murojaatlarni ko‘rib chiqish
37. Musobaqa natijalari bo‘yicha berilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun assotsiatsiyasi bosh hakami va ijroiya qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqib qaror qabul qilinadi.
38. Musobaqa natijasi bo‘yicha murojaatlar jamoaning treneri tomonidan bellashuv tugagandan so‘ng musobaqa bosh hakamiga taqdim etiladi.
39. Berilgan murojaatlar assotsiatsiyasining ijroiya qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi bir ish kunida belgilanadi.
40. Qabul qilingan qaror natijasi bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi tomonidan murojaat qilgan trenerga bir ish kuni ichida yozma (yoki ogʼzaki) tartibda javob beriladi.
41. Аssotsiatsiyasining ijroiya qo‘mitasi murojaatni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra musobaqa natijasini bekor qilishi yoki unga tegishli o‘zgartirish kiritishi mumkin.
42. Аssotsiatsiyasining ijroiya qo‘mitasi murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
X-bob. Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash
43. Musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari vazirlik tomonidan tasdiqlangan I, II, va III-darajali diplomlar hamda medallar bilan taqdirlanadi. Аyrim hollarda assotsiatsiya va homiylar tomonidan musobaqa gʼoliblari
va sovrindorlariga estalik sovgʼalari bilan taqdirlanishi mumkin.
XI-bob. Yakuniy natijalar tahlili
44. Аssotsiatsiya o‘tkazilgan musobaqalar to‘g‘risida vazirlik tomonidan tasdiqlangan hisobot shakli bo‘yicha musobaqa tugagandan so‘ng uch kun muddat ichida vazirlikka mablagʼlarning sarflanishi bo‘yicha moliyaviy hamda musobaqaning texnik hisobotlari va yakuniy natijalari yuzasidan tahliliy maʼlumot taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |