Fazilat -ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Rag’batlantirish
Download 32.5 Kb.
|
4-мавзу глоссарийси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fazilat
- Birinchi o’rindagi ehtiyojlar
- Adolatlilik nazariyasiga
- Rasmiy guruh
- Ishchi (maqsadli) guruh
Motivatsiya - menejmentning, inson xulqining motivatsiyasidan uni faoliyatini boshqarish amaliyotida foydalanishni ko’zda tutuvchi vazifasi. Har bir kishining hulqi motivatsiya, ya’ni odamning ma’lum harakatlarni amalga oshirishga undovchi ichki kuchlar bilan belgilanadi. Fazilat -ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Rag’batlantirish - tashkilot oldida turgan masalani yechishda kishining urinishi, harakati, matonati va halolligiga maqsadli yondashish. Motivlashtirish – bu ruxiy omil bo’lib, shaxs faolligini manbai, sababi, dalili har xil turli extimollardadir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir. Birinchi o’rindagi ehtiyojlar - bu bazis ehtiyojlar, ya’ni, yashashni ta’minlash uchun zarur bo’lgan ehtiyojlar. Kutish nazariyasi amerikalik ruxshunos V.Vrum tomonidan 1964 yilda ishlab chiqilgan. Uning mohiyati shundaki, motivatsiya nafaqat ehtiyojni qondirishga, shuningdek maqsadga erishish uchun tanlangan xohishga ham bog’liq. Adolatlilik nazariyasiga binoan kishilar o’zlari erishgan rag’bat darajasini shu tizimda band bo’lgan boshqa kishilar erishgan rag’bat darajasi bilan qiyosiy taqqoslaydi Harizma – mantiq yoki odat bo’yicha xukmdorlik emas, balki rahbar shaxsi holati yoki uning qobiliyatiga asoslangan ta’sirni aytiladi. Guruh - deganda, Marvin SHouning ta’biri bo’yicha, ikki va undan ortiq shaxslarning o’zaro bir-biriga ta’siri va bog’likligi asosida faoliyat ko’rsatayotgan turkumga aytiladi. Rasmiy guruh - rahbarning ifodasi bilan tashkil qilingan ishlab chiqarish jarayonini olib borish uchun tuzilgan guruxga aytiladi. Rahbarlar guruhi - rahbarlar va bo’ysunuvchilar jamoasidan iborat bo’lib, undagi bo’ysunuvchi kul ostida yana bo’ysunuvchilar bo’ladi. Ishchi (maqsadli) guruh - birorta umumiy vazifani amalga oshirish uchun tuziladi. Norasmiy guruh- stixiyali ravishda xodimlarning ma’lum maqsadlari, hislatlari asosida tarkib topadi. Xotorn samarasi - ma’lum bir yangilikga bo’lgan qiziqish yoki unga bo’lgan munosabat ortiqcha miqdorda talqin qilish sharoitida yuqoriroq ko’rsatkichlarga olib kelishi mumkin. Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling