 muvofiq yashirin ovoz berish o‘tkaziladi.

 

Kengash  tomonidan  majlisda  ishtirok  etgan  va  ovoz  berish  huquqiga  ega  bo‘lgan 



Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilganda, ijobiy qaror 

qabul qilingan hisoblanadi.

 

61. Bayonnoma tasdiqlangach, Kengash ochiq ovoz berish orqali majlisda ishtirok etgan 



Kengash  a’zolarining  ko‘pchilik  ovozi  bilan  qo‘shimcha  xulosa  matnini  qabul  qiladi.  Xulosada 

dissertatsiya  unga  qo‘yiladigan  talablarning  qay  biriga  javob  berishi  yoki  javob  bermasligi 

ko‘rsatiladi. Talabgorga xulosa nusxasi, u tasdiqlangandan keyin beriladi.

 

62.  Yashirin  ovoz  berish  natijalari  ko‘rsatilgan  hamda  Kengash  raisi  va  ilmiy  kotibi 



imzolagan  stenogramma  va  xulosaning  matni  talabgorning  dissertatsiyasi  bilan  birga  uch  hafta 

ichida OAKga yuboriladi.

 

VII bob. Ilmiy darajalardan mahrum etish yoki ularni tiklash masalalarini ko‘rib chiqish 

yuzasidan Kengash majlisini o‘tkazish

 

63. Kengash majlisiga shaxsni ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash masalasini 



qo‘yish  uchun  asos  bo‘ladigan  materiallar  tushgan  taqdirda,  ushbu  materiallarning  asosliligini 

o‘rganish  kamida  besh  kishidan  iborat  tarkibda  Kengash  a’zolari  orasidan  tuziladigan 

komissiyaga  topshiriladi.  Ushbu  masala  yuzasidan,  zarur  hollarda,  Kengash  tomonidan  tegishli 

oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbariyati orqali so‘rovlar yuboriladi.

 

O‘rganish  natijalariga  asosan  komissiya  tomonidan  xulosa  chiqariladi  va  xulosa 



Kengashda  ko‘rib  chiqish  uchun  topshiriladi.  Komissiya  tayyorlagan  materiallar  Kengash 

tomonidan bir oy ichida ko‘rib chiqilishi lozim.

 

64.  Kengash  majlisi ilmiy  darajadan  mahrum  etish  yoki  uni tiklash  masalasi  qo‘yilgan 



shaxs  ishtirokida  o‘tkaziladi.  Shaxs  bu  haqda  majlis  o‘tkazilishidan  kamida  o‘n  kun  oldin 

ogohlantirilishi  shart.  Agar  shaxs  majlisga  uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  kelmasa  yoki  majlisga 

kelishdan  bosh  tortsa,  Kengash  tomonidan  uning  ishtirokisiz  majlis  o‘tkazish  to‘g‘risida  qaror 

qabul  qilinadi.  Mazkur  shaxs  uzrli  sabablarga  ko‘ra  majlisga  kelaolmasligi  haqida  oldindan 

xabar qilganda, Kengash majlisi boshqa kunga yoki boshqa vaqtga qoldiriladi.

 

65.  Kengash  raisi  majlisni  ochish  vaqtida  majlisning  vakolatliligi  to‘g‘risida  xabardor 



qiladi  hamda  majlisda  ilmiy  darajadan  mahrum  etish  yoki  uni  tiklash  haqidagi  masala  ko‘rib 

chiqilishini  e’lon  qiladi.  Mazkur  masala  yuzasidan  komissiya  a’zolaridan  biri  ma’ruza  qiladi. 

Ma’ruza  tugagach,  ilmiy  darajadan  mahrum  etish  yoki  uni  tiklash  masalasi  qo‘yilgan  shaxsga 

so‘z beriladi. Kengash majlisida hozir bo‘lganlarning barchasi so‘zga chiqish huquqiga ega.

 

66. 


Muhokamadan 

so‘ng  Kengash  tomonidan  mazkur  Nizomning 

47—50-

bandlariga



 muvofiq  ilmiy  darajadan  mahrum  etish  yoki  uni  tiklash  yuzasidan  yashirin  ovoz 

berish  o‘tkaziladi.  Kengashning  ilmiy  darajadan  mahrum  etish  yoki  uni  tiklash  haqidagi  qarori 

majlisda  ishtirok  etgan  va  ovoz  berish  huquqiga  ega  bo‘lgan  Kengash  a’zolarining  kamida 

uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilganda, qabul qilingan hisoblanadi.

 

67.  Kengash  tomonidan  bayonnoma  tasdiqlangach,  yashirin  ovoz  berish  natijalariga 



asoslangan  holda  ochiq  ovoz  berish  yo‘li  bilan  majlisda  ishtirok  etgan  Kengash  a’zolarining 

ko‘pchilik  ovozi  bilan  qaror  qabul  qilinadi,  unda  ko‘rib  chiqilgan  materiallarning  mohiyati  va 

natijalari  aniq-ravshan  ko‘rsatilishi  hamda  OAKdan  ilmiy  darajadan  mahrum  etish  yoki  uni 

tiklashni so‘rash uchun yetarli asos bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida xulosa bo‘lishi lozim.

 


Yashirin  ovoz  berish  natijalari  hamda  Kengash  qarori  ilmiy  darajadan  mahrum  etish 

yoki uni tiklash masalasi qo‘yilgan shaxsga darhol ma’lum qilinishi lozim.

 

68.  Kengash  tomonidan  shaxsni  ilmiy  darajadan  mahrum  etish  yoki  uni  tiklash 



to‘g‘risida  qaror  qabul  qilingan  taqdirda,  Kengash  raisi  va  ilmiy  kotibi  tomonidan  imzolangan 

Kengash  majlisining  stenogrammasi  va  yashirin  ovoz  berish  natijalari  ko‘rsatilgan  qaror  uch 

hafta  ichida  OAKga  yuboriladi.  Ilmiy  darajadan  mahrum  etish  masalasini  ko‘rib  chiqish  OAK 

tomonidan  yuborilgan  hollarda,  Kengashda  belgilangan  tartibda  ko‘rib  chiqilib,  OAKga 

yuboriladi.

 

VIII bob. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish yuzasidan Kengash majlisini o‘tkazish

 

69. Manfaatdor shaxslar Kengash qarori yuzasidan apellyatsiya berganda, Kengash raisi 



tomonidan  Kengash  a’zolari  orasidan  kamida  besh  kishidan  iborat  tarkibda  tuziladigan 

komissiyaga zarur materiallarni o‘rganib chiqish hamda apellyatsiya yuzasidan Kengash xulosasi 

loyihasini tayyorlash topshiriladi.

 

Agar  apellyatsiya  ilmiy  daraja  berish  bo‘yicha  Kengash  qarori  yuzasidan  berilgan 



bo‘lsa, Kengash raisi bir hafta ichida bu haqda OAKni xabardor qiladi.

 

Apellyatsiya  «Fuqarolarning  murojaatlari  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasining 



Qonunida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.

 

70.  Apellyatsiya  bergan  shaxs  yoki  talabgor  hamda  boshqa  manfaatdor  shaxslar 



majlisdan kamida besh kun oldin xabardor qilinib, Kengash majlisiga taklif etiladi. Apellyatsiya 

bergan  shaxs  uzrli  sabablarga  ko‘ra  kelmagan  taqdirda,  Kengash  majlisi  boshqa  vaqtga  yoki 

boshqa kunga ko‘chiriladi. Apellyatsiya bergan shaxs uzrsiz sabablarga ko‘ra Kengash majlisiga 

kelmagan taqdirda, majlis uning ishtirokisiz o‘tkaziladi.

 

71.  Kengash  raisi  tomonidan  majlisni  ochish  vaqtida  majlisning  vakolatliligi  haqida 



ma’lum qilinadi.

 

Kengash  a’zolarining  majlisda  ishtirok  etayotganligi  hamda  ularning  Kengashdagi 



ixtisosligi va ilmiy darajalari majlis stenogrammasida qayd etiladi.

 

Kengash  raisi  majlis  ochilgandan  so‘ng, apellyatsiya  ko‘rib chiqilishini e’lon  qiladi  va 



uni o‘qib eshittirish uchun ilmiy kotibga so‘z beradi. Komissiya  a’zolaridan biri komissiyaning 

ishi natijalarini hamda apellyatsiya yuzasidan Kengash xulosasi loyihasini o‘qib eshittiradi.

 

Kengash  majlisida  hozir  bo‘lganlarning  barchasi  muhokamada  ishtirok  etish  huquqiga 



ega.

 

72. Muhokama tugagandan so‘ng, Kengash yopiq ovoz berish asosida majlisda ishtirok 



etgan va ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismining 

ovozi bilan apellyatsiya yuzasidan xulosa qabul qiladi.

 

Kengash  raisi  va  ilmiy  kotibi  tomonidan  imzolangan  stenogramma  va  apellyatsiya 



yuzasidan xulosa hamda ko‘rib chiqilgan apellyatsiya o‘n kun ichida OAKga yuboriladi.

 

IX bob. Yakuniy qoida

 

73. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy 



va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi,  Xalq  ta’limi  vazirligi,  Qishloq  va 

suv  xo‘jaligi  vazirligi,  Tashqi  ishlar  vazirligi,  Fanlar  akademiyasi,  Vazirlar  Mahkamasi 

huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan kelishilgan.

 

Madaniyat va sport ishlari vaziri T. KUZIEV

 

2013 yil 14 yanvar



 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri B. XODIEV

 

2013 yil 28 yanvar



 

Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV

 

2013 yil 17 yanvar



 

Xalq ta’limi vaziri T. ShIRINOV

 

2013 yil 18 yanvar



 

Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. RUZIEV

 

2013 yil 23 yanvar



 

Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV

 


2013 yil 22 yanvar

 

Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV

 

2013 yil 15 yanvar



 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish 

qo‘mitasi ijroiya apparati rahbari O. PARPIEV

 

2013 yil 16 yanvar



 

Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi 

nizomga

  

1-ILOVA



 

Kengash a’zolari to‘g‘risida 

 

M A ‘ L U M O T



 

 

______________________________________________________________________ huzurida



 

tashkilot nomi, manzili

 

____________________________________________________________________



 

shifrlar, ixtisosliklar va fan sohalarining nomi

 

ixtisosligi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zolari haqida.



 

T/

 

F.I. .

 

Tug‘ilgan yili, 

millati, 

 

Asosiy ish 



joyi, 

 

Ilmiy darajasi 



(dissertatsiya himoya 

qilingan ixtisoslik 

shifri ko‘rsatiladi

 

Ilmiy unvoni 



(ixtisoslik yoki 

kafedra 

bo‘yicha

 

Kengashdagi 



ixtisoslik shifri va 

fan 

 

Oxirgi uch 



yil ichidagi 

asosiy ilmiy 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Asosiy ish joyi kengash tuzilayotgan tashkilot bo‘lgan ilmiy kengash a’zolari ____ta, boshqa muassasalardan taklif 



etilgan ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar ___ ta.

 

 



Direktor 

(rektor)


 

 

(imzo, F.I.O)



 

 

Sana



 

 

Gerbli muhr



 

 

Izoh:



 

1. Ro‘yxat boshida fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash raisi, rais o‘rinbosari, ilmiy kotibi 

(F.I.O.dan  keyin  qavs  ichida  bu  lavozimlar  ko‘rsatiladi)  haqida  ma’lumot  beriladi,  so‘ngra  alifbo  tartibida  a’zolar 

haqida ma’lumot beriladi.

 

2.

 8-ustunda



 fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zolarining oxirgi uch yil ichidagi ilmiy 

ishlaridan  3-5  ta  bibliografik  namunalar  keltirilganda  uning  7-ustunda  ko‘rsatilgan  ixtisoslik  bo‘yicha  malakasi 

borligini ko‘rsatishi lozim.

 

3.  Mazkur  ma’lumot  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Oliy  attestatsiya 



komissiyasiga ikki nusxada topshiriladi.

 

Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi 



nizomga

  

2-ILOVA



 

Kengashning 20___yildagi faoliyati haqida

 

HISOBOT

 

 

____________________________________________________________________ huzuridagi



 

tashkilot, shahar nomi

 

_________________________ raqamli fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash



 

OAKning 20_____ y._________________dagi ________-son qarori bilan tasdiqlangan.

 

 

kengash shifri



 

 

Kengashga _________________________________________________________ixtisosligidan



 

ixtisoslik shifri va nomi

 

________________________________________________________________fanlari bo‘yicha



 

fan sohasi

 

_________________________________________________________________ixtisosligidan



 

ixtisoslik shifri va 

 


________________________________________________________________ fanlari bo‘yicha

 

fan sohasi



 

dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilib olishga ruxsat etilgan.

 

Hisobotda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

 

1. O‘tkazilgan majlislar soni.



 

2. Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zolarining majlislarda ishtirok 

etish faolligi:

 

T/

 

Kengash 


a’zosining F.I.O. 

(ixtisoslik shifri

 

Ishtirok 



etgan 

majlislar 

 

Majlislarning 



umumiy soniga 

nisbatan % 

 

Muhokamalarda 



ishtirok etgan 

majlislar 

 

Rasmiy opponent 



bo‘lgan 

dissertatsiyalar 

 

Faollik 


darajasi (faol 

yoki nofaol

 

 

 



 

 

 



 

 

3.  Hisobot  yili  fan  doktori  ilmiy  darajasini  beruvchi  ilmiy  kengash  ko‘rib  chiqqan 



dissertatsiyalarning qisqacha tahlili hamda quyidagilar alohida ko‘rsatilishi lozim:

 

ko‘rib  chiqilgan  ishlar  mavzusining  tahlili  va  mavzularning  iqtisodiyot  tarmoqlarini 



rivojlantirish  dasturlariga  bog‘liqligi  va  ilmiy-tadqiqot  ishlarining  istiqbolli  yo‘nalishlarini 

aniqlashga doir takliflar;

 

ko‘rib  chiqilgan  ishlarning  ilmiy  natijalaridan  iqtisodiyot  tarmoqlarida  qay  darajada 



foydalanilayotganligi to‘g‘risida ma’lumot.

 

4.  Fan  doktori  ilmiy  darajasini  olish  uchun  topshirilgan  va  ko‘rib  chiqilgan 



dissertatsiyalar haqida ma’lumot:

 

 



Ixtisoslik 

 

Ixtisoslik 



 

Ixtisoslik shifri

 

 

 



 

 

 



fan 

 

fan 



 

fan 


 

fan 


 

fan 


 

fan 


 

1

 



 

 

 



 

 

 



Dastlabki bosqichda muhokamadan olingan 

 

 



 

 

 



 

 

Dissertatsiya himoyasi yakunlari bo‘yicha ijobiy qaror 



chiqarilgan 

 

 



 

 

 



 

 

Shu jumladan, boshqa tashkilotlardan



 

 

 



 

 

 



 

Xorijiy mamlakatlardan

 

 

 



 

 

 



 

Dissertatsiya himoyasi yakunlari bo‘yicha salbiy qaror 

chiqarilgan ishlar

 

 



 

 

 



 

 

Shu jumladan, boshqa tashkilotlardan



 

 

 



 

 

 



 

Xorijiy 


 

 

 



 

 

 



 

Qo‘shimcha xulosalar berilgan 

 

 

 



 

 

 



 

Kengash muhokamasiga berilgan ishlar soni (20__yil 31 

dekabr holatiga

 

 



 

 

 



 

 

Izoh:



 

1. Ma’lumotlar kasr shaklida beriladi, uning suratida ko‘rib chiqilgan dissertatsiyalar soni, maxrajida esa 

–  katta  ilmiy  xodim-izlanuvchilar  institutida  (bitirgan  vaqtidan  qat’i  nazar)  tayyorgarlikdan  o‘tgan  talabgorlar 

dissertatsiyalarining soni ko‘rsatiladi.

 

2. Ixtisosliklar tutash kelgan mavzuda bajarilgan dissertatsiyalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 



Mahkamasi  huzuridagi  Oliy  attestatsiya  komissiyasi  qaroriga  asosan,  fan  doktori  ilmiy  darajasini  beruvchi  ilmiy 

kengashga  qaysi  ixtisosliklar  bo‘yicha  dissertatsiya  himoyasini  o‘tkazish  huquqi  berilgan  bo‘lsa,  faqat  shu 

ixtisosliklargina ko‘rsatiladi.

 

5.  Ilmiy  ma’ruza  shaklida  himoya  qilingan  doktorlik  dissertatsiyalari  himoyasi 



to‘g‘risida ma’lumot:

 

T/



 

F.I.O


 

Ixtisoslik 

 

Fan 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



6.  Tutash  ixtisosliklarda  bajarilgan  dissertatsiyalar  bo‘yicha  himoyalar  to‘g‘risida 

ma’lumot:

 


T/

 

F.I.O



 

Kengashdagi ixtisoslik 

 

Ixtisoslik 



 

Fan 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

7.  Kengash  asosida  tashkil  etilgan  Bir  martalik  kengashlarda  himoya  qilingan 



dissertatsiyalar haqida ma’lumot:

 

T/



 

F.I.O


 

Kengashdagi ixtisoslik 

 

Ixtisoslik 



 

Fan 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

8.  Fan  doktori  ilmiy  darajasini  beruvchi  ilmiy  kengashning  veb-sayti  bo‘yicha  to‘liq 



ma’lumotlar.

 

9.  Dissertatsiya  himoyalari  to‘g‘risida  respublika  gazetalarida  berilgan  e’lonlar 



to‘g‘risida to‘liq ma’lumot.

 

10. Attestatsiya ishini takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar.



 

Kengash raisi

 

(imzo, F.I.O.)



 

Kengash ilmiy kotibi

 

(imzo, F.I.O.)



 

 

 



Gerbli muhr 

 (sana)


 

 

Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi



 nizomga

  

3-ILOVA



 


Download 219.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling