Rahimbiy (bo‘g‘iq). Bu kim!.. Kim bu!..
Xayol qo‘li bilan imlagach, parda ochilib, o‘liklar turg‘an boyagi zindon ko‘rinar.
Xayol. (og‘ir tovush bilan shul forscha nazmni o‘qur).
Surati adli Xisravon in ast:
(zindonni ko‘rsatur)
Zulm dar olami g‘araz din ast.
Ojizonro dihan g‘utta ba xun,
(o‘liklarni ko‘rsatar)
To shavad xilvati havas gulgun.
Adl in rang tuxmi ra’fat kosht,
V-ey agar zulm teg‘ mebardosht.
Tarjimasi:
(Xusrav (shoh)lar adlining shakli shunday:
G‘araz olamidagi (kishilarning) dini zulmdir.
Zaiflarni qonga sho‘ng‘itishadi,
Toki havas kiyimi rang-barang bo‘lsin deb.
Ey, zulm tig‘i o‘rtadan ko‘tariladigan bo‘lsa,
Adolat shu tarzda yuksaklik urug‘ini ekadi)
Rahimbiy. Bu kim?..
Xayol (taxtga qarab). Ey qora kuch, qurib ketgur taxt! Hech gunohi bo‘lmag‘an bolalardan, tog‘ kabi yigitlardan,
millionchalari sen uchun qurbon bo‘lub ketarlar. Insonlar tomonidan yaratilg‘an minglarcha tangrining eng
buzuqboshi, eng shumi, eng qop-qora saodat – sensan. Ostingda qolg‘anlarni ezguchi bir falokat yuki bo‘lg‘aning
kabi, ustingga chiqqanlarning borliqlarini yondirg‘uchi bir olov tepasidirsan!
Rahimbiy. Kim bu? (Qo‘rqa-qo‘rqa ikki odim ilgari bosib, bir narsa so‘ramoqchi bo‘lur. Xayol so‘ylag‘ach, yana
qo‘rqib keyinga qaytar.)
Xayol. Sen fazilatlik bilimlarning qo‘l, qanotlarini uzib tashlading. Inju tizg‘uchi adiblarning qalamlarini o‘choq
supurgisiga aylantirding. Ota pichog‘i bilan bolalarini bo‘g‘izlading. Bola xanjari bilan otalarni yiqitding.
Do‘stlarni bo‘g‘ishtirding, o‘rtoqlarni urushtirding. Dalaning erkini, shaharning tinchini,erlarning g‘ayratini,
xotinlarning ismatini talatding. Otamdan qochib, o‘ziga sig‘ing‘anim holda uyalmayin, boshimni kesdirgan
Afrosiyobingdan mana shu kimsasiz bolani og‘ulatib yiqitqon Rahimxoningg‘acha minglarcha yirtqich xoinlarni
sen yaratding, sen yashatding. Ey insonning dushman tangrisi, qachong‘acha bu ongsizlar to‘dasini o‘zingga ham
Do'stlaringiz bilan baham: |