Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet39/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

0‘n uch hijoli vazn:
Mening sevgim har xil gulga o‘xshamas aslo,
Xazon bo‘lmas gullar kabi kuz bo‘lgan chog'da.
Meni sevgan yor bulbulga o'xshamas aslo,
Bahor kelib, tashlab ketmas kuz bo‘lgan chog‘da.
(Sobir Abdulla)
0‘n to‘rt hijoli vazn:
Qayda, qayda qoldingiz, yoshlikdagi orzular Va qalbning sokinligi erkalatgan kezlari!
Qani, awalgi otash, ilhom baxsh etgan zavqlar,
Keling, keling, mushtoqman, bahorimning yillari.
(Pushkin)
0‘n besh hijoli vazn:
Kulrang tog‘lar etagidan asta yuksaldi quyosh, Paxtazorda chulg‘ab oldi kokili lenta kabi.
Vodiy bo'ylab mehr bilan bisot yoygan kuz-naqqosh Har yaproqqa tegib o‘tgan yozning olovli labi.
(Saida Zunnunova)
0‘n olti hijoli vazn:
Birin-ketin o‘tib borar asrlaming karvonlari,
Oh, nechog‘lik xatarlidir uning oshar dovonlari. Inson zoti murodiga azal-abad yetar edi,
Ushalsa gar umidvor zot - Navoiyning armonlari!
Fursat keldi, do‘stu g‘anim kimligini bilay bu kun, Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,
-97-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ko‘kka boqib sahar chog‘i, iltijolar qilay bu kun, Nurga to‘lsin aziz bobom Alisheming makonlari.
(Abdulla Oripov)
Kuzatganimizdek, barmoq vaznidagi she'rlarda hijolar soni xilma- xildir. Lekin o‘zbek she'riyatida hijolar soni qanchalik rang-barang bo‘lmasin, bular orasida eng ko‘p qo‘llanadigani yetti, to‘qqiz, o‘n bir hijoli vaznlardir. Tabiiyki, har bir she’r vazniga ko‘ra har xil o'qiladi. Qisqa hijoli she’rlar nisbatan tezkorlikni talab qilsa, hijolar miqdorining ko'pligi she'r tempi va intonatsiyasining vazminligini taqozo qiladi.
Turoq. Turoqlar hijolardan tashkil topadi va she'r misralarida muayyan ritmik boMakni hosil qiladi. Turoq - hijolaming misralar bo'yicha maTum tartibda takrorlanib kelishidir. Turoq she'rda ritm, in- tonatsiya va musiqiylikni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalardan biridir.
She'riy misralarda ikki va undan ortiq turoq boTishi mumkin. Har bir turoqda esa ikki, uch, to‘rt, besh va ba'zan undan ham ortiq hijo boTadi. Fikrimizning dalili sifatida quyidagi she'mi turoqlarga ajratib ko'raylik.
Uyg'onish yellari / esmoqda takror, 6+5
Tabarruk ajdodlar / mhi senga yor. 6+5
Ulug‘ daholari / paydo boTgan chog‘ 6+5
Olamni o'ziga / qaratgan diyor. 6+5
(Abdulla Oripov)
Ushbu she'riy parchadagi turoqlar 6+5 shaklida boTib, birinchi turoq olti hijodan, ikkinchi turoq esa, besh hijodan tashkil topgan.
She'mi ifodali o'qishga kirishishdan oldin uning g‘oyaviy maz- munini tushunish bilan bir qatorda, shakliy tuzilishini ham o'rganib chiqish maqsadga muvofiq boTadi. Buning uchun, avvalo, she'ming vaznini va turoqlarini aniqlash lozim. 0‘qish jarayonida har bir turoq- dan keyin nafas rostlanib qisqa pauza qilinadi.
Endi navbatdagi she'ming turoqlanish tartibini ko‘rib chiqaylik: TugTlgandan / men sho'rlikning / bag'rim qon, 4+4+3 Bir jismimda / talashadi / ikki jon. 4+4+3
Jon talashsam, / tepamda charx / urgan ul 4+4+3
Kapalaklar, / odamlardan / mehribon. 4+4+3
Muhammad Yusufning “Kapalaklar” deb nomlangan she'rida mis- ralardagi hijolar 4+4+3 shaklida gumhlanib, turoqlami vujudga keltir- -98-
www.ziyouz.com kutubxonasi
gan. Ko‘rib o‘tganimizdek, she'ming har bir misrasida uchtadan turoq mavjud. Demak, ijrochi she'mi o‘qiyotganda har bir misrada uch marta qisqa tin olib, pauza qiladi. Shuni ham esdan chiqarmaslik lozimki, nuqta qo'yilgan o'rinlarda pauza nisbatan uzoqroq davom etadi.
Mashq. Quyidagi she'ming vaznini aniqlab, turoqlarga ajrating. Ifodali o‘qishni mashq qiling.
0‘ylab qara, tarixda bor ibrat doimo:
Ne-ne zotlar, gar o‘z!ari topsa ham to'zim,
Odamzodga ko‘nnaganlar yomonlik ravo.
Ezgulikning yo‘li og‘ir, serg‘alva garchand,
Yuksaklarga ko‘taradi sohibin biroq,
Mayli, mening mhim siniq, xayolim parkand,
His qilurman, ezgulikning oftobi porloq.
(Abdulla Oripov)
0‘zbek she'riyatida sodda vaznlar bilan bir qatorda, qo‘shma va erkin vazndagi she'rlar ham mavjud. Sodda vaznga kiruvchi she'r misralarining barchasida yuqorida kuzatilganidek hijolar sonida o‘zaro tenglik saqlanadi. Qo'shma vaznda yaratilgan she'rlarda bunday qat'iy tenglik bo'lmaydi, balki misralardagi hijolar soni xilma-xil bo‘ladi. Masalan:
Bog‘ larga namozgar - 6
Salqini tushdi, - 5
Gullar nam bargini - 6
Qayirdi asta. - 5
Oftob ham suv ichar - 6
Togiardan pastda. - 5
(Usmon Nosir)
1. Agar vazn ikki turkumga kimvchi bo‘g‘inlar sonini bir she'rda berish tartibida yaratilgan boisa, bunday vazn qo‘shma vazn deyila- di. Quyidagi she'ming birinchi misrasi to‘qqizlik turkumga, ikkinchi misrasi esa yettilik turkumga kiradi.
Chuldiraydi qush, soy, shabada, - 9
shirin go‘dak so‘ziday. - 7
Teraklardan to'kilgan soya - 9
Notinch chashma yuziday. - 7
(Zulfiya)
-99-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qo‘shma vaznda yaratilgan she'rlaming turoqlanish tartibi ham o‘ziga xos bo'ladi. Masalan, Erkin Vohidovning quyidagi she'rida mis- ralardagi turoqlar soni teng bo‘lmaganidek, turoqlami tashkil etgan hi- jolar miqdori ham har xil:
Oydin kecha. / 4
Yonar ko‘kda zar. / 5
0‘yga cho‘mib deding, / gul yuzim: 6+3
“Osmon to‘la/ sonsiz yulduzlar, 4+5
Qaysi ekan / mening yulduzim?”. 4+5
She'ming birinchi misrasida bitta turoq yoki bitta ritmik bo‘lak, ikkinchi misrasida ham bitta turoq mavjud bo'lgani holda, uchin- chi, to‘rtinchi va beshinchi misralarda ikkitadan turoq bor. Og‘zaki ijro jarayonida mana shu ritmik bo‘laklarga e'tibor berib o‘qish she'r ma'nosini oydinlashtirishga va ifodali o'qishga xizmat qiladi.
Mashq. Quyidagi she'mi o‘qib, mazmunini tushuntiring. She'ming vaznini aniqlab, hijo va turoqlarga ajrating, mantiqiy urg‘u olgan so‘zlami aniqlang va she'mi ifodali o‘qishni mashq qiling.
Hozirgi yoshlar
Qari tolga suyab Irg‘ay asoni,
Oqsoqol so‘riga asta yonboshlar.
Xayoldan o'tkazar kori dunyoni:
“Eh, hozirgi yoshlar,
Hozirgi yoshlar!”
Yoshligini eslar,
Uf tortar sekin.
Salgina chimrilar oq tushgan qoshlar.
“Biz ham yosh bo‘lganmiz bir mahal,
Lekin
Boshqacharoq chiqdi hozirgi yoshlar”.
“Bizga xayol edi, -
Tush edi faqat
- 100-
www.ziyouz.com kutubxonasi
To‘kin dasturxonu lazzatli oshlar.
Baxti boqiy bo'lsin,
Ammo bu jannat
Qadrin bilarmikin hozirgi yoshlar!”
“Kiyimlar-chi...
Qiziq bulaming didi.
Ola-chipor ko'ylak...
Nimasi ko‘rkam?
Rost aytsam, unchalik yoqmagan edi Otalarga bizning charm kamzul ham.
Endi bularga ham har qalay og‘ir,
Zamon shitobi tez, parvozi tikka.
Kecha tili chiqqan Nargiza o‘qir Birinchi sinfda matematika.
Bizlar haftiyakdan boshlagan edik,
Bular iks bilan igrikdan boshlar.
Durust, zehni o'tkir, qadami tetik,
0‘zimizga tortdi hozirgi yoshlar”.
(Erkin Vohidov)

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling