Fazliddin O‘taganov (Muallif) milliy test telefon: (91) 9655599


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana27.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1298964
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Milliy sertifikat testi (F. O\'taganov) (2)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Fazliddin O‘taganov (Muallif)
-MILLIY TEST
Telefon: (91) 9655599 
https://t.me/Davlat_tili_uzbek_tili 
9
G´azalni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. 
1. Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam,
Labing yaprog‘idin tomgan ki, go‘yo qatra bol bo‘lsam.
2. Butog‘ingga qo‘nib bulbul kabi xonish qilib tunlar,
O‘pib g‘unchangni ochmoqliqqa tong chog‘i shamol bo‘lsam.
3. Bo‘yingni tarqatib olamni qilsam mast-u mustag‘riq,
O‘zimning san’atimga so‘ng o‘zim hayratda lol bo‘lsam.
4. Sening birla qolib bu mast-u lol olamda men yolg‘iz,
O‘zimni ham topolmay, mayliga, oxir xayol bo‘lsam.
5. Agar bog‘ingda gul bo‘lmoq mening-chun noravo bo‘lsa,
Ki ming bor roziman qasringga, hattokim duvol bo‘lsam.
6. Boshim hech chiqmasa, mayli, malomat birla bo‘htondin,
Raqiblar rashkiga ko‘krak keray, mayli, qamol bo‘lsam.
7. Kezib sahro-yu vodiylar yetishsam bir visolingga,
Fido jonimni qildim yo‘lingga, mayli, uvol bo‘lsam. 
28.
(2,5 ball) 
G‘azal matla’si haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. 
A) Lirik qahramon yorni o‘z yuzidagi holga qiyoslagan. 
B) Yorni bolga nisbatan tashbeh qilgan. 
C) Matla’ga ko‘ra oshiqning birdan bir tilagi bor, u ham bo‘lsa, yorning bol (go‘zal) yuziga hol bo‘lishdir. 
D) Pastki lab (tepa ham) daraxt yaprog‘iga qiyoslangan. 
29.
(2,5 ball) 
2-bayt mazmunida AKS ETMAGAN fikrni aniqlang. 
A) Oshiqning bulbulga aylanish kayfiyati yuqori: yorga uning ovozi yoqsa kerakki, tuni bilan uning tepasida qolish 
imkoniyati bor. 
B) Yorning kipriklari va ko‘zi gul g‘unchasiga o‘xshatilgan. 
C) Ma’shuq yor uchun bodi saboga aylanishga ham rozi, zero, bir orzusi shudir. 
D) Lirik qahramon bulbulga aylanib yorning yumiq ko‘zlaridan bo‘sa olmoq istaydi. 
30.
(2,5 ball) 
3-baytga mos kelmaydigan ta’rifni toping. 
A) Ma’shuqaning ifori tengsiz.
B) Yor ko‘rkam qomat, ya’ni baland bo‘y-bast, savlatga ham ega. 
C) Lirik qahramon qilgan ishidan o‘ta taajjublanarli darajaga tushgan.
D) Yorning muattarligi mubolag‘a qilingan. 
31.
(2,5 ball) 
G‘azalda quyidagi qaysi o‘xshatish mavjud EMAS? 
A) Yor ko‘rkam daraxtga qiyoslangan, bulbul esa har qanday daraxtga qo‘navermaydi. 
B) Oshiq kimsasiz joyda yorga ro‘baro‘ kelsa, o‘zini mutlaq yo‘qotib qo‘yadigan dalli devonaga o‘xshatilgan. 
C) Lirik qahramon sevganining nazaridan qolishdan qo‘rqmaydi, uni chetdan bo‘lsa-da, ko‘rib turishga rozi 
bo‘lgan jonsiz jismga qiyos etilgan. 
D) Oshiq o‘z suyganining odamlar tomonidan ta’na toshlari bilan toshbo‘ron qilinishiga jimgina qarab turolmaydi, 
shu bois ko‘kragi yori uchun qalqondir. 
32.
(2,5 ball) 
Maqta’dan qanday xulosa chiqadi? 
A) Yor shartini bajarish uchun sahro-yu vodiylarni kezgan oshiq tahsinga sazovor. 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling