Ziyoda masharipova


Barmoq vaznidagi she'rlarni o‘qish


Download 226.51 Kb.
bet37/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

Barmoq vaznidagi she'rlarni o‘qish
Vazn she'riy nutqni nasriy nutqdan farqlovchi she'riyat asoslaridan biri bo‘lib, o'lchov ma'nosini bildiradi. Binobarin, she’r ritmik nutq ekan, she’r tuzilishining asosini ma'lum ritmik birlik (o'lchov) - hijo tashkil etadi. She’r misralaridagi hijolarning miqdoriga qarab she'r tuzilishi ko'rinishlari va vazn turlari aniqlanadi. Chunonchi, o‘zbek adabiyotining qadimiy she’r tuzilishi turlaridan bo‘lgan barmoq vazni- dagi she'rlar ritmi uchun hijolarning soni va turoqlar asos bo‘lsa, aruz vaznidagi she’r tuzilishi uchun qisqa va cho'ziq hijolarning bir tartibda kelishi asos bo‘ladi.
Hijo - bir nafas olish bilan aytiladigan tovush va tovushlar birik- masidir. Hijo (bo‘g‘in) she'riy nutq o'lchovida dastlabki ritmik birlik hisoblanadi. Masalan, ma’ - na - vi - yat to‘rt hijoli so‘zdir. Aniz vaznidagi she’rlarda hijo cho‘ziq va qisqa bo‘lsa, baimoq vaznidagi she'rlarda hijo urg‘uli va urg‘usiz bo'ladi. Ifodali o'qishda hijoning mana shu xususiyatlariga alohida e'tibor qaratish lozim bo'ladi.
0‘zbek she'riyatida barmoq tizimining to'rt hijoli vaznidan tortib, o‘n olti hijoli vaznigacha bo‘lgan o‘n uch turi mavjud. Masalan,
To‘rt hijoli vazn:


Najot kabi, Umid kabi, Hayot kabi - Yodsan mango.
Chidam kabi, Sukut kabi, 0‘lim kabi - Dodsan mango.
Ko‘ngil berdim,
Umrim berdim,
Jonim berdim - Yotsan mango.
Kulgi kabi,
Shodlik kabi,
Visol kabi - Olisdirsan.
(Usmon Azim)
-94-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tonglar kuychisi,

Besh hijoli vazn:
Nozik va tam-tam, Hiyla tortinchoq, Jimillar biram, Inju taqinchoq, Ko‘klam elchisi,
Jannatiy isi,
Samoviy tusi,
Yoshlikday suluv - Binafsha-da shu.



Olti hijoli vazn:
Go‘zallik qizlarda, U qora ko‘zlarda, Soz kabi so'zlarda - Deganlar yanglishar.

Go'zallik bir guldir, Muddati - fasldir. Yashamoq - asldir,
Siz, biz bor - u yashar.
(Mirtemir)
Go'zallik ishlayish,
Manglayin terlatish,
Go'zaldir ungan ish,
Maqtansa yarashar.




Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling