Fe’l bo’yicha umumiy testlar


Download 35.9 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi35.9 Kb.
#1061603
1   2   3   4
Bog'liq
fe\'l amaliy 3.11.2022

Ushbu gapda nechta o‘rinda ravishdosh qo‘llangan va ular qaysi nisbat shakllarida?
A) uch o‘rinda; o‘zlik, orttirma va aniq nisbatlarda
B) to‘rt o‘rinda; aniq, orttirma nisbatlarda
C) ikki o‘rinda; aniq va o‘zlik nisbatlarda
D) uch o‘rinda; aniq va orttirma nisbatlarda
49. Qaysi qatorda berilgan ko‘makchi fe’llar yetakchi fe’lga qo‘shilib, harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi?
A)yotmoq, yurmoq, turmoq B)yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq
C)boshlamoq, turmoq, bo‘lmoq D)ketmoq, bo‘lmoq, turmoq
50. Undalma qatnashgan gapning kesimi ko‘pincha qanday shaklda bo‘ladi?
A) birinchi va ikkinchi shaxs-son shakllarida
B) birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs-son shakllarida
C) birinchi va uchinchi shaxs-son shakllarida
D) ikkinchi va uchinchi shaxs-son shakllarida
51. Insonning ichki kechikmalarini ifodalovchi fe’llar nimani atab kelishiga ko‘ra qanday nomlanadi?
A)o‘timsiz fe’llarB)o‘timli fe’llar C) holat fe’llari D)harakat fe’llari
52. Holat fe’llari berilgan qatorni toping.
A)uhlamoq, o‘kinmoq B)qizarmoq, g‘azablanmoq
C)sug‘ormoq, yasharmoq D)o‘tmoq, quvonmoq
53. O‘timli fe’llar qaysi qatorda berilgan?
A)quvontirmoq, yozmoq, almashmoq B)ko‘rsatmoq, jiringlamoq, ko‘rmoq
C)o‘qimoq, qaramoq, uxlamoq D)ichmoq, tanishmoq, yurmoq
54. Qaysi nisbat qo‘shimchasi qo‘shilsa ishla fe’li o‘timli fe’lga aylanadi?
A)o‘zlik nisbat qo‘shimchasi B)majhul nisbat qo‘shimchasi
C)birgalik nisbat qo‘shimchasi D) orttirma nisbat qo‘shimchasi
55. Quyidagi qaysi qo‘shimchalar ishla fe’liga qo‘shilib uni o‘timli fe’lga aylantiradi? 1) -t; 2) -tir; 3) -dir; 4) -giz; 5) -sh.
A)1, 2, 3, 4, 5 B)1, 2, 3, 4 C)1, 2, 4 D)1
56. Nisbat hosil qiluvchi qo‘shimchalardan qaysilari doim o‘timli fe’llarga qo‘shiladi? 1) -in; 2) -t; 3) -sh, -ish; 4) -tir.
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 3 D) 1
57. Qaysi nisbat hosil qiluvchi qo‘shimchalar doim o‘timli fe’llarga qo‘shiladi?
A) o‘zlik nisbati B) birgalik nisbati C) orttirma nisbat D) nisbat hosil qiluvchi barcha qo‘shimchalar o‘timli va o‘timsiz fe’llarga qo‘shilishi mumkin
58. O‘timli va o‘timsiz fe’llarni hosil qilishda qaysi nisbat shakllari o‘zaro zidlanadi?
A) majhul nisbat va birgalik nisbati B) orttirma nisbat bilan birgalik nisbati
C) o‘zlik nisbat va orttirma nisbati D) o‘zlik nisbat bilan majhul nisbati
59. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi?
A) yotmoq B) yurmoq C) boshlamoq D) olmoq
60. Harakatning tez va oson bajaralishini ifodalovchi ko‘makchi fe’lni toping.
A) qo‘ymoq B) boshlamoq C) yurmoq D) turmoq
61. Yetakchi va ko‘makchi fe’lli birikuvlarda faqat ko‘makchi fe’llarga qo‘shiladigan qo‘shimchalarni toping.
A) -il, -ish, -ib B) -ma, -t, -giz
C) -moqda, -di, -gan D) -in, -dir, -ma
62. Yetakchi fe’l tarkibida ham, ko‘makchi fe’l tarkibida ham kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimchalarni toping.
A) -di, -dir, -sh B) -gan, -ma, -in
C) -man, -(i) m, -ma D) -il, -ma, -ish
63. Boshlamoq ko‘makchi fe’li ravishdoshning qaysi shakliga qo‘shiladi?
A) -i (-b) B)-a (-y) C) –gach D) -(i) b, -a (-y)
64. Qaysi qatorda fe’llar ma’noviy guruhlariga ko‘ra to‘g‘ri izohlangan?
A) gapirmoq - nutqiy faoliyat fe’li; ijod qilmoq - aqliy faoliyat fe’li; ekmoq - jismoniy faoliyat fe’li; muzlamoq - holat fe’li
B) gapirmoq - jismoniy faoliyat fe’li; ijod qilmoq - aqliy faoliyat fe’li; ekmoq - holat fe’li; muzlamoq - holat fe’li
C) gapirmoq - holat fe’li; ijod qilmoq – nutqiy faoliyat fe’li; ekmoq va muzlamoq – jismoniy faoliyat fe’llari
D) gapirmoq, ekmoq, muzlamoq – jismoniy faoliyat fe’llari ijod qilmoq - nutqiy faoliyat fe’li
65. Otam so‘zimni eshitdi. Yelkasi osha qaradi-da:- Ha! - deb to‘ng‘illab qo‘ydi. (Sh. Xolmirzayev) Mazkur gapdagi fe’llarning ma’noviy guruhlari qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) eshitmoq, to‘ng‘illab qo‘ymoq – nutqiy harakat fe’llari; qaramoq – jismoniy harakat fe’li
B) eshitmoq - nutqiy harakat fe’li; to‘ng‘illab qo‘ymoq - holat fe’li; qaramoq – jismoniy faoliyat fe’li
C) eshitmoq, to‘ng‘illab qo‘ymoq – jismoniy faoliyat fe’li; qaramoq - nutqiy faoliyat fe’li
D) eshitmoq, qaramoq, to‘ng‘illab qo‘ymoq - jismoniy faoliyat fe’llari
66. Titramoq so‘zi fe’lning qaysi ma’noviy guruhiga mansub?
A)nutqiy faoliyat fe’li B)aqliy faoliyat fe’li
C)jismoniy faoliyat fe’li D)holat fe’li
67. Fe’lning noaniq shakli berilgan qatorni toping.
A) o‘qimoq B) ishlamoqda C) yozsa D) bilgan edi
68. Ikki fe’l juftligidan tashkil topgan qaysi birliklar fe’l turkumiga oid so‘zlar hisoblanadi?
A)bordi-keldi B)keldi-ketdi C)ur-yiqit D)aytdi-qo‘ydi
69. Fe’l asosida ifodalangan harakat-holat haqidagi xabar ma’nosini ifodalovchi fe’l shakli qanday shakl sanaladi?
A)zamon shakli B)shaxs-son shakli C)mayl shakli D) nisbat shakli
70. Fe’lning zamon, shaxs-son qo‘shimchalarsiz qismi fe’lning qaysi munosabat shaklini ifodalashga xizmat qiladi?
A)xabar mayli B)shart mayli C) II shaxs buyruq-istak mayli D) III shaxs buyruq-istak mayli
71. 1. Oqibati nima bilan tugashini o‘ylab ham ko‘rmadi. 2. Bu sirni hech kimga ayta ko‘rma. Har ikkala gapdagi ko‘rma fe’lini izohlang.
A) ikkala gapda ham yetakchi fe’l B) ikkala gapda ham ko‘makchi fe’l
C) ikkala gapda ham qo‘shma fe’lning tarkibiy qismi
D) birinchi gapda - yetakchi fe’l, ikkinchi gapda - ko‘makchi fe’l
72. Qaysi qatorda o‘zlik va majhul nisbatdagi fe’llar juftligi berilgan?
A) tarandi-taraldi, kiyindi-kiyildi B) ajraldi-ajratdi, maqtadi-maqtandi
C) eshitdi-eshitildi, tashladi-tashlandi
D) yuvindi-yuuvundi, chaqirdi-chaqirildi
73. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1) -(i)b, a(-y); 2) -gancha; 3) -gani; 4) -gach
A)1, 2 B)2, 3 C)3, 4 D)1, 4
74. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi?
A)yurmoq B) qo‘ymoq C) yotmoq D) chiqmoq
75. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida- ma bo‘lishsizlik qo‘shimchasi qanday ma’noni ifodalaydi?
A) yetakchi fe’lga qo‘shilsa –davomiy bo‘lishsizlik ma’nosi, ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa-bir martalik harakat inkorini ifodalaydi.
B) yetakchi fe’lga qo‘shilganda-bir martalik harakat inkorini, ko‘makchi fe’lga qo‘shilganda -davomiy bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalaydi.
C) yetakchi fe’lga qo‘shilganda-inkor, ko‘makchi fe’lga qo‘shilganda-tasdiq ma’nosini ifodalaydi.
D) yetakchi va ko‘makchi fe’lga qo‘shilganda ma’no farqiga ega bo‘lmaydi.
76. Quyida keltirilgan fe’llardan qaysilari orttirma nisbat shaklida?
1) bitirmoq; 2) qizarmoq; 3) qochirmoq; 4) tushirmoq; 5)solishtirmoq; 6) surishtirmoq; 7) uyg‘otmoq; 8) yupatmoq; 9) oshirmoq
A)2, 8, 9 B)1, 3, 4, 9 C)1, 4, 5, 9 D)3, 6, 7, 9
77. Qaysi qatorda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi orttirma nisbat shaklida?
A) Kuchli to‘lqin uni oqizib ketdi.
B) Majnuntol kokillari yo‘lni to‘sib turardi.
C) O‘qituvchi yana intizom haqida gapirib o‘tdi.
D) Karima u qizni surishtirib qoldi.
78. 1. U uzoq yillar kasalligi sababli muntazam ukol olib keldi. 2. Saida yuklarini uyiga olib keldi. Ushbu gaplardagi fe’llarni tahlil qiling.
A) birinchisida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi, ikkinchisida qo‘shma fe’l
B) birinchisida qo‘shma fe’l, ikkinchisida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi
C) birinchisida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi, ikkinchisida so‘z birikmasi
D) birinchisida so‘z birikmasi, ikkinchisida qo‘shma fe’l
79. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining yetakchi qismi juft fe’ldan tuzilgan?
A) Ukalaring yaxshi, o‘ynab-kulib yurishibdi.
B) Akmal bo‘lib o‘tgan voqeadan xursandligidan yelib-yugurib qoldi.
C) Ikki oila anchadan beri bordi-keldi qilishadi.
D) Ona bir necha marta o‘z dardini aytib-aytib qo‘ydi.
80. 1. Oqibati nima bilan tugashini o‘ylab ham ko‘rmadi. 2. Bu sirni hech kimga ayta ko‘rma. Har ikkala gapdagi ko‘rma fe’lini izohlang.
A) ikkala gapda ham yetakchi fe’l
B) ikkala gapda ham ko‘makchi fe’l
C) ikkala gapda ham qo‘shma fe’lning tarkibiy qismi
D) birinchi gapda - yetakchi fe’l, ikkinchi gapda - ko‘makchi fe’l
81. To‘liqsiz fe’llar mustaqil (yetakchi) fe’lning qanday shakllaridan so‘ng keladi?
A) munosabat shakllari mavjud bo‘lmagan fe’l asoslaridan so‘ng
B) zamon shakllari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng
C) shaxs-son shakllari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng
D) nisbat, zamon va shaxs-son shakllari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng
82. Ikki fe’l juftligidan tashkil topgan qaysi birliklar fe’l turkumiga oid so‘zlar hisoblanadi?
A)bordi-keldi B)keldi-ketdi C)ur-yiqit D)aytdi-qo‘ydi
83. To‘liqsiz fe’llar mustaqil (yetakchi) fe’lning qanday shakllaridan so‘ng keladi?
A) munosabat shakllari mavjud bo‘lmagan fe’l asoslaridan so‘ng
B) zamon shakllari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng
C) shaxs-son shakllari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng
D) nisbat, zamon va shaxs-son shakllari mavjud bo‘lgan fe’llardan so‘ng
84. Qaysi gapda o‘tgan zamon sifatdoshi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan? 1.Bo‘ladigan savdoning tezroq bo‘lgani yaxshi. 2.Bu ovoz hali mag‘zi ilimagan dalalarga tegib aks-sado berayotgandek tuyulardi.
3.Qoradaryo hamisha to‘lib oqqan, lekin hech qachon bunday suvsiz bo‘lmagan. A)1 va 2 B)2 va 3 C)2 D)1
85. 1. To‘g‘ri kelgan odamning ko‘ksiga o‘zini tashlab, uvvos soladi.

Download 35.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling