Fe’l bo’yicha umumiy testlar


Download 35.9 Kb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi35.9 Kb.
#1061603
  1   2   3   4
Bog'liq
fe\'l amaliy 3.11.2022


FE’L BO’YICHA UMUMIY TESTLAR
1. Yo‘q demang, aka. Biz ham tushunadigan odammiz. Xafa qilmaymiz, - Alimardonning o‘ylanib turganini o‘zicha tushundi. Ushbu gapda ostiga chizilgan birlikning shaxs-soni haqida ifodalangan to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) I shaxs ko‘plik shakli I shaxs birlik ma’nosida
B) I shaxs ko‘plik shakli II shaxs birlik ma’nosida
C) I shaxs ko‘plik shakli II shaxs ko‘plik ma’nosida
D) I shaxs ko‘plik shakli III shaxs birlik ma’nosida
2. O‘timsiz fe’llar qaysi vositalar yordamida o‘timli fe’lga aylanadi?
A)tushum kelishigi shakli B)o‘zlik va majhul nisbat shakli
C)bosh kelishik shakli D)orttirma nisbat shakli
3. Ko‘makchi fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh shakli. . .
A) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi sanaladi B) qo‘shma fe’l sanaladi
C) yetakchi fe’l sanaladi D) qo‘shma fe’l hosil qiluvchi yetakchi fe’l sanaladi
4. Qaysi gapda orttirma nisbat shakli yetakchi fe’lga qo‘shilgan?
A) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi.
B) Bir mahal charchab, suvsab, holdan toyib o‘tirib qolibman.
C) Birdan bozor boshida dod-faryod ko‘tarilib qoldi.
D) U eng avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo‘natdi.
5. Fe’lning qaysi vazifa shakli zamon, bo‘lishli-bo‘lishsizik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi?
A)harakat nomi B)sifatdosh C)ravishdosh
D)sifatdosh va ravishdosh
6. Faqat ko‘makchi fe’llar tarkibida qo‘llanuvchi shakllarni toping.
1) nisbat; 2) bo‘lishsizlik; 3) zamon; 4) shaxs-son; 5) fe’lning vazifa shakllari
A)3, 4 B)3, 4, 5 C)1, 2, 3, 4, 5 D)1, 2, 3, 4
7. U yuziga belbog‘ini tashlab ko‘rpachaga cho‘zildi. Lag‘mon ingichka qilib cho‘zildi. Ushbu gaplardagi cho‘zildi so‘zining nisbatini aniqlang.
A) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o‘zlik nisbat
B) 1-gapda o‘zlik nisbat, 2-gapda majhul nisbat
C) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat
D) har ikkala gapda majhul nisbat
8. Quyidagi shakllardan qaysi biri ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida faqat ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi? 1) zamon; 2) nisbat; 3) fe’lning vazifa shakllari; 4) shaxs-son; 5) bo‘lishsizlik
A) 2, 4, 5 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 4
9. 1.Gul ochildi. 2. Yig‘ilish ochildi. Ushbu gaplardagi fe’llarning nisbatini aniqlang.
A) 1-gapda o‘zlik nisbat, 2-gapda majhul nisbat
B) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o‘zlik nisbat
C) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat
D) har ikkala gapda majhul nisbat
10. Bu gapni eshitib, Bahromning ko‘zi charaqlab ketdi. Ushbu gapdagi fe’llar qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) 3 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe’l, 1 ta ko‘makchi fe’l
B) 2 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe’l, 1 ta ko‘makchi fe’l
C) 2 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe’l, 1 ta qo‘shma fe’l
D) 3 ta ravishdosh shaklidagi mustaqil fe’l, 1 ta qo‘shma fe’l
11. Fe’l asosiga zamon va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan shakllanadigan maylni belgilang.
A) xabar B) shart C) buyruq-istak D) Barcha fe’l mayllari zamon va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan shakllanadi.
12. Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon hosil qiladi?
1) -(a)y; 2) -(a)r; 3) -di; 4) -moqda; 5) -ajak; 6) -gandi; 7) -moqchi
A)2, 3, 6, 7 B)3, 5, 6, 7 C)1, 4, 5, 7 D)1, 2, 5, 7
13.Ikkita mustaqil fe’l asosining birikishidan hosil bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
A)chaqirib kelmoq, qaytarib olmoq B)aytib yubormoq, kulib qo‘ymoq
C)kelishib olmoq, oqib kelmoq D)tuzatib qo‘ymoq, ko‘rib qolmoq
14. Otasini hovlining chekkasidagi zax uyga ko‘chirdi. Ushbu gapdagi fe’lning nisbatini aniqlang.
A)aniq nisbat B)o‘zlik nisbat C)majhul nisbat D)orttirma nisbat
15. Qaysi qatorda aqliy faoliyat fe’llari keltirilgan?
A) fahmlamoq, pichirlamoq, ma’qullamoq
B) fikrlamoq, sevinib ketmoq, chaqirmoq
C) ijod qilmoq, tushunmoq, o‘ylanmoq
D) imzolamoq, susaymoq, sergaklanmoq
16. Qaysi qatordagi fe’llar tarkibida munosabat shakllari qo‘llangan?
A) ko‘rding, chiqsin, qichqirmoqda B) ko‘paydi, kelayotgan, kiyinmoq
C) o‘ylandim, ketguncha, kiribsan D) aytgani, kuylashadi, qarasa
17. Fe’lning zamon, shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi . . .
A) o‘tgan zamon shakli sanaladi B) fe’lning noaniq shakli sanaladi
C) sof fe’l shakli sanaladi D) buyruq-istak mayli shakli sanaladi
18. Qaysi qatorda shaxs-son shakllarining xususiyatlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) harakat va holatni bildiruvchi shaxsni ko‘rsatadi
B) fe’lni kesim sifatida shakllantiradi
C) fe’l-kesimni ega bilan bog‘lab keladi
D) ismlarni kesimlik shakliga xoslaydi
19. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A)-gach, -t, -ir, -n, -I B)-guncha, -la, -in, -il, -gan
C)-gach, -guncha, -gani, -ib D)-in, -t, -ir, -ish, -il
20. 1. Salim uyga borguncha yo‘l-yo‘lakay gapirib ketdi. 2. O‘g‘li bir yoshligidayoq gapirib ketdi. Ushbu gaplardagi gapirib ketdi birligi qaysi javobda to‘g‘ri tahlil qilingan?
A) har ikkalasi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi
B) birinchisida qo‘shma fe’l, ikkinchisida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi
C) birinchisida so‘z birikmasi, ikkinchisida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi
D) birinchisida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi, ikkinchisida qo‘shma fe’l
21. Qaysi qatorda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi berilmagan?
A) haydab yubormoq, to‘kib solmoq B) jo‘shib kuylamoq, qaytarib olmoq
C) kelisha olmoq, chiqara bilmoq D) tebranib bormoq, qarab qo‘ymoq
22. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining yetakchi qismi qo‘shma fe’ldan tuzilgan?
A) Uyga tez-tez qo‘ng‘iroq qilib tur. B) Akasi bor gapni aytdi-qo‘ydi.
C) U gapni aytib bera olmay qoldi. D) Akbar o‘rtog‘iga tura solib tashlandi.
23. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ishtirok etgan?
A) Karim darsga ataylab kelmadi. B) Quyosh ko‘kdan mo‘ralab qarar.
C) U to‘nini yelkasiga tashlagan holda kechasi bilan yurib chiqdi.
D) Salim ota yuqoriga charchab, hansirab chiqdi.
24. Qaysi gapdagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining ko‘makchi qismi bitta so‘zdan iborat emas?
A) Malika ko‘rganini oqizmay-tomizmay gapirib berdi.
B) U borini bilib-bilmay sovurib yubordi-ku!
C) Qo‘shnisi buni bilsa-da,indamay-netmay qo‘ya qoldi.
D) Ular ba’zi-ba’zida kirib-chiqib turishadi.
25. Quyidagilardan qaysilar fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi?

Download 35.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling