Ziyoda masharipova


ARUZ VAZNIDAGI SHE’RLARNI 0‘QISH Reja


Download 226.51 Kb.
bet42/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

ARUZ VAZNIDAGI SHE’RLARNI 0‘QISH
Reja

1. Aruz vazni va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Hijo va uning turlari.
3. Ifodali o‘qishda hijo va ruknning o‘mi.
4. “Shifoi vasl qadrin...” g‘azali tahlili.
5. G‘azalni ifodali o‘qish.
Aruz vaznidagi asarlami ifodali o‘qish uchun, avvalo, ushbu o'lchov tizimiga xos xususiyatlar haqida ma'lum darajada bilimga ega bo'lish lozim.
Amz vaznida yaratilgan xilma-xil janrdagi lirik va epik asarlarni ifodali o‘qish, ulaming vazn xususiyatlarini tahlil qilish va turli-tuman o‘lchovlarni aniqlash malakalarini egallash uchun ham, mazkur tizim- ning nazariy jihatlaridan yetarli darajada xabardor bo‘lish talab etiladi.
“Vazn - badiiy shaklning eng muhim qismlaridan biri. Asar maz- muni, tanlangan mavzu, ijodkor dilini to‘lqinlantirayotgan muammolar, badiiy timsollarda mujassamlashtirilayotgan umumbashariy g'oyalami jozibali, ta'sirchan, o‘qishli qilib ifodalashda vazn alohida ahamiyatga egadir”1. Uzoq tarixga ega bo'lgan amz vazni Sharq xalqlari adabi- yotida muhim ahamiyat kasb etadi. Aruz Yaqin va 0‘rta Sharqda keng tarqalgach, bu she'riyat nazariyasini qabul qiluvchi har bir xalq uni o‘z tili qonun-qoidalariga moslashga harakat qilgan. Shu sababdan ham, fors-tojik amzi, turkiy amz nomi bilan milliy tillar fonetikasiga aso- slangan aruzlar vujudga kelgan. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarining yaratilishi esa, o‘zbek milliy amzining shakllanishida muhim voqea bo'ldi.
Amz terminining kelib chiqishi va lug'aviy ma'nosi haqida aruz nazariyasida turli fikrlar mavjud. Bu haqda Alisher Navoiy “Mezon ul- avzon” asarida shunday ma'lumot beradi: “Bas sobit bo‘ldikim, aruz fani sharif fandur. Va bukim, ul ilmni nevchun “aruz” dedilar, muxtalif ahvol bor. Va ul budurkim, Xalil ibn Ahmad rahmatullohki, bu fanning voziidur, chun arab ermish va aning yaqinida bir vodiy ermishki, ani “Amz” derlar ermish va ul vodiyda a'rob uylarin tikib, jilva berib, ba-
1 Anvar Hojiahmedov. Maktabda aruz vaznini o‘rganish. - Toshkent: 0‘qituvchi. 1995, 3-bet.
- 107-
www.ziyouz.com kutubxonasi
hoga kiyururlar, go‘yoki, qiymat va bahosi ma'lum bo‘lur, bu munosa- bat bila “aruz” debturlar”1. Ko‘rinadiki, Navoiy aruz terminining kelib chiqishi haqida turli-tuman fikr-mulohazalar mavjudligini ta'kidlab, shulardan biri sifatida aruz so‘zi Xalil ibn Ahmad yashagan joy yaqini- dagi Amz vodiysi nomidan olinganini qayd etadi. Va bu vodiyda arablar chodir uylar tikib, ulami bezatib, bahosini aniqlab sotar ekanlar. Xullas, VIII asrda yashab, ijod qilgan arab adabiyotshunosi va musiqashunos olimi Xalil ibn Ahmad asos solgan amz vazni ming yillardan beri arab, fors va turkiy adabiyotlarining asosiy she’riy mezoni sifatida qoilanib keldi. Amz vaznining keng tarqalishi va umrboqiyligiga sabab, awalo, uning insoniy hissiyotlami yoqimli musiqiylik va ohangdorlik bilan ifodalash imkoniyatlarining kengligi bilan belgilanadi.
Amz arab zaminida shakllangan ekan, u arab adabiyotining aza- liy an'analari, arab tilining xususiyatlariga mos kelardi. Lekin boshqa xalqlar orasiga tarqalganda amz ham nazariy, ham amaliy jihatdan ba'zi o‘zgarishlarga uchragan. Turkiy tillaming arab va fors tillariga nisbatan o‘zgachaligi, xususan, unda cho‘ziq hijolaming nisbatan kam- roq qo‘llanishi, qisqa hijolaming ketma-ket kelishi kabi xususiyatlar turkiy amzning shakllanishiga sabab bo‘lgan. Amz nazariyasiga oid atrofiicha kuzatishlar olib borgan adabiyotshunos olim Anvar Hojiah- medov o‘zbek amziga xos maxsus jihatlar sifatida quyidagi o‘ziga xosliklami ko‘rsatadi. “1.0‘zbekaruzida 19bahrdan 11 tasi qoMlanadi. Ular: hazaj, rajaz, ramal, munsarih, muzori’, mujtass, hafif, sari’, mu- taqorib, mutadorik, komil bahrlaridir. Arab she'riyatiga xos boMgan vo- fir, tavil madid, basit, qarib, mushokil, g‘arib, muqtazab bahrlari o‘zbek amzida qoMlanmaydi. 2. 0‘zbek amzida qoMlanadigan bahrlaming o‘zbek tili xususiyatlari bilan belgilanadigan vaznlar doirasi mavjud. Binobarin, she'riyatimizda qoMlanadigan vaznlar soni va turlari jiha- tidan arab va fors-tojik she’riyatidagi vaznlardan farqlanishi mumkin.
3. 0‘zgarishlaming barchasi ham o‘zbek aruziga mos kelavermaydi, shuning uchun arab va fors-tojik amziga xos jami 44 xil o‘zgarishning 23 turigina she’riyatimizda qoMlanadi”2.
Hijo. Amz vaznining asosini hijolaming sifati tashkil etadi. Shunga
' Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik. 14-tom. // Mezon ul-avzon. - Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti. 1967. 137-bet.
: Anvar Hojiahmedov. Maktabda aruz vaznini o'rganish. - Toshkent: 0‘qituvehi. 1995, 10-bet.
- 108-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko‘ra, aruz tizimidagi she'rlarda hijo dastlabki o‘lchov birligi sanaladi. Aruz she'riy o‘lchov tizimi misralarda qisqa va cho‘ziq hijolaming muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslanadi. Demak, aruz vaznida hijolar goh cho‘ziq, goh qisqa talaffuz qilinadi. Aksariyat hol- larda “o” tovushidan boshqa unlilar bilan tugallanuvchi hijolar qisqa, barcha undosh tovushlar va “o” bilan tugallanuvchi hijolar cho'ziq hijo bo‘lib keladi. Tarkibida cho‘ziq unli boMgan (zor, yor, shod kabi), shu- ningdek, qo‘sh undosh bilan tugallangan (mehr, xalq, ilm kabi) yopiq hijolar o‘ta cho'ziq hijo hisoblanadi. Aruz ilmiga doir adabiyotlarda qisqa hijo “ V ” shaklida, cho'ziq hijo “ - ” va o‘ta cho‘ziq hijo esa “ ~ ” shaklida belgilangan. Hijolaming cho'ziq va qisqaligi she'riy mis- ralaming yozilishiga qarab emas, balki vazniga muvofiq, o‘qilishiga qarab aniqlanadi. Masalan, quyidagi bayt misolida hijolar sifatini aniq- lab ko'ramiz:
Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘,
Kimi bulbuldurur so‘zda, kimi zog‘.
Ja-hon-sho-ir / la-ri ey-gul / sha-ni-bog‘

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling