Fe`l. Munosabat va nisbat. O’timli fe’llarni toping
Download 18.25 Kb.
|
Fe`l. Munosabat va nisbat..docx 6-sinf test
Fe`l. Munosabat va nisbat. 1. O’timli fe’llarni toping. A) almashmoq, jilmaymoq B) kiymoq, quvonmoq C) chizmoq, so’ramoq D) o’xshamoq, so’rattirmoq 2. Qaysi nisbat shakli bajaruvchi- ning ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni ifodalaydi? A) majhul nisbat B) aniq nisbat C) o’zlik nisbati D) orttirma nisbat 3. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan fe’l qo’llangan? A) Hozir yomg’ir yog’ayapti, shuning uchun keyinroq yo’lga chiqamiz. B) Oyim fermada ishlagan, o’n uchta sigirni yolg’iz o’zi sog’gan. C) Bolalar suv bilan to’ldirilgan idishlarni ikkita-ikkita bo’lib tashishdi. D) Puch yong’oq bilan qo’yin to’lg’azma. 4. O’zlik nisbatidagi fe’l ishtirok etgan gapni toping. A) Ammo kampirning dodiga odam tez to’plandi B) Qobil yugurib borib do’konxona eshigidan ko’chaga qaradi C) Xalqimizning mashaqqatli hayoti haqida hikoya qiluvchi ko`plab romanlar aynan shu davrda yozildi. D) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi 5. Qaysi gapda zamon qo’shimchasi shaxs-son ma’nosini ham ifodalagan? A) Mana bu shotutni bobosi ekkan. B) Men tez-tez Toshkentga kelib turaman. C) O’qishlar boshlanib, o’quvchilar ham maktabga kelyapti. D) Shunaqa, singlim, yig’lab-yig’lab marza olsang, kulib-kulib sug’orasan. 6. Qaysi javobda fe'lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan? A) Xo‘sh, endi nima qildim? Kim meningdardimga sherik bo‘ladi? B) Bugun men yaqin qarindoshlarimniyo‘qlab keldim. C) Xo‘p, mayli, hozir boshingni qotirmay,hali kelarman. D) Men ertaga ketyapman, do‘stim.Biznikiga kechqurun kelasanmi? 7. Qaysi gapda shart va buyruq-istak maylidagi fe’l qo’llangan? A) Odam qahrlansa, bilimsiz bo’ladi. B) To’g’ri turgan bo’lsang, soyangning egriligidan qo’rqma. C) Oz yesang, ko’p yashaysan. D) Boshqalarga yordam bersang, kulfat seni chetlab o’tadi. 8. Orttirma nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping. A) Ammo kampirning dodiga odam tez to’plandi B) Qobil yugurib borib do’konxona eshigidan ko’chaga qaradi C) Shamol yo’q, «tiq» etgan tovush eshitilmaydi D) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi 9. Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni toping. A) Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, dunyoda hamma narsa yaratilgan ekan-u, ammo xushnavo bulbul yaratilmagan ekan B) Murod bu haqida uzoq o`ylandi. C) Qor siyrak yog‘ayotgani uchun, uzoq-uzoqlar ko’rinadi D) Yaltiraydi, doim tovlanar, oy nuriga cho‘miluvchi tosh 10. Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashmagan gapni toping. A) Gazeta chiqardi, darsliklar yozdi B) Havaskorlarni yigib tomoshalar ko‘rsatdi C) Shayxzoda jurnalistika sohasida qalam tebratdi D) Avloniy yangi zamonaviy taiimni ilmiy-amaliy asoslab berdi 11. O’zbekiston xalq shoiri Habibiy domla aruzni chuqur o’rganib va unda ijod qilib, mumtoz adabiyotimiz ao’analarini baholi qudrat davom ettirgan. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe'llar ishtirok etgan va ularning sonini toping. A) 1 ta aniq, 2 ta orttirma nisbat B) 3 ta aniq nisbat C) 2 ta aniq, 1 ta ortttirma nisbat D) 1 ta aniq, 1 ta orttirma, 1 ta o‘zlik nisbati 12. Qaysi gapda kelasi zamon shakli vositasida o’tgan zamon ma’nosi ifodalangan? A) Ertaga mashina kelar, kelmasa, yo’lga chiqmayman. B) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi. C) Mirzo Ulug’bek Amir Temurning harbiy yurishlari davrida Sultoniya shahrida tug’iladi. D) O’rxun-Enasoy obidalari bundan 1400 yil avval toshlarga o’yib bitilgan. 13. Qaysi shakldosh grammatik vosita zamon va shaxs-son qo’shimchasi sanaladi? A) –yap B) –ur C) –ar D) –di 14. Qaysi gapda o’zlik nisbatidagi fe’l ishtirok etmagan? A) Uning og‘ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag‘ishlagan edi, bu so‘zdan haddan ziyoda sevindi B) Nurga to’ldi dara, to’ldi soy, Nur yogildi qorong‘i jarga C) Yaltiraydi, doim tovlanar Oy nuri- ga cho’miluvchi tosh D) Shu boisdan u o’ttizinchi yillar- ning boshida adabiyotdan chetlatil- gan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib qo’yilgan 15. Qaysi gapda fe’llarning munosabat shakli bilan omonim bo‘la oladigan nisbat qo‘shimchasi qatnashgan? A ) “Daraxtni yer ko'kartiradi. odamni — el”, — deydi dono xalqimiz. B) Kechikib ekilgan g ‘alla ham, chigit ham, keyin berilgan ishlovlarga qaramay, yaxshi unmadi. C) Ko‘z ochgani qo'ymaydi alam, Boshim qo‘ysam kuydirar bolish. D) Uakalari bilan ariq qazib, suvsiz cho‘lga suv chiqaribdi. 16. Tumanimizda yangi inshoot barpo qildi. Ushbu gapning kesimi majhul nisbatdagi fe’lga aylantirilganda sodir bo‘ladigan grammatik o‘zgarish to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) Fe’lda ifodalangan mayl ma’nosi o‘zgaradi. B) O‘timli fe’lning o‘timsiz fe’lga aylanishi kuzatiladi. C) Ushbu gap shaxsi noma’lum gapga aylanadi. D) Fe’lda ifodalangan zamon ma’nosida o‘zgarish kuzatiladi. 17. Bir kuni chol bechora qoli titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe’llar berilgan? A) o’zlik, majhul, orttirma nisbatlar B) aniq, majhul, orttirma nisbatlar C) orttirma, birgalik, aniq nisbatlar D) majhul, birgalik, aniq nisbatlar 18. Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. Ushbu gapdagi qo'shimchalar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) ismning munosabat shakli 2 o'rinda qatnashgan; 2) fe’l nisbati shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha 1 o!rinda qatnashgan; 3) 1 o:rinda tushum kelishigi belgisiz qo:llangan; 4) fe’lning munosabat shakli 1 o’rinda qatnashgan A) 1, 2 В) 1, 4 С) 3, 4 D) 2, 3 19. Qaysi nisbat qo’shimchasi qo’shilsa, ishla fe’li o’timli fe’lga ayla- nadi? A) o’zlik nisbat qo’shimchasi B) majhul nisbat qo’shimchasi C) birgalik nisbat qo’shimchasi D) orttirma nisbat qo’shimchasi 20. Shovulladi tun bo'yi shamol, Qaldiroqlar ко ‘chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: “Yana keldi, do ‘stginam, bahor". She’riy parchada ishtirok etgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri fikrni belgilang. A) Ushbu fe’llarning barchasi III shaxsdagi fe’llar hisoblanadi. B) Ushbu fe’llarning barchasi o‘timli fe’llar hisoblanadi. C) Ushbu fe’llarning barchasi o‘zaro bir xil nisbatdagi fe’llar hisoblanadi. D) Ushbu fe’llarning barchasi tub fe’llar hisoblanadi. 21. Quyidagi fe’llarning qaysilari o’zlik nisbat shaklida qoilana olmay- di? 1) o‘ylamoq; 2) gullamoq; 3)yara- qlamoq; 4) uzmoq; 5) otmoq; 6) kulmoq; 7) turmoq A) 2, 3,6, 7 B) 1,2,3,4, 5,6 C) 2, 6,7 D) 2, 3, 5, 6, 7 22. Bir donishmand aytgan ekan :”Imonsiz odam o’zining yomonligini bilmaydi , agar bilsa , u yaxshi odam bo’lishga harakat qilardi”. Mazkur gapda qaysi mayldagi fe’llar qo’llangan ? 1) xabar 2) shart 3) maqsad 4) buyruq A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 1,2,4 23. Qaysi gapda xabar maylidagi fe’l qo’llangan ? A) Istagim shuki , shoirning barcha orzu-umidlari amalga oshsin B) Adoq bo’lmas puling bo’lsa , Moskovga borsang , Qovunchiga borsang… C) Ahmad bu yil ta’tilni qishloqda o’tkazmoqchi D) Yo’l yuribdi , yo’l yursa ham , mo’l yuribdi . 24. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang. A) Kitobxonlarga esdalik uchun sovg‘alar berildi. B) Qizcha erkalanib onasining bo‘yniga osildi. C) Temuriylar davrida qayta tiklangan bu qadimiy obida hali-hanuz o‘z salobatini yo‘qotgani yo‘q. D) U ot tagiga to‘kilgan bedalarni bir quchoq qilib supurib olib keldi. 25. O’tgan zamon fe’lining qaysi shakli so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi? A) -gan (-kan, -qan) B) –di C)-b(-ib) D) -di, -b (-ib) 26. Hozirgi zamon fe’li ishtirok etmagan gapni toping. A) Juda chiroyli muomala qilyapsiz B) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda C) Ko’chaga chiqayotib, orqasiga bir qarab qo’ydi D) hammasida hozirgi zamon fe’li ishtirok etgan 27. Shart mayli edi, ekan toiiqsiz fe’llari bilan kelganda qanday ma'noni bildiradi? A) shart maylini B) istak-xohishni C) taxmin-gumonni D) A va B 28. Jangchi yo`lbarsga arslondek tashlandi. Fe`lning nisbatini toping. A) aniq B) majhul C) o`zlik D) orttirma 29. Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan? A) Qoqilgan odam yerda. yotgan toshdan o'pkalamaydi. B) Bu mavzu oldin ham ishlangan, lekin ommaga e’lon qilinmagani uchun jamoatchilik bexabar qolgan. C) Ziyofatga taklif etilgan mehmonlar kelishdi. D) "Egilgan boshni qilich kesmas", — deydi dono xalqimiz. 30. 1. Sandiqni kitob bilan to’lg’azdim 2. Yo’l ko’rsatuvchi hamrohlarini shoshirdi. 3.Yosh bolaga og’ir yuk ko’tartirma. 4.Bemorga sutni qaynatib ichiring. 5. Dorini issiq suv bilan ichiring. Yuqoridagi fe’llar darajasini ayting. A) barchasi orttirma darajada B) 1-bosh,2,4,5-orttirma,3- xato qo’llangan C)1-o’zlik, 3,4,-bosh, 2,5-orttirma D)1-o’zlik,3-bosh,2,4,5-orttirma daraja 30+1. Qaysi gapda 2 o‘rinda buyruq-istak maylidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan? A) ≪ O‘rningdan tura qol, do‘stim, tashqariga chiqaylik≫, - dedi u. B) Yomg‘ir tezroq tinsa edi, qishloqqa qiynalmay yetib olardik. C) Akangni chaqir, bugungi ishi uchun javob bersin. D) ≪Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay≫, - dedi zavqi oshib. Download 18.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling