Fazalar muvozanati. Eritmalar 36-§. Fazoviy o’tishlar. Fazalar qoidasi
§. Eritmalar ustidagi bug’ bosimi
Download 97.85 Kb.
|
Fazalar muvozanati. Eritmalar
§. Eritmalar ustidagi bug’ bosimi
Har bir suyuq va qattiq modda ma’lum temperaturada ma’lum bug’ bosimiga ega bo’ladi. Bu bosimni qattiq va suyuq modda sirtidan chiqayotgan molekulalar vujudga keltiradi. Тemperatura ko’tarilishi bilan bug’ning bosimi ortadi va suyuqlikning qaynash temperaturasida uning to’yingan bug’i bosimi atmosfera bosimiga teng bo’ladi. Ayni moddaning suyuq va qattiq holatdagi to’yingan bug’ bosimlari bir-biriga teng bo’lganda suyuqlik qotadi. Qattiq modda esa suyuqlanadi. Suyuqlikning to’yingan bug’ bosimi berilgan temperaturada o’zgarmas kattalikdir. Тemperatura ortishi bilan Le-Shatele prinsipiga muvofiq bug’ bosimi ham ortadi, chunki bug’lanish endotermik jarayondir. Eritma ustidagi bug’ bosimi temperatura bilan bir qatorda shu eritmadagi erigan moddaning miqdoriga ham bog’liq. Umuman, eritmaning konsentratsiyasi ortgan sari, uning ustidagi bug’ bosimi kamaya boradi. Chunki konsentratsiya ortgan sari eritmaning hajm birligidagi erituvchi miqdori kamayadi. Eritma bug’i bosimi toza erituvchi bug’ bosimiga qaraganda past bo’ladi. (P
bunda n1-erituvchining mol sonlari, n2-erigan moddaning mol sonlari, suyultirilgan eritmada n1 ga nisbatan n2 kichik bo’lgani uchun Raul qonuni (44.2) shaklida ham yoziladi, bunda (P0-P)-eritmada bug’ bosimining pasayishi, -bug’ bosimining nisbiy pasayishi. -erigan moddaning molyar qismi. Bundan foydalanib, Raul qonuni quyidagicha yoziladi: (44.3) Demak, erituvchi bug’ bosimining nisbiy pasayishi erigan moddaning molyar qismiga tengdir. Berilgan eritma uchun, bug’ bosimining pasayishi erigan modda tabiatiga bog’liq bo’lmay, faqat eritmaning konsentratsiyasiga bog’liq. Bu qonunni Raulning 1(yoki tanometrik)qonuni deyiladi. Raulning 1 qonuniga faqat ideal eritmalar bo’ysunadi. Raul qonunidan foydalanib, turli eritmalar ustidagi bug’ bosimini va erigan moddaning molekulyar massasini hisoblab topish mumkin. Download 97.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling