Fazalar muvozanati. Eritmalar 36-§. Fazoviy o’tishlar. Fazalar qoidasi


Тakrorlash uchun savollar va mashqlar


Download 97.85 Kb.
bet12/12
Sana05.01.2022
Hajmi97.85 Kb.
#202813
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fazalar muvozanati. Eritmalar

Тakrorlash uchun savollar va mashqlar

1. Gomogen sistema geterogen sistemadan qanday farq qiladi?

2. Faza, komponent, erkinlik darajalari soni deb nimaga aytiladi?

3. Holat diagrammasi nimani xarakterlaydi?

4. Eritma deb nimaga aytiladi?

5. Erituvchiga ta’rif bering.

6. Тemperatura ortishi bilan gaz eruvchanligining kamayishini qanday tushuntirish mumkin?

7. Kritik temperatura deb qanday temperaturaga aytiladi?

8. Gazlarning suyuqliklarda erishidagi issiqlik effekti qanday bo’ladi?

9. Suyuqliklarning suyuqliklarda erishidagi issiqlik effekti qanday bo’ladi?

10. Gibbsning fazalar qoidasini ta’riflang va matematik ifodasini tushuntiring.

11. Bir, ikki va uch komponentli sistemalarni tushuntiring va ularga misollar keltiring.

12. Genri qonunining moxiyati nima?

13. Solvatlanish va gidratlanish jarayonlarini izohlang.

14. Diffuziya hodisasini tushuntiring.

15. Osmos hodisasi va uning ahamiyatini izohlang.

16. Vant–Goff qonunini ta’riflang.

17. Raul qonunining mohiyati nima?

18. Ebulioskopik (E) va krioskopik (K) doimiylarning fizik ma’nosi nima?

19. 20oC da toza atsetonning bug’ bosimi 2,3944*104 Pa ga teng. 200g atsetonda 5 g kamfora bo’lgan eritma ustidagi bug’ bosimi 200C da 2,3718 Pa ga teng. Kamforaning molekulyar massasini hisoblab toping. (Javobi: m –153,2 g-mol)

20. Suvli eritma 271,5K da muzlaydi. Agar suvning ebulioskopik va krioskopik doimiylari mos ravishda 1,86 va 0,513ga teng bo’lsa, bu eritmaning qaynash temperaturasini toping. (Javobi: Тqay –373,4K)

21. 0,853g naftalin 100g benzolda erigan. Benzolning muzlash temperaturasi 5,420C, naftalinning benzoldagi eritmasiniki esa 5,080C benzolning krioskopik doimiysi K-5,10. Naftalinning molyar massasini toping. (Javobi: m–128 g–mol ).

22. Hosil bo’lgan eritmaning muzlash temperaturasi –60C bo’lishi uchun 0,5l suvga qancha formula glitserin qo’shish kerakligini aniqlang. (Javobi:g –148,4 g)

23. 64,4g saxaroza 100g suvda eritilgan. Agar suv bug’ining 200C temperaturadagi bosimi P=2,32 kPa ga teng bo’lsa, shu temperaturada eritma ustidagi erituvchining bosimini aniqlang. Suvning va saxarozaning molyar massalari mos ravishda 18 kg/mol va 342 kg/ mol ga teng.

24. 6 l eritmada 25g glyukozasi bo’lgan suvli eritmaning osmotik bosimini aniqlang. Тemperatura 250C. glyukozaning molyar massasi 180 kg/molga teng. (Javobi: =57,35 kPa).

25. Agar eritmaning 250C temperaturadagi osmotik bosimi 1,28105 Paga teng bo’lsa, 100sm3 suvda qancha NH2CONH2 karbamid erigan? Karbamidning molyar massasi 60kg/mol.



26. 100 kPa bosim va 250C temperaturada 1m3 suvda 0,12m3 azot erigan. Shunday temperatura va 110 kPa bosimda 2m3 suvda qancha azot eriydi? Azotning molyar massasi 28kg/molga teng. (Javobi: 0,3kg).
Download 97.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling